10
so‗ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o‗rgatuvchi ertaklarni aytib
berish yoki o‗qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o‗yinlar orqali
o‗rgatilsa, yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, «Sholg‗om», «Bo‗ri bilan Qo‗zichoq»,
«Tulki bilan Turna», «Tulki bilan uzum», «Ur, to‗qmoq!» kabi masal va ertaklar
bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo‗ylikka o‗rgatadi, aldamchilik
va
xudbinlik, baxillik va ochko‗zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.
Anvar Obidjonning «Suhbat» asari ko‗p yillardan beri bu davr bolalariga
cheksiz quvonch ulashib kelmoqda. Ma‘lumki, bolalar go‗daklik chog‗laridanoq
jonivorlar, xususan qushlarga qiziqadilar. Voqea bolalar bilan g‗ozlar suhbati
asosiga qurilgan. O‗zaro suhbatdan ma‘lum bo‗ladiki, g‗ozlarning qorni och, ularni
boqish kerak. Buni shoir o‗yin vositasida ifoda etadi:
-- G‗ozlar, bir so‗z deysizmi?
—
G‗a, g‗a, g‗a!
—
Totli suli yeysizmi?
—
Ha, ha, ha.
—
Nega patni silaysizlar?
—
G‗oq, g‗oq, g‗oq.
— Mendan nima tilaysizlar?
—
Boq, boq, boq!
Bu xildagi she‘rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga,
turmush
taassurotlarini to‗plab, ulardan xulosa chiqarishga o‗rgatadi.
Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg‗ulotlaridan biri
qo‗g‗irchoq o‗ynashdir. Yo‗ldosh Sulaymonning «Qo‗g‗irchoq» she‘rida
qo‗g‗irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o‗yinchoq vositasida kattalarning
mehnatini e‘zozlash masalasi o‗rtaga tashlanadi:
Quyosh bilan teng turib,
Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz marjon,
Qo‗g‗irchoq, qo‗g‗irchoqjon.
11
Har qanday yozuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o‗qib
beriladigan asar tilining badiiy
jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va
ravonligiga alohida e‘tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar
hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan birga,
ularga zavq-shavq
bag‗ishlaydi. Masalan, Shukur Sa‘dullaning «Lola va mushuk» she‘rini olib
ko‗raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. U bir o‗qishdayoq kichkintoy
mehrini o‗ziga tortadi, uni uyqudan barvaqt turishga, yuvinib-taranishga, ozoda,
pokiza bo‗lishga o‗rgatadi. Bolaning uy hayvonlariga,
jonivorlariga mehri,
g‗amxo‗rligini oshiradi:
Men Lolaman, Lolaman,
Ozoda qiz bolaman.
Erta bilan turaman,
Yuz-qo‗limni yuvaman.
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‗zlari tinglagan asarlari yordamida
asta-sekin
atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo‗lishni,
tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‗rganadilar.
Dostları ilə paylaş: