1. Didaktik qobiliyatlar — bu o'quvchilarga o'quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, o'quvchilarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil, faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatlarga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq, tushu- nishi qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi. O'qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o'quvchilar odatda: „ O'qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq, ravshan va tushunarli qilib berishida. Bunday o'qituvchining qo'lida mazza qilib o'qiging keladi"; „Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o'qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi"; ,,0'quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq — mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o'qituvchilarni yoqtirmaymiz" — deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib o'quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatinigina emas, balki, shu bilan birga o'quvchilaming mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo'naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o'z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o'quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo'naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog o'quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasawur qila oladi.
Ko'pchilik o'qituvchilarga, ayniqsa, xafsalasiz o'qituvchilarga o'quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o'qituvchilar o'quvchilarni emas, balki birinchi galda o'zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o'quv materialini o'ziga qarab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o'qituvchilar esa o'zlarini o'quvchi o'rniga qo'yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarh bo'lgan material o'quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo'hshi mumkin degan nuqtai nazarda bo'ladilar. Shuning uchun ham bunday o'qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usuUanm alohida o'ylab ko'rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayomda qobiliyatli o'qituvchi uchun o'quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo'lganda dars bayonotiga alohida e'tibor benshga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to'g'ri tasawur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N. Gonobohn juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko'ra bilish xaraktendagi matnda o'qituvchining fikri ayrim sinf o'quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko'rsatib, nima uchun bu qismlarning qiymligini tushuntirib berish, shundan so'ng esa rnatnni o quvchilarga engil va ularning o'zlashtirishlari uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o'qituvchi, shu bilan bir qatorda, materialni o'zlash- tinsh, o'quvchilarga bir oz nafas olib, o'zlariga kelib olishlari va o'z diqqat-e'tiborlarini bir joyga qo'yib, ayrim qo'zg'alishlarni „so'n- ainb , boshqalarm esa jadallashtirib, ularning bo'shashganligini susthgim va loqaydhgini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o'qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsm boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltiradi miya taohyati tormozlanadi va o'qituvchining so'zlari etarlicha'idrok qihnmaydi.
Dostları ilə paylaş: |