O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Samuil Yakovlevich Marshak (1887-1964)



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
fayl 1491 20210818

Samuil Yakovlevich Marshak (1887-1964) 
ning roli katta.U rus bolalar adabiyotida 
kichkintoylar uchun katta she‘riyat yaratib bergan 
ulkan san‘atkor, taniqli tarjimon, yetuk 
dramaturg, 
mohir 
pedagog 
va 
bilimdon 
muharrirdir. S.Ya. Marshak 1887-yilda Voronej 
shahrida tish texnigi oilasida tug‗ildi. Bo‗lajak 
san‘atkorda shoirlik iste‘dodi juda erta uyg‗ondi.
―To‗rt-besh bolalarimda, deb eslaydi shoir,- 
she‘rlar yoza boshladim. O‗n bir bolalarimda, bir 
qancha 
poemalar 
yaratdim. 
Goratsiyning
―Odamlar‖ini tarjima qildim ‖. 


203 
S.Ya.Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‗qishga kiradi. Bu yerda 
bo‗lajak shoir o‗z zamonasining yetuk san‘atkorlari bilan yaqindan tanishadi. 
Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906-yildan boshlab 
feletonlari, she‘r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi. 
S.Ya.Marshak 1912-yilda Angliyaga jo‗naydi. London universitetining san‘at 
fakultetiga o‗qishga kiradi. Ta‘til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor 
joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, 
qishloq maktablarida bo‗ladi. Ingliz xalq qo‗shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. 
Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning she‘r va 
poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi. 
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan
chambarchasbog‗lanib ketadi. U 1915-22-yillarda bolalar uylarida tarbiyachi
o‗qituvchi bo‗lib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo‗lib kamol topishida
katta rol o‗ynaydi.
S.Ya.Marshak 20-yillarda o‗zining she‘r, ertak va poemalari bilan 
kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi.‖Qaerda ovqatlanding, ey 
chumchuq‖,‖Axmoq sichqoncha haqida ertak‖, ―Kecha va bugun‖, ―Sirk‖ va 
boshqa shu kabi mashhur asarlari o‗sha yillarda maydonga kelgan edi. 
1939-yilda Marshakning ―Petya nimadan qo‗rqar edi?‖, ―Korablcha‖ singari 
mashhur she‘rlari bosilib chiqdi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, 
bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etadi. Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan 
―O‗n ikki oy‖ nomli ertak-dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida 
mashhur bo‗lib ketdi. 
―Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‗ladi, u olamga bolalar 
nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish 
ko‗radi‖,-degan shoir bir umr bolalrni sevdi, ular uchun g‗oyaviy–badiiy yuksak
asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.
S.Ya. Marshakning nomini olamga yoygan,bolalar shoiri sifatida tanitgan 
she‘rlaridan biri «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» dir. 


204 
Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos bo‗lgan qiziqrli syujet 
topa olgan. Kimki o‗ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‗ylamay ko‗r-ko‗rona ish 
tutsa, o‗zidan kattalarning pand-nasihatlariga amal qilmasa, hayotda ko‗p narsa 
yutqazadi, o‗z baxtini qo‗ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‗oyaviy
mazmunini tashkil etadi. 
Kichkintoylarning otaxon shoiri S.Ya.Marshak bu asarda turli hayvon va 
jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari, tovushlari, qolaversa, yemak 
ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni oshna qiladi.
S.Ya.Marshak ―Yong‗in‖, ―Pochta‖, ―Musobaqalar doskasi‖ asarlari bilan 
ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‗shdi. 
S.Ya.Marshak yaratgan juda ko‗p qahramonlarni o‗zi shaxsan tanigan, 
bilgan yoki eshitgan bo‗ladi, ba‘zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. 
Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototiplari mavjud. Jumladan
student V. Burskiy, (―Noma‘lum qahramon haqida qissa‖), Katya Budanova 
(―Katya Budanova‖), Seryoja Smirnov (―Sizning kitobingizni qanday nashr 
qiladilar?‖) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi.SHoir ―Noma‘lum 
qahramon haqida qissa‖ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish 
bilan 30-yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish 
yo‗llarini ko‗rsatib berdi. 
S.Ya. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga 
mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‗rsatishga 
tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, o‗zlarining qo‗lga kiritgan ulkan 
muvaffaqiyatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka 
berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal –o‗t ichida qolgan bir qizchaning hayotini 
saqlab qolgan bir bola misolida tasvirlab beradi. Bola, mana, ko‗rib qo‗yinglar, 
men jasorat ko‗rsatdim, deya ko‗kragiga urib maqtanish o‗rniga, tezgina odamlar 
orasiga kirib, ko‗zdan g‗oyib bo‗ladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha
qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi. 
Hozir ham o‗quvchilar orasida maktab mol-mulkini asrab-avaylab 
tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir o‗zining ―Stol kelgan 


205 
qaerdan?‖ degan she‘rida maktab jihozlari o‗z-o‗zidan paydo bo‗lib 
qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan - qancha vaqtlari, 
mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib beradi. 
―Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,‖ - deb 
yozgan edi M.Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga Marshak halol mehnati, 
kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin