SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Tasvirlarni arxivlash qanday bajariladi. 2. Ikki o’lchovli grafika turlari. 3. Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish usullari. 4. Vektorli grafika elementi. 5. Rastrli grafika elementi haqida tushuncha. 6. Rastrli grafika zichligi nima va qanday birlikda o’lchanadi. 7. Tasvirni saqlashning qanday format turlarini bilasiz.
10
3-rasm. Tasvir formatlari. CorelDraw dasturiy paketining xususiyatlari 1987 yilda Corel muhandislari Mishel Bouillon va Pat Byrne o’zlarining ish stoli nashriyot tizimlari bilan birlashtirish uchun vektorga asoslangan illyustratsiya dasturini ishlab chiqishni o’z zimmalariga oldilar. Dastlab CorelDraw dasturi 1989 yilda chiqarilgan. Agar siz rasm chizishni yoki tashrif qog’ozini, bannerlarni, afishalarni va boshqa vizual mahsulotlarni yaratishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, Corel Draw-dan ishonchli foydalanishingiz mumkin. Ushbu dastur sizga xohlagan narsangizni chizishga va bosib chiqarish uchun sxemani tayyorlashga yordam beradi. 4-rasm. CorelDRAW dasturi logotipi
11
CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda CORELDRAW dasturiga XUSH KELIBSIZ (welcome to Corel DRAW) so’zi nomayon bo’ladi va dasturni ishga tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni so’raydi: Yangi hujjat (New Graphic), oxirgi ishlangan hujjatni ochish (Open Last Edited), hujjatni ochish (Open Graphic), tayyor shablonlarni ochish (Template), dastur o’rgatuvchini ishga tushirish (CorelTUROR). Yangi hujjatni yaratish uchun menyuning Fayl (File) va Yangi hujjat buyrug’i (New) yoki uskunalar satridagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun menyuning Fayl (File) va Ochish (Open) buyruqlari yoki uskunalar satridagi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. CorelDRAW dasturida bir vaqtning o’zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo’lmagan hujjatlarni yopib qo’ysa ham bo’ladi. Bu esa, menyuning Fayl yopish (Close) buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. 5-rasm. CorelDRAW 2021 dasturining ishga tushurgandai korinishi
12
CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli bu -dasturda ko’proq amaliy ish bajarishdir. Dasturni endi o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar katta miqdordagi murakkab ma’lumotlarni o’zlashtirmasdan ham ushbu grafik dasturdan oson foydalana olishi mumkin. Corel kompaniyasi CorelDRAW Graphics Suite dasturlar to’plamini rivojlantirish yo’lida ko’plab yangiliklarni yaratmoqdalar. Mazkur dasturning yangi avlodlari yangi funksiyalari va quaylilari fikrimiz isbotidir. Kompaniya mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu dasturlarda o’nlab sezilarli o’zgarishlar va yuzlab qo’shimcha funksiyalar kiritilgan. CorelDRAW dasturi asosan vektorli tasvirlar yaratish uchun mo’ljallangan bo’lsada, unda ratsrli tasvirlar bilan ishash imkoniyati ham mavjud.