O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Pedagogik nazokatni egallash malakalari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   284
Pedagogik nazokatni egallash malakalari.
Pedagogik nazokat 
pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o‘r-
gangan holda va o‘z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib 
chiqib shakllantirilib boriladi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, 
nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar bilan muloqot qilish ko‘nikma 
va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo‘lishida, 
o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar 
o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual 
xarakterini bilish bilan bog‘liq. 
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb etti-
rish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijo-
biy-tarbiyaviy ta’sir etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik 
faoliyatiga aylanishi lozim: 
-
o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro mu-
nosabatda ko‘rsata olish; 
-
o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni ang-
lashga harakat qilish, ko‘rish va kuzatish; 
-
sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish; 
-
sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga 
muvofiq yo‘lini tanlash; 
-
o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sez-
dirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish. 
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati
 
shundan iboratki,
 
o‘qi-
tuvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan 
psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. 
Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaf-
faqiyat poydevori hisoblanadi:


148 

o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida mulo-
qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;

sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan 
haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;

o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-
qotga o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish 
shaklini qo‘llaydi;

o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida 
o‘rgatadi. 
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda 
qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil 
etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-
mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U 
hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin 
u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga 
intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu holat 
pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin