Qo’shimcha oynalar. Qo’shimcha ochiladigan oynalar ko’pgina amallarni bajarishda obyektlarni siljitib, kerakli qatlamga o’rnatishdan boshlasb to turli xil veb havolalarni ko’rsatishgacha qo’llanilishi mumkin. Bu oynalar odatda dastur oynasining o’ng qismida joylashgan bo’ladi.
20
14-rasm. Qo’shimcha oynalar. Ekranda joyni tejash uchun qo’shimcha ochilgn oynalarni ekranning bo’sh qismiga sarlavhasidan sichqoncha yordamida ushlab siljitish mumkin. Siljitilgan oynani yna ekranni o’ng tomoniga qaytarish uchun uning sarlavhasiga ikki marta sihqoncha chap tugmasi bosiladi. Odatda har bir ochilgan qo’shimcha oyna bir nechta qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan Свойства объекта oynasi to’rtta qismdan tashkil topgan. 15-rasm. Qo’shimcha oyna va uning tarkibiy qismlari.
21
Qo’shimcha oyna tarkibidagi qismlarga o’tish uchun ularning yuqori qismidagi belgiga sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish kifoya. CorelDraw dasturida qo’shimcha ochiladigan oynalarning ro’yhati keltirilgan. Свойства (Properties) – obyektning barcha xususiyatlarini ko’rish va o’zgartirish imkoniyatini beruvchi oyna; Диспетчер объектов (Object Manager) – obyektning qatlamlar va sahifalar bo’ylab joylashganini ko’rsatuvchi oyna; Подсказки (Hints) – belgilangan (joriy) uskunalar bilan ishlash uchun ma’lumotlar; Диспетчер данных об объекте (Object Data Manager) – obyektlar haqida ma’lumotlarni ko’rsatuvchi oyna; Диспетчер видов (View Manager) – ko’rish mashtabini o’zgartirish uskunalari joylashgan oyna; Диспетчер связей (Link Manager) – hujjatga boshqa manbaalardan qo’yilgan tasvirlar bilan aloqalarni boshqaruvchi oyna; Диспетчер закладок Интернета (Internet Bookmark Manager) – internet zakladkalari bilan ishlash oynasi; Диспетчер символов (Symbol Manager) – Simvollar bilan ishlash oynasi; Отмена (Undo)bajarilgan amallar ro’yhatini ko’rsatuvchi oyna; Графические и текстовые стили (Graphic and Text Styles) – grafik va matn stillarini ishlatish oynasi; Художественные средства (Artistic Media) – obyekt tashqi chiziqlariga qo’llaniladigan effektlar oynasi.