O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b
O’quvchilarda aqliy tarbiyan shakllantirishning mazmuni. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim
doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va
ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon
bo’ladi.
Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat
faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi,
shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni
bajarishga
nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga
ega
bo’lishi
uchun
zamin
yaratadi.
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-
tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar
jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi.
Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan
tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin
tutadi.
Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor
ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash
mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va
fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan
dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam
beradi. Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy
(muayyan
falsafiy
tizimga
ega
bo’lmagan)
dunyoqarash
tarzida
farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb
etgan g’oyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab
jarayon sanaladi.
69
Aqliy
tarbiya
va
ilmiy
dunyoqarashning asosiy
belgilari
va
mohiyati