CorelDraw dasturida ranglar bilan ishlash Ranglar palitrasi (Color Palette) dastur oynasining o‘ng tomonida joylashgan bo‘ladi. Bu palitra belgilangan ob’yektni palitrada mavjud ranglarga sichqoncha chap tugmasini bosib bo‘yash, sichqoncha o‘ng tugmasi yordamida esa obyekt tashqi cheqara chizig‘i rangini tanlash imkoniyatini beradi. Agarda hech bir obyekt belgilanmay ranglar palitrasidagi rang tanlansa, dastur bu holni yangi grafik ko‘rinish yaratishga urinish deb qabul qiladi va oyna ochiladi. Palitra sarlavhasidagi tugma yordamida palitrani qo‘llash va o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi menyu ochiladi. Bu menyu quyidagi bo‘limlardan iborat: Установить цвет абриса (Set Outline Color)— belgilangan obyekt tashqi chizigi rangini ayni vaqtda palitrada aktiv bo‘lgan rangga o‘tkazadi. Установить цвет заливки (Set Fill Color) — belgilangan obyekt bo‘yalish rangini ayni vaqtda palitrada aktiv bo‘lgan rangga o‘tkazadi. Палитра (Palette) — yangi ranglar palitrasini yaratish, boshqa palitrani ochish, ayni vaqtda ochiq palitrani saqlash va yopish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha menyuni ochadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ranglar palitrasini ochish ham mumkin. Bunda bu palitralar yonma-yon joylashadi. CorelDraw dasturida ranglar son sanoqsiz bo’lib har bir rang RGB yoki SMYK da maxsus kodlar yordamida shakllanadi. Dasturda turli dizayn va effectlarni qo’llab takrorlanmas ranglar palitrasini yaratish mumkin. 83-rasm. RGB va CMYK Rang turlari
82
84-rasm. Ranglar palitrasi 84-rasm. Ranglar bilan kompoztsiya