CorelDraw dasturida shakllar chizish, konturlar bilan ishlash va tahrirlash CorelDraw dasturida turli ko‘pburchaklar chizish Ko‘pburchaklik Corel DRAWdagi eng murakkab grafik primitivlardan hisoblanadi. Ko‘pburchaklik yasash uchun grafika panelidagi Polygon (ko‘pburchaklik) tugmasini bosamiz yoki rasm chizish oynasining ustiga borib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va kontekst menyusidagi Create Object/ Polygon (obyekt yaratish/ ko‘pburchaklik) komandasini tanlaymiz. Shundan keyin kursor pastda ko‘rsatgandek ko‘rinishga kiradi: Chap tomondagi tugmani tutib turib sichqoncha ko‘rsatkichini suramiz va rasmda ko‘rsatilgandek besh qirrali ko‘pburchaklik hosil bo‘ladi: Ko‘pburchaklik tayyor bo‘lganidan keyin uni hohlagancha o‘zgartirish
76
mumkin. Ko‘pburchakning parametrlari uni chizishdan oldin ham berilishi mumkin. Masalan, ko‘pburchakning qirralarini atributlar panelida o‘zgartirish mumkin. Tasvir yaratganda atributlar panelidan foydalanish ancha qulaylik tug‘diradi. Agar yulduzcha yasash zarur bo‘lsa Polygon /Star (ko‘pburchaklik / yulduz) tugmasini bosamiz. Ko‘pburchaklik va yulduzchani Shape (forma) instrumenti bilan tahrirlab juda qiziqarli shakllar hosil qilishimiz mumkin. Spiral yasash uchun ham yuqoridagi ko‘rsatilgandek uslublardan foydalanamiz. Atributlar paneli yordamida spiralning o‘ramlari sonini o‘zgartirishimiz mumkin. Diagramma to‘rini yaratish Graph Paper (Diagramma to‘ri) instrumenti yordamida berilgan qator va ustunli diagramma to‘ri yaratish mumkin. Bu instrumentni Object (Obyekt) ochiluvchi paneli yordamida yoki sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali Greate Object / Graph Paper (obyekt yaratish / diagramma to‘ri) komandasi yordamida ishga tushirish mumkin. Diagramma to‘rini yaratishdan oldin ustun va qatorlar sonini atributlar panelida berish lozim. Diagramma to‘ri yaratib bo‘lganidan so‘ng uning ustun va qatorlarini sonini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Agarda diagramma to‘rini bo‘lak yacheykasini tahrirlash zarur bo‘lsa to‘rni guruhlarga ajratish lozim. Shundan keyin to‘rning harbir yacheykasi bo‘lak to‘rtburchaklikka aylanadi.