O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


I Bob. VATANPARVARLIK TARBIYASI – YUKSAK INSONIYLIK BELGISI SIFATIDA



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Obrazes-kurs ishi

I Bob. VATANPARVARLIK TARBIYASI – YUKSAK INSONIYLIK BELGISI SIFATIDA

1.1. Vatan tushunchasi, uning mazmun-mohiyati


Vatan ostonadan boshlanadi. Bu gap bejiz aytilmagan, insonning kindik qoni to‘kilgan, tug‘ilib o‘sgan, tarbiya topgan, tuzini totgan joyning har bir qarich erini asrab-avaylash har bir o‘sib kelayotgan yoshlarning majburiyati, qolaversa, sha’nidir.
Vatan – tug‘ilib o‘sgan joy, yurt. 1) kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i; yurt, diyor. 2) kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; ona yurt. 3) Turarjoy, boshpana, maskan, uy. 4) O‘simlik va shu kabilarning asli kelib chiqqan erini bildiradi4. Vatan so‘zi asosida tuzilgan so‘zlar: Vataniga munosabati odamning kimligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biridir. Ya’ni Vatan so‘ziga sifat qo‘shilib, insoniy fazilat, illat yoki holat nomi yuzaga keltirilgan. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ana shu ma’naviy hodisalarga juda yaxshi o‘rin berilibdi. Illatlardan uzoq, fazilatlarga yaqin bo‘lish uchun ularning ma’nolarini bilib olamiz:
Vatangado – Vatandan kechib, qochib, o‘zga ellarda darbadar
yuruvchi. «Vatangado bo‘lguncha kafangado bo‘l» (maqol)5;
Vatangadolik – vatangadoga xos hayot, holat, vatangado bo‘lib yashash.
«Vatangadolikning azobi go‘r azobi bilan teng ekan. (A. Muxtor. CHinor);
Vatandosh vatani bir, bir mamlakatda tug‘ilib o‘sgan kishilar.
Vatanjudolik – vatandan judo holatdagi hayot, shaxsning shunday hayot kechirishi.
Vatanli – turarjoyga, boshpanaga ega bo‘lgan, uyli-joyli.
Vatanparvar – Vataniga g‘amxo‘rlik qiluvchi. O‘z Vatanini, ona yurtini, xalqini cheksiz sevuvchi, vatan manfaatlari uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi.
Vatanparvarlik – vatanparvarlarga xos ish, xatti-harakat, xislat.
Vatanfurush – Vatanini sotuvchi. O‘z Vataniga xiyonat qiluvchi, vatanini sotuvchi. Vatanfurushlik – Vatanni sotish, unga xiyonat qilish.
Vatan – bu inson va uning avlod – ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – ajdodlar maskani, el-yurt, halq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari shakllanib, o‘sib kamol topib boradigan zamindir6.
Vatan deganda, hamisha tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim-tarbiya olib voyaga etgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aqlidroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson erlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”7.
Vatan- ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk, bebaho meros, eng aziz xotira. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytilmaydi. Biroq kishi ulg‘aygani sayin uning Vatan haqidagi tasavvuri ham kengaya boradi. Avvalo uy, so‘ngra mahalla, qishloq yoki shahar hamda butun mamlakat Vatan ekani astasekin anglab olinadi.
Kurrai Zamin- yer sayyorasi butun jumlai jahonda yashayotgan olti milliarddan ziyod xalqlar uchun Vatan hisoblansa, har bir halq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan xudud ona- Vatandir. Vatan bilan xalq yoki millat birga paydo bo‘ladi, birga yashaydi. Ularni ajratilgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Vatanimiz bor ekan- xalqimiz bor, xalqimiz borki, vatanimiz bor. Vatanni avaylab asrash, uning oyligini ezozlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lgani kabi kurrai Zamin-Er sayyoramizni ham avaylab asrashga, uning barcha boyligini: tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, musaffo osmonini va boshqalarni kelgusi avlodlarga qoldirish unda yashayotgan har bir xalqning muqaddas burchi.
“Vatan” – buyuk va muqaddas tushuncha. Uni qanchalik ta’riflasak, tarannum etsak ham kam. Inson inson bo‘libdiki, bu so‘zning ma’nosini tushunishga intiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosiga murojaat qilish, ular ijodini o‘rganish bu muqaddas tushunchaning mazmunini yanada teranroq anglashga yordam beradi. Inson ulg‘aygan sari, uning Vatan haqidagi tushunchasi ham tobora kengayib boraveradi. Darhaqiqat, «Vatan» tushunchasining qamrovi Vatandek kengligi haqida olimlarimiz ko‘plab asarlar yozganlar8.
Vatan- bu halqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan-muqaddas qadriyat. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy etimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir9.
Vatanga mehr-muhabbatli bo‘lish – g‘oyat chidam, g‘oyat yuksak ong talab etuvchi o‘ziga xos ilm va buni egallash ham beshikdan boshlanmog‘i va oqibat so‘nggi nafasga qadar davom etmog‘i joiz. Vatanparvarlik Vatanni sevmoqlikni anglatsa, bu ilmni egallagan kishi Vatanga jonini atagan komil inson martabasiga yetgan bo‘ladi. Vatandan olganimiz – qarzdir, qarzni esa qaytarmoq farzdir. Biz har birimiz Vatanni sevamiz, chunki Vatan – biz nafas olayotgan havodir10.
Vatan xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassamlashgan yurtdir. Qanchalik go‘zal va obod bo‘lmasin, begona yurt Vatan bo‘la olmaydi. Vatan mehrini, vatan sehrini, uning mo‘tabarligiyu ulug‘vorligini so‘z bilan ifodalash qiyin. Har bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, elyurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo‘lur edim, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir.

Xullas, mustaqillik ma’naviyati Vatanga muhabbatdan, millat manfaatlariga sadoqatdan boshlanadi, har bir shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini Vatan manfaati yo‘lida unumli sarflashida namoyon bo‘ladi. Unda milliyma’naviy merosdan bahramandlikka intilish umumbashariy qadriyatlarni tan olish, o‘zga millatlar madaniyati, o‘zga mintaqa va o‘lkalarda erishilgan ilg‘or tajribalarni ijodiy o‘zlashtirish ishtiyoqi bilan uyg‘unlikda kamol topadi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy imon Vatanga mehrdan, Vatan va millat, mamlakat va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat hissidan boshlanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin