O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

a) sifatning eng asosiy morfologik xususiyati uning yasalishidir. Sifatlar 
ikki usul bilan yasaladi: affiksatsiya va kompozitsiya. Sifat yasovchi 
qo`shimchalar miqdori 50 ga yaqin. (Bular haqida kiyingi qismlarda alohida 
to`xtalamiz).


12 
b) sifatlarning muhim yana bir morfologik xususiyati uning belgni 
qiyoslab, darajalab ko`rsatishidir. Sifatlarning quyidagi darajalari bor: oddiy 
daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.
I.Oddiy darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetlardagi xuddi shunday 
belgiga qiyoslanmaydi. Bu daraja belgining odatdagi me’yorda ekanligini 
ko`rsatadi va maxsus ko`rsatkichga (qo`shimchaga) ega emas: keng ko`cha, 
yashil barg, yaxshi odam.
II. Orttirma daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi 
shunday belgiga nisbatan eng ko`p ekanligini ifodalaydi va quyidagi usullar 
yordamida hosil qilinadi.
1. Morfologik usul: a) so`zning birinchi bo`g`ini ajratilib, unga keyingi 
bo`g`indagi birinchi undosh qo`shiladi-da, yopiq bo`g`in hosil qilinadi va undan 
keyin to`liq shakli takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana; b) so`zning oldingi 
ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin 
so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k; v) so`zning birinchi 
bo`g`inidan keyin –ppa shakli qo`shiladi: soppa-sog`, to`ppa-to`g`ri.
2. Leksik usul. Bu usul bir necha turga bo`linadi: a) ma’noni 
kuchaytiruvchi so`zlar qo`llanadi. Masalan, juda, eng, g`oyat, nihoyatda, bir, 
biram, tim, naq, zap, behad, benihoya, cheksiz, nihoyasiz, beqiyos[26;43]. Faqat 
uning tengsiz husniga oddiy bir jo`n odam sifatida lol bo`lib turubman, xolos. 
(S.Ahmad) b) takroriy juft so`zlar vositasida. Kamol baquvvat tishlari bilan 
yong`oqlarni qars-qars chaqib, oltin rangli barmoqday-barmoqday mayiz bilan 
yeya boshladi. (Oybek) v) turli so`z birikmalari, idiomatik iboralar 
vositasidama’no ortiriladi. Ellik yoshlardagi haddan ziyod cho`tir bir kishi 
karavotdan oyoqlarini tushirib yotardi. (Oybek)
3. Leksik-semantik usul. Bunda belgi bildiruvchi so`zlar oldidan yoki ular 
o`rniga boshqa turkumdagi so`zlar qo`llanadi: zahar (garmdori), olov (bola);
4. Fonetik usul: a) unlilar cho`zib aytiladi: tooza, chuquur; b) undoshlar 
ikkilanadi: tekkis, mazza, yummshoq.


13 
III.Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi 
shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi 
sifatga -roq qo`shimchasini qo`shish yoki sifatdan oldin bir-biridan, undan 
ham, yanada so`zlarini keltirish bilan yasaladi: Olma daraxti shaftoli daraxtidan 
balandroq. Bir-biridan go`zal, Bundan ham battar, Yanada kuchli.
IV. Ozaytirma daraja belgi darajasining me’yorga yetmaganligini, 
me’yordan pastligini ifodalaydi. Ozaytirma daraja quyidagicha hosil bo`ladi:
1) qo`shimchalar yordamida: oqish, qizg`ish, qoramtir, -roq qo`shimchasi 
ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi 
boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi, eskiroq (kiyim) 
2) sifatdan oldin yarim, nim, och, xiyol, sal, aytarli, uncha, u qadar…emas 
so`zlarini keltirish bilan: yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.
Sifat darajalari yasovchi qo`shimchalarning sinonimiyasi. Sifatlardagi 
qiyos belgini qayt etuvchi -roq ning sinonimlari ham bor: -ish, -mtir, -imtir
kabilar predmetlar belgisining kamligini ko`rsatadi va -roq qo`shimchasiga 
ma’nodosh bo`ladi. Lekin -roq orqali bir belgini boshqasiga solishtirish 
ifodalanadi. Agar -roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar ham bo`lsa 
(-dan, ko`ra, nisbatan, qaraganda va b.) belgining ortiqligi anglashiladi: 
– Sendan yuksak nima bor, Yulduz? 
– Onalar mehri. 
– Qaydan olding otashni, Quyosh? 
– Ona qalbidan?
Sifatning tuzilishiga ko`ra 4 xil bo`ladi:  sodda, juft, takroriy va qo`shma. 
 Sodda sifatlar: 
Tub sodda: yaxshi, shirin, oq, baland, keng, mo`rt, tor va hokazo. 
Yasama sodda: ishchan, devoriy, maqtanchoq, noo`rin, hiylagar, ozg`in, 
sezgir, quvnoq va hokazo
Juft sifatlar. 
I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi: 


14 
1. Qismlari o`zaro sinonim: aql-hushli, ajoyib-g`aroyib, boy-badavlat, och-
nahor, ola-chipor, pishiq-puxta, son-sanoqsiz, sarson-sargardon va b. 
2. Qismlari o`zaro antonim: achchiq-chuchuk, baland-past/ past-baland, 
vayron-u obod, issiq-sovuq, yiroq-yaqin, tanish-notanish, uzoq-yaqin va b 
3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ijtimoiy-siyosiy, kuydi-pishdi, mosh-guruch, 
mo`min-qobil, ochiq-oydin, och-yalong`och, soya-salqin va b.
II. Bitta qismi yakka holda ishlatiladi: aralash-quralash, achchiq-tizziq, 
burma-churma, bo`ltak-so`ltak, devor-darmiyon, yengil-yelpi, yolg`on-yashiq, 
yosh-yalang va b 
III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: aji-buji, almoyi-aljoyi, apoq-
chapoq, aloq-chaloq, dali-g`uli, zim-ziyo, ilang-bilang, poyintar-soyintar, uvali-
juvali, o`poq-so`poq. 
Takroriy sifatlar: yaxshi-yaxshi, katta-katta, shirin-shirin, burda-burda, 
yo`l-yo`l, oppoq-oppoq. 
Qo`shma sifatlar:
1. 
Sifat+ot: yapoloqyuz, xomkalla, sho`rpeshona, kaltafahm, ochofat, 
maydagap, shikastahol, shirinsuxan, sovuqqon;
2. 
Ot+sifat: boshqarong`u, yoqavayron, jig`ibiyron, tepakal, xonavayron, 
xudobexabar, otabezori, dilxasta, nonko`r; 
3. 
Ot+ot: bodomqovoq, sheryurak, darveshsifat, devqomat, dilozor, dilorom, 
dilpora, izzattalab, kafangado, otashnafas, sohibjamol, jigar rang, havo rang; 
4. 
Ravish+ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj; 
5. 
Fe’l+fe’l: yebto`ymas; 
6. 
Ravish +fe’l: tezpishar, kechpishar, cho`rtkesar; 
7. 
Olmosh+ot: o`zboshimcha; 
8. 
Ot+fe’l: tilyog`lama, gadoytopmas, tinchliksevar, jonkuyar; 
9. 
Olmosh+sifat: o`zbilarmon; 
10. Son+ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq. 


15 
Sifatning otlashuvi esa uning gapda ot bajaradigan sintaktik vazifada 
kelishidir. Sifatlanmish tushurib qoldirilsa, sifat o`sha otning shakliy belgilarini 
qabul qiladi, hamda ularning sintaktik vazifasini bajaradi.
a)Ega bo`lib keladi: Yaxshi oshini yer, yomon – boshini.
b)Qaratqich- aniqlovchi bo`lib keladi: Saxiyning ehsoniga baxilning boshi 
og`rir. 
c)To`ldiruvchi bo`lib keladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma. 
d)Undalma bo`lib keladi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Sifatlar ba’zida qiyosiy daraja shaklida ham otlashib keladi: Askarlar esa 
ularning orasidan chaqqonroqlarini ko`z ostiga olib qo`yganday bo`lar edi.
Sifat sintaksisda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi, ot-kesim, shuningdek, 
tarz (ravish) holi bo`lib keladi. Otga xos kategoriyani olsa, boshqa gap bo`laklari 
bo`lib keladi. Bechoralarga yordam berish kerak (Hamza); a) sifatlovchi- 
aniqlovchi vazifasida keladi: Ochil buva o`tkir, qora ko`zli, serqosh chiroyli 
yigit bo`lgan. (A.Muxtor) v) sifat ot-kesim bo`lib keladi: Gul qizil. Devor oq. 
g) sifatlar gapda bundan tashqari ravish (tarz va vaziyat) holi bo`lib keladi: 
U qiziq kular ekan. Qobil bobo dardli xo`rsindi. (A.Qahhor) 
Xullas, so`z turkumlari tizimida sifat o`ziga xos o`ringa ega. Bu turkumga 
oid so`zlar uzoq tarixiy taraqqiyotni kechirgan. Sifat so`zlar atash ma’nosiga 
ko`ra belgi, aniqrog`i, turg`un, barqaror belgi ifodasiga ega. Bu turkum so`zlar 
polisemiyaga boy. Bu hol ham uning uzoq tadrijiy taraqqiyoti bilan bog`liq. 
Sifat morfologik jihatdan yasalish tizimiga ega. Shuningdek, morfologik 
o`zgaradi va darajalanadi. Sifat sintaksis xususiyatiga ko`ra bog`li qurshovda 
(matnda) o`z pozitsiyasiga ega. Sifat so`zlarning polisemantik hamda semantik- 
funksional xususiyatlari alohida tadqiqotni talab etadi. Bu so`zlarning matnda 
imkoniyatlari juda keng. (Bu borada keyingi bobda to`xtalamiz) 


16 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin