13
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol
g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va
mos ravishda singdiradi.
-Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan
foydalanish.
-O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni
tarbiyalash.
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag’ri kenglik. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning
ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning
kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur
munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:
1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.
2. O’quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini
qanday his etishi.
3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarning munosabati.
4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning
ijodiyotidan namuna bilishlari.
Mazkur qoidalar boshlang’ich sinflarda sodda holda qo’llaniladi. Yuqoridagilarni
aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchilarning
betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar
tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.
Dostları ilə paylaş: