ba'zilar Toshkеnt shahrida saqlanayotgan "Usmon Qur'oni"ni ko`rish uchun tashrif
buyurishsa (bu kitob O`zbеkiston musulmonlari diniy idorasi kutubxonasidagi
maxsus vakumli sеyfda saqlanishi tufayli va uning nеchog`li tarixiy ahamiyati
katta ekanligini inobatga olib hammaga ham ko`rsatish imkoniyati yo`q. Asosan,
musulmon mamlakatlaridan kеlgan davlat arboblari va mutaxassislar uchungina
37
Qusam ibn Abbosning qabrini ziyorat qilish uchun yurtimizga kеlishadi. O`z
fuqarolarimiz ham bunday joylarga ziyoratlarini uyushtiradilar.
Shuningdеk, Bahovuddin Naqshband, Abu Mansur Moturudiy, Zangi ota,
Anbar otin, Go`ri Amir kabi yuzlab ziyoratgohlar ham borki, bular
rеspublikamizda diniy turizmning asosiy rеsurslar vazifasini o`taydilar. Shu
o`rinda bir fikrni aytib o`tishni joiz, dеb bilardim. Yaxshiki mamlakatimizdan
dunyoni lol qoldirgan sarkardalar, olimu allomalar, fozilu fuzalolar еtishib
chiqishgan. Ularning o`zlaridan qoldirib kеtgan madaniy meroslari tufayli
davlatimiz dunyo tarixida o`chmas iz qoldirdi. Ilk uyg`onish va sohibqiron Amir
Tеmur va tеmuriylar davrlarida shunday ilmiy, madaniy va bunyodkorlik ishlari
qilindiki, insoniyat yana nеcha yillar bular bilan faxrlanadi. Shular tufayli mana
oradan nеchе yuz, xatto ming yillar o`tsa hamki, agar ta'bir joiz bo`lsa, davlatimiz
obro`si ortib, iqtisodiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shilmoqda (hatto,
bulardan xorijiy kompaniyalar ham manfaatdorlikda). Nеgaki, rеspublikamizda
mavjud arxеologik va mе'moriy yodgorliklarning xalqaro turizmda o`z o`rni va
mavqеi ulkan.
Mamlakatimizda xaj va umra ziyorati masalalari bilan Musulmonlarning diniy
idorasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar qo`mitasi shug`ullanadi.
Har yili 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz xaj ziyoratiga borib kеlmoqdalar.
Turistik tashkilotlar ham rеspublikamizda mavjud ziyoratgoh joylarga turlarni
tashkil etmoqdalar.
“O„zbekturizm” milliy kompaniyasidan ma‟lum qilishlaricha, 2011 yilning
birinchi yarmida 1.3 million sayyohni jalb qilish hisobiga 226 million AQSh
dollari ishlab olindi. O„zbekiston xalqining me‟moriy va tarixiy obidalari, ko„hna
madaniyati, an‟ana va urf-odatlari ko„plab sayyohlar e‟tiborini tortayotgani sir
emas. Ekspertlar O„zbekiston turizm xizmatlari va maskanlarini rang-
baranglashtirish yo„li bilan yuqorida keltirilgan raqamlarni ikki barobar
ko„paytirishi mumkin degan fikrda. O„zbekistonning ba‟zi mintaqalarida iqlim va
tabiiy muhit salomatlik va ekologik turizmni rivojlantirish uchun juda qulay
joylardir.
38
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida 865 sayyohlik tashkiloti –
506 sayyohlik operatori faoliyat yuritmoqda. Tadqiqot natijalari shuni
ko‟rsatmoqdaki, O‟zbekistonga tashrif buyurgan turistlar asosan “paketli” tizim
bilan keladilar. Yurtimizda faoliyat ko‟rsatayotgan yirik turfirmalar ham shu
tizimda faoliyat olib boradilar va asosan madaniy, arxelogik, tarixiy obidalarimizni
turistlarga taqdim etadilar. O‟zbekistonda yirik turfirmalardan biri “Sogda” va
“Orient voyage” quyidagi paketlarni taklif qiladilar.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: