O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
fayl 1491 20210818

 
Tez aytish 
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri – 
so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan 
teshmoq hisoblanadi. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, 
insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish 
va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli ilk bahoristonning nasimi bilan 
ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. 
Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon 
hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va 
har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma‘lum bo`ladi. Inson 
yuragidagi fikrini, yutuq va quvonchini, dard va alamlarini o`zgalar bilan 


25 
dardlashishi, baham ko`rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham 
bir mahorat, san‘at hisoblanadi. 
Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq 
ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uning ko`zi, tiliga ko`proq e‘tibor 
beradilar. Ko`zlarining nurafshon, tilining burro bo`lishi uchun bor kuch, 
mahoratlarini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo`lsa bu og`ir ish, mushkul 
savdo hisoblangan. Shunga ko`ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo`shiq 
aytishda onalar bu haqdagi ezgu niyatlarini mana bunday misralarda ifoda 
etishgan: 
Uyingga bug`doy to`lsin, 
Tiling burro bo`lsin, 
Alla, bolam, alla-yo, 
Jonim bolam, alla-yo. 
Ko`rar ko`zim, alla-yo, 
So`zlar so`zim, alla-yo! 
Xalqda buni tez aytish deyiladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng ko`p 
tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish ekan. Tez aytish bolaning tilini 
ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qo`shadi, ongini rivojlantiradi, 
xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o`zini qurshab olgan olamga 
nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod 
har gal o`zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o`zlashtiradi. 
Bu yo`l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, porloq kelajak 
yo`lidir. 
Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, 
tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so`z o`yini bilan ijro etiladigan har bir tez 
aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo`ladi. Shulardan birinchisi qayta-
qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon 
bo`ladi. Bularning hammasi yig`ilib bola tarbiyasiga bog`lanadi. Bola olamga 
kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo`lib o`sishi uchun mana shunday 


26 
chora-tadbirlarni qo`llashga to`g`ri keladi. Aks holda bu ish kechiktirilsa, 
ko`zlangan natija chiqmay qolishi mumkin. 
Novvoy non yopar, 
Nonni novvot deb sotar, - deyilgan tez aytish shu asosda yuzaga kelgan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin