Neotropik zoogeografiya oblasti Janubiy Amerika materigini, Markaziy Amerikaning kup qismi (shim.da Meksika togʻligigacha), Xuan-Fernandes, Galapagos, Olovli Yer orollari, Fol-klend, Katta va Kichik Antil orollari va Bagama orollaridan iborat. Neotropik oblast harakterli belgilari bilan boshqa oblastlardan farq qiladi, chunki Janubiy Amerika paleogen va neogen davrlarida boshqa materiklardan ajralgan edi. Neotropik oblast faunasi turlarga boy. Sut emizuvchilardan chala tishlilar turkumi (zirhlilar, yalqovlar, chumolixoʻrlar); ke-miruvchilardan gajak dumli jayralar, dengiz choʻchqalari, agutilar, shinshillalar va boshqa endemik turlar kup uchraydi.
Tok, tuyoqlilardan tapirlarning bir kancha turlari, bugʻularning bir necha urugʻlari (mazamalar, pudu) va lamalar tarqalgan. Xaltalilar kichik sin-figa kiruvchilardan plavunlar, opos-sumlar va endemik senolestlar oilasi; yirtqichlardan itsimonlar va yenotsimonlar oilasining bir necha turi, ayiqning bir turi, yaguar, otselot, puma va mayda mushuklarning bir qancha turi, primatlardan keng burunli maymunlar uchraydi. Qon soʻruvchi kurshapaklar bor. Daryolarda lamantin va dare delfinlari yashaydi. Qushlari juda xilma-xil, nandu tuyaqushi, tinamu, kolibri, tutilar, chumchuk,simonlar, goatsin, kondor, garpiya, tu-kanlar bor. Neotropik oblastda qushlarning 20 dan ortik, endemik turi mavjud. Ularning ayrimlari Golarktika oblastial ham uchraydi. Sudralib yuruvchilardan kay-manlar, timsoxlar, har xil toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar bor. Suvda va quruklikda yashovchilardan oyoqsizlar, dumsizlar (pipa qurbaqasi va boshqalar) koʻproq tarqalgan. Balikdardan ikki xil nafas oluvchi lepidosiren, ulkan arapayma, yirtqich piranya va boshqa juda koʻp. Hasharotlardan chumolilar va barg kemiruvchilar uchraydi. Rangbarang qanotli katta kapalaklar yashaydi. Oʻrgimchaklardan ulkan qushhoʻr bor.
Neotropik oblast Gviana-Braziliya, PatagoniyaAnd (yoki Chili-Patagoniya) va Antil kichik oblastlariga boʻlinadi. Neotropik oblast faunasi ancha vaqt ajralgan holda taraqqiy qilganligiga qaramay qoʻshni zoogeografiya oblastlari taʼsirida tarkib topgan, chunki uzoq oʻtmish geologik davrlarda Avstraliya, shuningdek, Efiopiya oblastlari va undan keyinrok, boshqa oblastlar bilan aloqada boʻlgan. Baʼzi olimlarning fikricha, xaltalilar boʻr davrida Avstraliyaga Antarktida orkali Janubiy Amerikadan oʻtgan. Yoriq tishlilarning tenreklar bilan oʻxshashligi, shuningdek, lamantin va ikki xil nafas oluvchi balikdarning mavjudligi Neotropik oblastning kadimda Efiopiya oblasti va Madagaskar bilan alokada boʻlganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastdan uy hayvonlari ham kelib chiqqan: sut emizuvchilardan lama va dengiz choʻchqasi, qushlardan mushkli oʻrdak, umurtqasizlardan koshenil shular jumlasidandir.
Jumladan, hasharotxo’rlardan krotlar, tipratikanlar uchramaydi. Kam sonda uchrovchi yerqazarlar esa oblastga juda yaqinda Neoarktikadan kirib kelishgan. Viverralar, sirtlonlar va qunduzlar ham oblast uchun xos emas. Boshqa oblastlarda keng tarqalgan tuyoqlilar faunasining mazkur oblastda kambag’alligi va ayniqsa kovakshoxlilar (kovushshoxlilar) ning mutlaqo uchramasligi qayd etiladi. Sut emizuvchilardan xaltalilarning bitta kenja turkumi-ko’p kesgichlilar (Polyprotodontia) uchradi (bu kenja turkum Avstraliya uchun ham xos). Oblastda xaltali kalamushlar yoki opossumlarning 70 dan ortiq turlari tarqalgan. Ularning ayrimlari jumladan, oddiy shimol opussumi Neoarktikada ham uchraydi. Suv opossumi yoki plaun Janubiy amerika xaltalilarining yirigi. Hasharotxo’rlardan qayd etilgan “kelgindi” yerqazarlardan tashqari ancha ilgari tarqalgan, bitta endemik oila-kovaktishlilar uchraydi.
Qo’lqanotlilar 9-oilaga mansub bo’lib, ularning turlari juda ko’pchilikni tashkil etadi. Ular asosan tropik rayonlarda uchraydi va hasharotlar, mevalar, nektar va changchilar bilan oziqlanishadi. Qon so’ruvchi-vampirlar esa 75 qo’lqanotlilarning o’ziga xos qiziqarli guruhi bo’lib, ular Argentinadan va Chilining markaziy qismidan tortib Meksikagacha tarqalgan. Noto’liq tishlilar (Edentata) Neotropik oblastning eng xarakterli sut emizuvchilar turkumi sanalib, o’z tarkibiga uchta oilani (zixrlilar, chumolixo’rlar, yalqovlar) biriktiradi. Hozirgi noto’liq tishlilar qachonlardir boy va juda xilma-xil bo’lgan faunaning qoldiqlari hisoblanishadi. Neotropik oblastining xarakterli hayvonlari:zixrli, goatsin, kolibri, yalqov, yaguar, rozaliya, vikunya, lama, katta chumolixo’r, kondor, nandu tuyaqushi, kokilli palamedeya, tukan, suv cho’chqasi, tekistlik tapiri, iguana, kayman Chumolixo’rlar oilasining 3-turi uchraydi. Ularning ichida nisbatan yirigi katta yoki gigant chumolixo’rdir (bo’yi-2 metrgacha, og’irligi 20-36 kg). Bu tur nuqul yer ustida hayot kechirishga moslashgan.
Tamandua yoki o’rtacha chumolixo’r va karlik chumolixo’rlar hayotining asosiy qismini daraxtlarda o’tkazishadi. Chumolixo’rlar hasharotlar (termitlar, chumolilar) ko’plab yig’iladigan joylarda yashashadi. Ular Janubiy Meksika o’rmonlaridan tortib Argentinaning shimoligacha tarqalgan Karlik chumolixo’r Trinidadda ham uchraydi. Zixrlilarning 20-turi oblast uchun xos bo’lib, ularning areali chumolixo’rlar va yalqovlarga qaraganda ancha keng. To’qqiz yo’lakli zixrli Shimoliy Amerikaning Kanzas va Alabama shtatlariga ham tarqalgan. Ayni vaqtda bu tur Amerikaning janubiga tarqalishda davom etmoqda. Zoomagazinlarda sotish uchun ularning ko’plab keltirilishi bunga sabab bo’lmoqda. Primatlarning barchasi keng burunli maymunlarning endemik ust oilasiga mansub. Ularning ikkita oilasi farq qilinadi. Bulardan biri o’ynoqi maymunlar. Ular uncha katta bo’lmagan, chipor maymunlar bo’lib, tashqi 76 tuzilishi va xulqi bilan ajralib turadi. O’ynoqi maymunlarning 33 turi bor (marmozetlar, tamarinlar, o’ynoqilar).
Areali esa Janubiy Braziliyadan Panama va Kosta-Rikagacha davom etadi. Ikkinchi oila-kaputsinlarning 37 turi uchraydi (merikinlar, saklar, revunlar, saymirlar, koatalar va boshq). Ular orasida revunlar (og’irligi 7,4 kg) qiziqarli xulqi bilan ajralib turadi. Yirtqich sut emizuvchilar Neotropik oblastda ko’plab uchraydi. Ammo ular orasida sirtlonlar, viveralar yo’q. Yirik mushuksimonlardan puma, yaguar va nisbatan mayda otselot tipik turlardan sanaladi. Patagon pampas mushugi va yaguarundi endemik sanaladi. Oblastning eng chekka hududida uchrovchi baribala ayig’ini hisobga olmaganda, uning ShimoliyG’arbiy And qismida yashovchi ko’zoynakli ayiq yagona ayiq hisoblanadi. Savannalarida mayda tulkilar va uzunoyoqli bo’ri uchraydi. Dengiz sut emizuvchilaridan dengiz sigirini (siren) va chuchuk suv delfinlarini eslatib o’tish lozim.Tuyoqlilar faunasi juda kambag’al. Toq tuyoqlilardan 3-turdagi tapirlar Markaziy Meksikadan Paragvay va Argentinagacha bo’lgan hududdagi tropik botqoq o’rmonlarda yashashadi. Juft tuyoqlilardan pekarlar hamda amerika bug’ulari (botqoq, and va mazami bug’ulari)ni ko’rsatib o’tish mumkin.Amerika tuyalaridan xonakilashtirilgan lama va alpaka yovvoyi guanako va vikunya kabi turlar uchraydi.
Neotropik oblast qushlari 2500 turdan tashkil topgan. Janubiy Amerika qushlarining 90% endemiklardan iborat. Bu joyda nanduning 2- turi uchraydi. Ulardan biri shimol nandusi bo’lib, u oblastning shimolisharqida uchraydi. Ikkinchi tur –Darvin nandusi esa janubda yashaydi. Tovuqsimonlardan gokko (daraxt tovuqlari) va goatsin oilalari oblast uchun xarakterli. Amerika tasqaralarining 6-turi oblastga xos bo’lib, ular orasida qirol tasqarasi, kondor va boshqalar uchraydi. Ularning ayrimlari ayni vaqtda kamayib ketgan. Tentakqushlardan endemik tur sanalgan 77 yagona guaxaro uchraydi. Mazkur tur koloniya holida yashaydi va uyalarini g’orlarga qo’yadi. Mevalar bilan oziqlanuvchi bu turda g’ordagi qorong’i sharoitda harakatlanish imkonini beruvchi exolokatsiya xususiyati shakllangan. Qizig’i shundaki uning jo’jalari kuchli oziqlanishi oqibatida ko’p yog’ zaxirasiga ega bo’ladi, natijada voyaga yetgan qushlarga nisbatan massasi oshib ketadi. Mahalliy aholi jo’jalarning yog’ini oziq-ovqat sifatida ishlatishadi. Janubiy Amerikada kolibralarning 320-turi uchraydi. Bu hudud ularning vatani hisoblanadi. Kolibralar eng mayda qushlar bo’lib (og’irligi 1,6-20 g), chiroyli pat va par qoplamlariga ega bo’lganliklari uchun ularni uchuvchi brilliantlar deyishadi. Shu sababli ko’pchilik turlari topaz, sapfir, rubin kabi nomlar bilan ataladi. Neotropik oblastning to’tilari o’zining juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Faqat shu oblastdagina to’tilardan yirik ara va amazoniylar uchraydi.
Qushlarning tukanlar oilasiga mansub turlari 37 tani tashkil etadi. Ular qizilishtonlarning urug’lari bo’lib, Braziliyadan Meksikagacha uchraydi. Endemiklardan momotlar ham uchraydi. Bu qushlar ko’k qarg’asimonlarga tegishli bo’lib, qirg’oqlarda qazib uya qurishadi. Galapagos orollarida yashovchi fil toshbaqalarining 13 ta kenja turlari (og’irligi 200 kg gacha) mavjud. Ular hozirda butunlay qirilib ketish arafasida turishibdi. Timsohlar (kaymanlar) oblast daryolarida juda xilma-xillikka ega. Kaltakesaklar orasida iguanlar sonining ko’pligi va juda xilma-xillikka egaligi bilan ajralib turadi. Ular orasida daraxtlarda, dashtlarda, qoyalarda, tog’larda va yarim suvda yashovchi formalari bor. Ayrimlarining erkaklarini boshi va tanasining orqa tomonida teridan shakllangan taroqsimon o’simtalari bo’lib, bu ularga fantastik ko’rinish bag’ishlaydi. Dengiz iguanlari Galapagos orollarida yashashadi.
Ilonlardan yirik bo’g’ma ilonlar jumladan, boa va anakonda bu hudud uchun xos. Eng yirik-ilon anakonda (uzunligi 11 metrgacha) 78 Amazonka va Orinoko daryolari yaqinida yashaydi. Zaharli aspidlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Birgina qirol aspidlari avlodiga mansub bo’lgan 65 tur va kenja tur ilonlar uchraydi. Bu oblastda uzunligi 4 metrgacha, zaharli tishlari 2,5 sm ga yetuvchi bushmeyster ilonlari ham uchraydi. Xuddi shunday boshqa zaharli ilonlar ham keng tarqalishga ega. Amfibiyalar faunasi tarkibida asosan dumsizlar va oyoqsizlar turkumi vakillari uchraydi. Oyoqsiz amfibiyalarning 16 turi tuproqda, chumoli va termitlarning uyalarida hamda suvda yashashga moslashgan. Baliqlarning tur tarkibi bo’yicha mazkur oblast dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. (2700 tur). Faqat Amazonkada ularning 1000 dan ortiq turlari yashashadi. Bu joyda ko’pchilik turlar yaxshi o’rganilmagan. Ikki xil nafas oluvchilardan lepidosirensimonlar oilasi uchraydi. O’zining qonxo’rligi bilan ajralib turuvchi piranya baliqlari hamda akvariumlarda saqlanuvchi tetra, neon va boshqalar ham oblastga tegishli turlardan sanaladi. Elektr ugrlari endemik oilani tashkil etadi. Ularning yagona turi uchraydi. Suyak tilli baliqlardan arapaima eng yirik chuchuk suv balig’i bo’lib, uzunligi 4 metr, og’irligi esa 200 kg gacha. U Amazonkaning asosiy ov baliqlaridan sanaladi. Neotropik oblastning umurtqasizlari xilma-xilligi va ko’pligi bilan ajralib turadi.
Ayniqsa bo’g’imoyoqlilar (ko’p oyoqlilar, hasharotlar, o’rgimchaksimonlar) ko’pchilikni tashkil etadi. Mahalliy skolopendralar juda uzun (25 sm gacha) va zaharliligi balan o’ziga xos. Eng yirik o’rgimchaklardan qushxo’r o’rgimchaklar hasharotlar, kaltakesaklar, baqalar va hatto jo’jalar bilan ham oziqlanishadi. Neotropik oblast faunasi nisbatan uzoq muddat alohidalashganligiga qaramay u boshqa oblastlarning faunasi ta’sirida shakllangan. Nisbatan uzoq o’tmishda mazkur oblast faunasi Avstraliya va Efiopiya bilan 79 aloqada bo’lgan. Ayrim olimlarning taxminicha, bo’r davrida xaltalilar Janubiy Amerikadan Avstraliyaga Antarktida orqali o’tishgan. Neotropik oblastida mahalliy uy hayvonlarining turlari juda kam. Ularga lama, alpaka, dengiz cho’chqasi, muskus o’rdagi va hasharotlardan koshinel (uning erkaklaridan karmina nomli bo’yoq tayyorlashda foydalaniladi) ni misol qilish mumkin. Ammo hozirda bu oblast hududida qachonlardir Yevropada xonakilashtirilgan ko’pgina hayvon turlari ko’paytirilmoqda. Neotropik zoogeografik oblastida 4 ta kenja oblast farq qilinadi. Karib kenja oblasti, Markaziy Amerika kenja oblasti, Amozoniya kenja oblasti, Patagon-Chili kenja oblasti.