Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar
Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan:
arablar istilosi;
islom dinining keng tarqalishi;
arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;
madrasalarda arab tilining o‘qitilish;
turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;
olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi:
So‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.
Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli va biroz cho‘ziq aytiladi.
Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so‘zlarda bo‘g`inlar ayirib tallaffuz qilinadi.
Semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi.
So‘zlarning lug’aviy va gramatik shakllari flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim.
Yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar tilshunoslikda o`zlashma neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar, tushunchalarni ifodolovchi lug`aviy birliklardir. Bunday so`zlar xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
Leksik o`zlashma neologizmlar.
Semantik o`zlashma neologizmlar.
Leksik o`zlashma neologizmlar tilga tamoman o`zlashib ketmagan o`zbek tilining o`zida yasalgan yoki boshqa tillardan o`zlashib butunlay iste’molga kirmagan so`zlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat, magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar.
Semantik o`zlashma neologizmlar tilda oldindan mavjud bo`lgan va hozirda yangi ma’noda ishlatilayotgan so`zlardir. Masalan, noyub (deputat), muman (rayon), viloyat (oblast), do`kon (magazin), tadbirkor, pudrat, sarmoya, vazir, hokim, anjuman (konferensiya) va boshqalar. Bunday so`zlar ma’lum bir davrlarda eskirgan so`zlarga aylanib, iste’mol doirasidan ancha chiqib qolgan edi, mustaqillikdan so`ng ular yana tilimizga yangi ma’nolar bilan kirib keldi.
Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko`proq tilning ichki imkoniyatlari:
a) shevalardan so`z olish; b) so`z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba’zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so`z olish yo`li bilan ham ifodalanadi. Bunday so`zlar olinma so`zlar hisoblanadi.
Dunyoda boshqa tillardan so`z olmaydigan bironta ham til yo`q. Kurash,
Dostları ilə paylaş: |