2.3. Evropa olimlari o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini
takomillashtirish to‘g‘risida
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘ri-
sidagi muammolar evropa olimlari Ya. A. Komenskiy, Djon Lokk, G.
Pestalotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z
ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A.
Komenskiy o‘qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni
sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni
kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyoqa-
rashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «yer
yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb»
ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini
chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi
zarur. Ya.A. Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shax-
sida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kid-
laydi:
vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quv-
chilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘o-
44
tuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakl-
lantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan
birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli
hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib
o‘tadi.
A. Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho be-
rib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi
o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi.
O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoli-
yatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilim-
larga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng
muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘’tadillik, g‘ay-
rat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‘qituvchining
pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolctoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy ka-
bi rus pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining vorislari
sifatida mazkur muammolarga o‘z mulohazalarini bildirganlar.
Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy
hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezishda,
bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining
mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga
har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbi-
ga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma,
ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsi-
ning pedagogik faoliyatdagi mahorati o‘rnini bosa olmaydi deb hisob-
laydi.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori
baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda tako-
millashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani
ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim –
o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk
bor asoslab bergan.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shun-
day deydi:
“Hali etilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki
45
qirqta o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish
uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh
qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan
har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomo-
nidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof
bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”.
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga
nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning
tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy
qimmatga ega bo‘lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda
namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi
o‘qituvchining xapakteri va his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan
muloqotga kirishish usulida namoyon bo‘luvchi
Dostları ilə paylaş: |