10
O‘zbek xalq etnografiyasida avlod-ajdodlarimiz komillikka intiluvchi har bir shaxsga nisbatan
quyidagi o‘git bilan murojaat qilishgan:
O ‘zbegim!
Osmoning musaffo, oilang tinch-totuv, dasturxoning to‘kin-sochin bo‘lsin, farzandlaring komil
inson bo‘lib voyaga yetsin, har qachon bayram, to‘y-tomoshani tark etmasin. Milliy urf-odat va
qadriyatlarimizga sodiq qol! A n’ana, marosim, milliy urf-odat o ‘zbekning o ‘zligidir!
An’ana
— tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan,
avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar m a‘naviy hayotiga ta‘sir ko‘rsatadigan
madaniy hodisadir. An‘ana o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singgan (umum
yoki ma‘lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.
Odat (urf-odat)
— kishilarning turmushiga singib ketgan, ma‘lum muddatda takrorlanib turuvchi
xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor, qoidalar ko‘nikmasi. Masalan,
kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida
hurmat ko‘rsatish,
bayram
arafasida qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror
ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Odat ma‘lum sharoit ta‘sirida vujudga kelib, insonning fe‘l-atvorida mustahkamlanib qoladi va
keyinchalik doimiy elementga aylanadi.
Marosim
inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik
vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan, ism qo‘yish, nikohdan o‘tish, dafn, xotirlash, ekin ekish (urug‘ qadash), o‘rim o‘rish
marosimlari.
Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir
bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealar (masalan, tug‘ilish,
uylanish, o‘lim kabilar) bilan bog‘liq bo‘ladi. M arosimlarni o‘tkazishda
avloddan avlodga
o‘tadigan, ramziy va rasmiy an‘analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimda, bo‘layotgan voqeaga
«guvoh» sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik
bo‘lishadi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos tartibi
(boshlanishi va nihoyalanishi) bo‘ladi. Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani
nishonlash jarayonida an‘ana ham, odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
An‘ana, odat, marosim bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an‘analarning
tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim bo‘lishi mumkin. «An‘ana», «marosim»,
«bayram» atamalari o‘zgarmas tushunchalar emas. Zamon taraqqiyoti va turmushdagi o‘zgarishlar
ta‘sirida tushunchalar mazmuni ham kengayib boradi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar ta‘sirida
talabga javob bermay qolgan an‘ana va bayramlar asta-sekin unutiladi. Mohiyatan xalqchil,
ijtimoiy salmoqqa ega bo‘lgan an‘analar taraqqiy etadi.
Masalan, «Navro‘z», «Qovun sayli», «Lola sayli» va h.k. bayramlar zamonaviy talablarga javob
bergani uchun ham asrlar davomida yashab kelmoqda.
Xalq turmushining o‘zgarishi unga mos an‘analarni vujudga keltiradi. O‘zbek xalqi hayotida ham
yaqin yillar ichida avvaldan mavjud bo‘lmagan ko‘plab ijtimoiy va shaxsiy oilaviy an‘ana,
marosim va bayramlar paydo bo‘ldi. Keyingi
paytlarda ilmiy adabiyotlarda, davriy nashrlarda
«an‘anaviy bayramlar», «yangi an‘analar» so‘zlari ishlatila boshlandi. An‘anaviy bayramlar
deganda, ma‘lum vaqtda m untazam o‘tkazib turiladigan azaliy madaniy ommaviy tadbirlar —
«Gul bayrami», «Lola sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to‘yi» (hozirgi «Paxta bayrami») nazarda
tutiladi. Chunki ular qadim zamonlardan buyon mavjud bo‘lgan xalq bayramlaridir.
Yangi an‘analar — hayotimizga kirib kelayotgan va joylarda endigina urf bo‘layotgan tadbirlardir.
11
Odatda,
bayram
deganda, biron-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki
ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. «Bayram kunlarida odamlar «qisqa» vaqtga
bo‘lsa-da, o‘zlarini kundalik mehnatdan, tashvishdan, g‘am-g‘ussadan, qaramlikdan, qarzdan xoli,
erkin sezadilar», deydi qadimshunos M. Qodirov.
Bayramlar har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlarini aks ettiradigan ko‘zgu sanaladi. Chunonchi,
kishilar bayram chog‘ida chiroyli kiyimlar kiyishadi,
lazzatli taomlar tayyorlashib, o‘z
pazandaliklari, kiyinish madaniyatlari, go‘zallikka tashnaliklarini namoyish etishadi. Bayram kuni
hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Odamlar o‘rtasida boshqa kunlarga qaraganda muayyan
darajada yaqinlik, hamkorlik, hamjihatlik vujudga keladi. Bayram kuni azal-azaldan tinchlik kuni
hisoblangan. O‘sha kuni urush, nizo va mojarolar to‘xtatilgan. Bu kunda kishilar o‘rtasidagi
adovat, gina-kuduratlar unutilgan, o‘zaro arazlashganlar yarashishgan. Bayramlarda vujudga
keladigan ko‘tarinki kayfiyat kishilarni ertangi kunga umid bag‘ishlashga, kelajakka ishonch bilan
qarashga undaydi.
Bayram ijtimoiy-madaniy hayot ko‘zgusi sifatida har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini
ham keng namoyish qiladi.
Navro‘z bayrami.
Bu tabiatning uyg‘onishi,
ekin ishlarining
boshlanishini nishonlashga qaratilgan bayram bo‘lib, marosimlarda qadimiy zardushtiylik
alomatlari saqlanib qolgan. An‘anaga ko‘ra, uylarda hozir ham xuddi qadimdagidek bo‘g‘irsoq
pishiriladi va marosim taomi sumalak tayyorlanadi. Bayramdan keyin, odatda, daladagi ekin
ishlari boshlangan.
O‘tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval
ho‘kizlarning shoxlari va bo‘yinlariga moy surtilgan. Birinchi ko‘chatni mahallaning eng e‘tiborli
va keksa a‘zosi ekkan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Navro‘z
bayramini
nishonlash davlat darajasida muhim ahamiyat kasb etdi. Rang-barang teatrlashtirilgan
tomoshalarda Navro‘zning falsafiy shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o‘rni aks ettiriladi.
Oilaviy an’analar, bayramlar.
Xalq an‘analarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil
qilgani uchun ularni alohida tadqiq etish ehtiyoji yuzaga keladi. O‘zbek oilalarida chaqaloq
tug‘ilganidan to u ulg‘ayib, yangi oila qurguniga qadar sodir bo‘ladigan muhim sanalarga
bag‘ishlangan marosimlar tizimi mavjud. Mazkur tizimga chaqaloqning
dunyoga kelishi, unga ism
berish, chaqaloq chillasi, beshik to‘yi, soch to‘y, tish to‘yi, birinchi qadam, sunnat to‘yi, muchal
yoshi, nikoh to‘yi kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: