O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


-BOB. O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   284
16-BOB. O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA 
TASHKIL ETISH 
 
Tayanch tushunchalar

O‘qituvchi mehnati; demokratik huquqiy jamiyat; pedagogik maho-
rat komponentlari; milliy mafkura; fanlar integratsiyasi; ijtimoiy foydali 
mehnat; kun tartibi; obyektiv shaxsiy xususiyatlar; iqtidor va qobiliyat; 
pedagogik texnika; bilim va ixtisoslik; o‘qituvchining yosh xususiyatlari; 
o‘qituvchining kasbiy turg‘unligi; ijodkorlik; mehnatda faollik; umum-
bashariy qadriyatlar; pedagogik qadriyatlar; yuksak ma’naviyat; intel-
lektual ong; o‘qituvchi ijodiy mehnatining asosi. 
 
16.1. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik 
mahoratning roli 
 
Davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash jarayonlarining 
harakatga keltiruvchi kuchi, O‘zbekistonning bugungi va istiqboldagi 
izchil taraqqiyotining bosh omili bo‘lgan insonning ma’naviyatini va kas-
biy salohiyatini yuksaltirishda o‘qituvchilarning tajribasi va mahoratini 
yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi bugungi 
kunda ta’lim va tarbiya berayotgan shogirdlarining kamoloti bilan mam-
lakatimiz kelajagiga ulkan poydevor qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida 
o‘qituvchi mehnatini yuksak baholab shunday deydi: 
“Ota-onalarimiz 
qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zod – o‘qituvchi va 
murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurti-
mizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli 
vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga 
suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’-
naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos 
ekanini yaxshi tasavvur qilamiz”.
Demak, bugungi kun o‘qituvchisi o‘z 
ustida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan 
ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak 
fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu nuqtai 
nazardan, hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratini yanada 
oshirish muammosi davr talabidir. 


316 
Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayonida o‘qituvchining o‘r-
ni, vazifalari yosh avlodni tarbiyalash ishiga javobgarligi muhim aha-
miyatga ega. Olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalar berishini 
yetuk va malakali mutaxassislar ta’minlaydi. Ularni voyaga etkazish, 
ta’lim–tarbiya berish, o‘qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin 
ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda 
to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z pedagogik mehnati jarayonida 
qator ta’lim–tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U avvalo ta’lim muassasalari 
o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi. O‘qituvchi ta’lim – tarbiya jara-
yonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarning porloq kela-
jagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar 
berishi uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘zining pedagogik mahoratiga tayan-
adi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig‘indisidirki, uning 
natijasi o‘qituvchi mehnatida va o‘quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, 
kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishida o‘z aksini topadi. 
O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning 
quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o‘zlashtirishi lozim:
-
yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi; 
-
nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi; 
-
o‘qituvchi 
qobiliyati 
(empatiya, 
perseptiv, 
didaktik, 
konstruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi; 
-
aktyorlik mahoratini (mimika, pantomimika, notiqlik san’ati) 
egallashi; 
-
o‘z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi; 
-
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini 
o‘zlashtirishi; 
-
pedagogik texnika uslublarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish 
san’atiga ega bo‘lishi. 
Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib bori-
layotgan islohotlar, ijtimoiy–iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi 
kerak. Milliy mafkura, umummilliy dastur talablari, urf–odat va an’ana-
lar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o‘qituvchi mehnatning 
asosiy mohiyatida o‘z aksini topishi kerak. 
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan 
puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart 
– sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga 
bog‘liq. O‘qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. 
Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z meh-


317 
natini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o‘z 
ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot kommunikatsion texno-
logiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda 
tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay dara-
jada o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq. 
Shu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish 
uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng 
so‘nggi yutuqlarini muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar 
axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy 
adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli 
foydalanish, o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv 
va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni 
bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi; 
- ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to‘liq tasavvur eta olishi; 
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi; 
- o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoni-
yatlarini yaxshi anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bir maqsad-
ga yo‘naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab 
o‘tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ay-
ratni talab etadi. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni 
mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va 
mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tar-
biyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyor-
lashga zamin yaratadi. 
O‘qituvchi mehnati ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida 
o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga 
e’tibor berish lozim: 
- o‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri 
natijalari; 
- o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati; 


318 
- sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning 
ijobiy natijalari. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyi-
dagi vositalarga e’tibor berish lozim. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin