I Bob. VATANPARVARLIK TARBIYASI – YUKSAK INSONIYLIK BELGISI SIFATIDA 1.1. Vatan tushunchasi, uning mazmun-mohiyati Vatan ostonadan boshlanadi. Bu gap bejiz aytilmagan, insonning
kindik qoni to‘kilgan, tug‘ilib o‘sgan, tarbiya topgan, tuzini totgan
joyning har bir qarich erini asrab-avaylash har bir o‘sib kelayotgan
yoshlarning majburiyati, qolaversa, sha’nidir.
Vatan – tug‘ilib o‘sgan joy, yurt. 1) kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri
yoki qishlog‘i; yurt, diyor. 2) kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi
hisoblagan mamlakat; ona yurt. 3) Turarjoy, boshpana, maskan, uy. 4) O‘simlik va
shu kabilarning asli kelib chiqqan erini bildiradi
5
. Vatan so‘zi asosida tuzilgan
so‘zlar: Vataniga munosabati odamning kimligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan
biridir. Ya’ni Vatan so‘ziga sifat qo‘shilib, insoniy fazilat, illat yoki holat nomi
yuzaga keltirilgan. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ana shu ma’naviy hodisalarga
juda yaxshi o‘rin berilibdi. Illatlardan uzoq, fazilatlarga yaqin bo‘lish uchun
ularning ma’nolarini bilib olamiz:
Vatangado– Vatandan kechib, qochib, o‘zga ellarda darbadar
yuruvchi. «Vatangado bo‘lguncha kafangado bo‘l» (maqol)
6
; Vatangadolik – vatangadoga xos hayot, holat, vatangado bo‘lib yashash.
«Vatangadolikning azobi go‘r azobi bilan teng ekan. (A. Muxtor. CHinor);
Vatandosh – vatani bir, bir mamlakatda tug‘ilib o‘sgan kishilar.
Vatanjudolik – vatandan judo holatdagi hayot, shaxsning shunday hayot
kechirishi.
Vatanli – turarjoyga, boshpanaga ega bo‘lgan, uyli-joyli.
5
Quronov M. Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim, O'zbekistonim. –T.: “Ma'naviyat”,
2015. –B.8.
6
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. -Т.: “Fan”, 2006. –B.444.
Vatanparvar– Vataniga g‘amxo‘rlik qiluvchi. O‘z Vatanini, ona
yurtini,
xalqini cheksiz sevuvchi,
vatan
manfaatlari
uchun jonbozlik
ko‘rsatuvchi.