O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   284
 
10.5. Nutq texnikasini egallash 
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab 
va doimiy munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan jarayon. Psixologik til 
bilan aytganda nutq texnikasi, notiq nutqining o‘rinli yoki o‘rinsiz 
ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, 
turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ladi. Demak u o‘z 
nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab tuzishi, o‘z-
gartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, o‘quv-
chilarni zeriktirib qo‘ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo‘lmish 
metonimiya, metafora kabilardan foydalanishi lozim. O‘quvchilar diqqa-
tini jalb etish, o‘rganilayotgan mavzuga ularni qiziqtira olish o‘qituvchi 
nutq texnikasining asosiy xususiyatlaridandir. 
O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi, o‘quv materialini 
talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar 
o‘qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni no-
to‘g‘ri aytilishi kulgiga sabab bo‘ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda char-
chatadi. Individual suhbat paytidagi o‘qituvchining baland ovozidan 
o‘quvchi o‘zini aldanayotgandek his etadi. Bu o‘qituvchiga ishonchsizlik 
bilan qarash hislarini uyg‘otadi. Ayrim mutaxassislar insonning tovushi 
va uning tembri tug‘ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi eksperi-
mental fiziologiya tovush sifatini o‘zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi. 
Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan nutq texnikasini takomillash-
tirish bo‘yicha ko‘plab mashqlar kompleksi ishlab chiqilgan. Ular asosan 
teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo‘lib, so‘zlashish paytida nafas 
olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini rivojlan-


195 
tirishga qaratilgan, bu esa o‘qituvchilarga o‘z so‘zi mazmunini o‘quvchi-
larga yanada to‘laqonliroq qilib yetkazishga ham imkoniyat beradi. 
O‘quvchi hayoti davomida o‘qituvchisining nutqiy xususiyatlarini, 
o‘quvchilarga murojaat qilish, savollarga aniq va mukammal javob berish 
usullarini xotirasida saqlaydi. O‘qituvchining nutqi o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak. Shuning uchun unga faqat 
umummadaniy emas, balki kasbiy va pedagogik talablar ham qo‘yiladi. 
O‘qituvchilar o‘z so‘zlarining mazmuni, sifati va oqibati uchun jamiyat 
oldida ijtimoiy javobgar shaxsdir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayo-
nida o‘qituvchi nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hi-
soblanadi.
O‘qituvchi nutqi deyilganda, ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘qituvchining 
og‘zaki va yozma nutqi nazarda tutiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq – 
bu o‘qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo‘lib, o‘quvchilar 
ongiga, istak va motivlariga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi muhim omil-
lardir. O‘qituvchilar og‘zaki nutqi asosida zarur bo‘lganda o‘z kamchi-
liklarini tuzatib, korreksiyalab boradi.
Texnik jihatdan nutqiy tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchining nutqi 
quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• o‘qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro muno-
sabati va mahsuldor muloqotini;
• ta’lim jarayonida bilimni to‘la qabul qilinishi, anglanishi va mus-
tahkamlanishi;
• o‘quvchilar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini 
shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
• o‘quvchilarning o‘quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq 
tashkil etish.
"Pedagogik nutq texnikasi" tushunchasi o‘qituvchilarning kommu-
nikativ xylqi tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining kommu-
nikativ xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayo-
nigina emas, balki, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti uchun emotsional 
psixologik muhit yaratishga, ular o‘rtasidagi munosabat va ish uslubiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o‘qituvchining nutqiy 
nazokati ham ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi og‘zaki nutqi monologik 
va dialogik shaklda bo‘ladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin