Mavzu: TARIXIY ANTROPOLOGIYA MIKRO TARIX YO’NALISHI VA ANNALLAR MAKTABI. REJA:
1. Tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 2. Tarixiy antropologiyadagi mikrotarix yo‘nalishi haqida. 3. J. Levining “Nomoddiy meros: XVIII asrda Pyemontlik tabib karyerasi” asari tahlili.
4. Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelishi. 5. Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati 6. Annallar maktabi avlodlari.
Впечатляйте
Ko‘pgina mamlakatlarda turli zamonaviy yo‘nalishlar, jumladan, AQSHda yangi madaniy tarix (new cultural history), Italiyada mikrotarix (u so‘nggi vaqtlarda boshqa ko‘pgina mamlakatlarga ham tarqaldi), Germaniya, Avstriya, Shveysariyada “Alltagsgeschichte” yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarda inson tanasi tarixi, siyosiy madaniyat atamalari ham tarixiy antropologiyada ishlatilmoqda va bir qator mutaxassislar bu atamalarni ham tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlardan deb e’tirof etishgan .
Mikrotarix – tarixiy fanlaridagi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u kichik hududlar va kam sonli aholi (shaharcha, qishloq yoki oddiy oila) orqali o‘tmishdagi oddiy odamlar hayoti va fikrlashini o‘rganib, o‘rganilayotgan davrga ma’lum bir nuqtayi nazardan turib baho beradi. Mikrotarix oddiy, xususiy hodisalarni o‘rganib, shu orqali ma’lum davr jamiyatini o‘rganishni maqsad qiladi
Ilk bor mikrotarix atamasi 1960-yilda Fernan Brodel tomonidan ishlatilgan. Brodel bu atamani dastlab salbiy ma’noda qo‘llagan bo‘lib, u mikrotarixni maydachuydalar bilan shug‘ullanuvchi tarix deb atagan