124
sayohat qilgan turistlarning, mazkur telekanal orqali yoritilgan, turli mamlakatlarga
oid ko‘rsatuvlarni ko‘rgan tomoshabinlarning fikrlari o‘rganilgan.
Darhaqiqat, Turkmanistonning tarixiy obidalari o‘tmish bilan qiziquvchi
sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy. Jumladan qadimiy Oltin-tepa shahri
o‘zining tosh obidalari bilan “Turkmanistondagi Stounxendj” nomini olgan. Bu
qadimiy shahar Bronza davrida – eramizdan avvalgi 2300-1900 yillarda bunyod
etilgan. Bu yerda turistlar qadimgi Elam va Shumer mixxat bitiklarini eslatuvchi
bitiklar bilan tanishishlari mumkin.
Sayyohlarda ko‘hna Parfiya qadimiy shaharlari, xususan uning madaniy poytaxti
bo‘lgan Niso shahri katta qiziqish uyg‘otadi. Buyuk Marg‘iyona shahar va qal’alari
ham turistlarni befarq qoldirmaydi. Tarixda aynan shu hududda yunonlar va
rimliklar xitoyliklar bilan to‘qnashishgan.
Shuningdek, Turkmanistonning sharqida o‘rta asrlarga oid yodgorliklar ham
uchraydi. El Arslon, Tekesh, To‘rabek xonim, Ostona bobo maqbaralari, Qutlug‘
Temur minorasi sayyohlarni xayolan olis o‘tmishga yetaklaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Turkmanistonda Buyuk ipak
yo‘li bo‘ylab joylashgan yodgorliklar bo‘yicha ilmiy tekshirish va arxeologik
tadqiqotlarni olib borish, madaniy merosni keng targ‘ib etish bo‘yicha Davlat
dasturi qabul qilingan edi.
Dostları ilə paylaş: