xodisaga e`tibor bermasdan turolmayman, - deydi,- xaqiqatan xam kuydirilgan
qo`rg`oshin vaznining 8-10 % ga ortishi ma`lum, xolbuki olovning xossalaridan
biri moddalar kuydirilganda ularni yo`q qilib yuborishi va parchalashi kuzatiladi".
SHuni aloxida qayd qilamizki, metallarning qizdirilganda oksidlanib og`irligining
ortishini tushuntirish uchun Biringuchcho tajribalari va kuzatishlari natijalaridan
to`g`ri xulosa chiqarish uchun olimlarga xali uzoq 200 yil chamasi vaqt kerak
bo`ldi.
Biringuchcho zamondoshlari va izdoshlaridan biri uning ishlarini davom etib
o`rgangan yanа bir nemis olimi va vrachi Georgius (Bauer) Agrikola (1494-1555
yy.) tog`-konchilik, metallurgiya jarayonlarini takomillashtirish, ma`danlarni taxlil
qilish va tavsiflashda o`zining ulkan xissasini qo`shdi. Saksoniyada tug`ilib,
Leyptsig va Italiyaning Bolon'e, Venetsiya, Padue univer-sitetlarida o`qib, vrach
diplomini olgan. Ammo xayot taqozosi bilan Agrikola vrach bo`lib ishlamadi va
tobobatga o`z xissasini qo`shmadi. Uning asosiy xayot mazmuni tog`-konchilik
ishlarini rivojlantirish, metallarni ajratib olish va ularning xossalarini o`rganish
bo`ldi. Ma`danshunoslik, tog`-konchilik ishlari va metallurgiya texnologik
jarayonlarini xam amaliy, xam nazariy jixatdan puxta o`zlashtirgan olim
xayotining so`nggi yillari davomida "Metallar xaqida 12 kitob" ("De re metallica
libri XII") asarini yaratdi va bu kitob 1556 yilda to`liq nashr etildi. Bu asar ko`p
jixatdan ajoyib bo`lib, dastavval olim kitobda o`zining uzoq yillik tajribalarida
kuzatgan xulosalarini ilmiy jixatdan asoslab yozilgan birinchi kitob edi. Xar xil
ma`danlarni tavsiflashda, qazib olish va qayta ishlash texnologik jarayonlarni taxlil
qilishda o`z davridagi barcha ilmiy adabiyotlardan unumli foydalandi. Agrikola
asari sodda va ravon tida yozilgan bo`lib, boshqa alkimyogarlarning risolalaridan
keskin farq qiladi. Xar bir ishlab chiqarish va laboratoriya jarayonlari bajarilishini
ko`rsatuvchi 275 ta rasm va loyixalar chizilgan. Bu asarda muallif xar xil
texnologik jarayonlar va kimyoviy tajribalarni tushuntirishda alkimyogarlarning
fantastik muloxaza va asossiz nazariyalaridan foydalanmagan. Biz Agrikolaning
asarida keltirilgan xar bir jarayon va bosqichlarning bajarilish tartibi xaqida
45
batafsil to`xtalmaymiz. Faqat shuni qayd qilishimiz kerakki, olim amaliy
kimyoning rivoji, ma`dan va metall qotishmalarini analiz qilish uchun o`z
zamonasining ilg`or fikrli amaliyotchi va nazariyotchilarining barcha texnologik
jarayonlar xaqidagi xulosalarini ilmiy jixatda yoritib berishga erishdi.
Yatrokimyo (iatrokimyo)
Metallarni oltinga aylantirish alkimyogarlarning yagona maqsad va orzusi
emasdi. Ular kishini barcha kasalliklardan fo-rig` qiluvchi eliksir va xamma
moddalar uchun universal erituvchi alkagestni qidirish ustida izlanishardi.
Эramizgacha 121 yilda tug`ilgan qadimgi yunon shifokori va faylasufi Galen
(SHarq al-lomalarini uni Jolinus deb atashgan) Aristotelning tabiatni tashkil
etuvchi to`rt unsur xaqidagi ta`limotini inson organiz-miga xam tadbiq qildi.
Galenning fikricha, inson organizmida bu to`rt element muayyan miqdoriy
nisbatlarda bo`ladi, agar organizm-da bu moddalardan birortasining miqdori ortsa
yoki kamaysa, u kishi kasallikka uchraydi. Galen bir qancha dorilar tayyorlash
usullarini (erituvchilarda eritish, aralashtirish, bug`latish, ekst-raktsiyalash) batafsil
tushuntirib yozgan. Dorilar xaqidagi fan - farmakognoziya bir qator yunon va
SHarq olimlarining (Kindiy, Roziy, Beruniy, Ibn Sino) asarlarida batafsil
yozilganini yuqorida qayd qilgan edik. Qadimgi aptekalar xozirgi zamon
farmatsevtik va kimyoviy laboratoriyalarning debochasi, dastlabki ko`rinishi edi.
O`simlik va xayvonot dunyosidan dori tayyorlashga qo`shimcha qilib kimyoviy
usullar bilan dori tayyorlashni birinchi marta Ibn Sino qo`llagan. Ammo XVI
asrlargacha bu usuldan juda kam foydalanishgan. XV-XVI asrlarda davlatlar
orasida savdo-sotiqning yo`lga qo`yilishi natijasida SHarq davlatlaridan
(Xindiston, Misr, Yaqin va Uzoq SHarq davlatlari) savdo kemalari faqatgina
boylik emas, ba`zan yuqumli kasalliklarni xam olib kelishar ediki, buning
natijasida juda ko`p insonlar bu dunyodan ko`z yumishgan.
Galen ishlaridan so`ng 14 asr o`tgandan keyin XVI asrning birinchi yarmida
yashagan nemis vrachi va kimyogari Filipp Aureol Teofrast Bombast fon
Gogengeym (1493-1541 yy.) kimyo faniga asoslangan tabobat san`atini namoyon
qildi. Bu olim o`zini Pa-ratsel's nomi bilan atay boshladi ( kichiк yutuqlardan
kibrlangan olim o`zini qadimda yashab o`tgan xakim va tabiatshunos Tsel'sdan
ortiq ekanligini ko`rsatish uchun shunday psevdonim oladi). Ammo bu protestant
olimning eski usullarga qaytish uchun amalga oshirgan reformasi tabobatning
rivojlanishi uchun bir qadar to`sqinlik qildi. Aristotel' va Galen ta`limotining
davomchisi inson organizmi xam to`rt unsur va uch boshlang`ич moddalardan
(simob, oltingugurt, mishyak) tashkil topgan deydi. Organizmda bu uchta dastlabki
moddalar tabiiy muvozanatda bo`ladi, uning buzi-lishi kasallik sababi deb
tushuntiradi. Paratsel's umri davomida alkimyo bilan shug`ullangan otasining
vrachlik faoliyatini tanqid qiladi. O`zining bilimini oshirish uchun uydan chiqib
ketadi va mustaqil o`qishga kirishadi. SHu maqsadda Evropa davlatlarini, Misrni,
Tataristonni (Rossiya demoqchi) kezib chiqdi. Sayyoxati davomida universitet va
46
tibbiyot maktablarida dars tinglash bilan birga kasalliklarni davolash uchun xalq
tabobatini xam o`rgandi, eng kuchli ta`sir etuvchi dorilar xaqida ma`lumot yig`di.
Paratsel's fikricha, sun`iy oltin olish mumkin emas, balki kimyo fanining vazifasi
kasallikni davolashi lozim deb xisoblaydi.
1523 yilda mashxur vrach sifatida Paratsel's o`z yurtiga qaytib keladi. 1526
yilda Bazel' senati universitetning tabiat-shunoslik tarixi va tabobat kafedrasini
boshqarishni olimga taklif etdi. Paratsel's bu joyda evropalik olimlarning
muqaddas an`analarini buzib, lotin tili o`rniga nemis tilida ma`ruzalar o`qiy
boshladi. Birinchi ma`ruzasidayoq Galen va Ibn Sinoning asarlarini yoqib tashladи
va "... tibbiyotda mening boshmoqimning poshnasi ulardan ko`proq bilimga ega",-
deydi. O`zining bilim darajasi bu olimlarnikidan chandon ortiq deb keriladi. Tez
orada xudbinligi, balandparvoz gaplari va injiqliklari bilan professor-o`qituvchilar
bilangina emas, xatto shaxar sud'yalari bilan urishib chiqadi. Oqibatda
maqtanchoqligi va birovlarni mensimasligi uchun ishdan xaydaladi. Paratsel's faqat
vrach emas, balki kimyogar xam bo`lgan.
O`z davridagi ma`lum moddalarning ko`pchiligini dori sifa-tida ishlatib
ko`rdi, avval ularni tashqi, teri kasalliklariga qarshi davolashda qo`llasa,
keyinchalik ichki kasalliklar uchun xam tavsiya qildi. Ayni bir paytda kimyo va
tabobat bilan shug`ul-langani uchun o`zini yatrokimyogar ("iatros" - vrach degani)
deb atay boshladi: "Men tabobat va kimyoni yaxshi bilganim uchun o`zimni
yatroximik xisoblayman", - der aytardi. Kasalliklarni davolashda o`simlik shirasi
va sharbatlaridan foydalangan Galenga qarshi ravishda organizm a`zolari
faoliyatining kimyoviy nazariyasini ilgari surdi. Barcha kimyoviy moddalar bilan
birga simob, surma, mishyak, mis kuporosi qo`rg`oshin qandi kabi kuchli va o`tkir
ta`sir etuvchi preparatlarni ko`proq tavsiya etdi. Bularning ichida o`simlik va
ma`danlardan oladigan "kvintessentsiya" ("quinta es-sentia"- beshinchi modda)
nomli mu`jizakor dorisini birinchi o`ringa qo`yardi. Og`ir kasalliklarni davolashda
"oltin tinkur" ("aurum ponabile" - ichimlik oltini)ga katta axamiyat berardi. Bu
preparat oltindan tayyorlangan qizil kolloid eritmaning aynan o`zi edi. Olim
qanchalik
maqtanchoq
va
tovlamachi-xudbin
bo`lishidan
qa`iy
nazar
zamondoshlari orasida tabobat va kimyoni yaxshi bilgan va tushungan olimlardan
bo`lgan. O`z asarlarida kimyoviy moddalar va tajribalar xaqida, achchiqtosh va
kuporoslar farqi xaqida, rux metali va uning xossalari xaqida ma`lumotlar
keltirgan. Dori-darmon tayyorlashda doimo tarozidan foydalanishni Paratsel's joriy
etganini e`tirof etishimiz kerak.
Paratsel's davomchilaridan katta shuxrat qozongan yatrokimyogar
germaniyalik Andreas Libaviy (1540-1616 yy.) vrach va kimyo o`qituvchisi
bo`lgan. Yoshligida Ien shaxrida falsafa, tarix va tabobatni yaxshi o`rgangan, shu
erda tibbiyot doktori ilmiy darajasini oldi. Libaviy butun umri davomida tibbiyot,
alkimyo va metallurgiyaga doir bir qancha risola va adabiyotlar yozdi.
Paratsel'sning kuchli ta`sir etuvchi dorilarni qo`llash fikriga qarshi chiqdi. Libaviy
1597 yilda "Alkimyogar" asarini yozib e`lon qildi. Kimyo tarixida sezilarli o`rin
olgan bu asarda olim barcha kimyoviy idishlar, uskunalar, isitish, xaydash,
47
distillash apparatlari xaqida batafsil to`xtaladi. Libaviy qo`llanmasi 2 qismdan
iborat bo`lib, uning birinchi qismida yuqoridagi ma`lumotlardan tashqari "Ideal
kimyoviy laboratoriya" tarxini ilova qiladi. Uning tasavvuricha, laboratoriya
aloxida binoda bo`lishi lozim, unda laborantlar ishlashi uchun katta laboratoriya
xonalari, raxbar kabineti, darsxona va kutubxona, isitish, distillash xonalari, xatto
kichkina erto`la bo`lishi xam ko`zda tutilishi kerak. Libaviynng bu kitobi chuqur
nazariy bilimlar manbai bo`lmasdan, o`z zamonasida kimyogar va vrachlarning
barcha amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish uchun yozilgan qo`llanma bo`lib,
o`sha davr amaliy kimyosini ommalashtiruvchi asar edi.
Keyingi yatrokimyogarlardan Vittenbergda kamol topgan Daniil Zennertni
(1572-1637 yy.) aloxida qayd qilish lozim. Tibbiyot soxasida ishlagan professor
bo`lsa xam, bu olim fizikaviy atomistik ta`limotni rivojlantirdi. Bu nazariya
eritmalar xosil bo`lishi va sublimatlash kabi kimyoviy jarayonlarni tushuntirish
uchun qo`l keldi. Nemis emigrantlari oilasidan chiqqan, venetsiyalik Anjelo Sala
(1576-1637 yy.) yatrokimyogar sifatida Libaviydek Paratsel'sning universal
dorilar, kuchli ta`sir etuvchi kimyoviy moddalarni ishlatishga qarshi chiqdi. Sala
o`z zamonasining ilg`or kimyogari sifatida kimyoviy xodisalarni tushuntirishda
ratsional yo`llardan foydalandi, kuporoslardan va oltingugurtni yoqish usuli bilan
olinadigan "oltingugurt spirti" ("spiritus vitrioli")ning xar ikkisi bir narsa
ekanligini isbotladi. Selitradan nitrat kislotasi olish moxiyatini tushuntirib berdi.
Birinchi marta mis ionlarining eritmasidan katod sifatida tushirilgan temir
plastinkasi sirtiga atomar mis ajralib chiqishini to`g`ri talqin qildi va bu metallar
transmutatsiyasi emasligini isbotladi.
Diniy urushlar oqibatida Germaniyaga qochib ketgan frantsuz oilasidan
chiqqan Fransua Deleboe Sil'viy (1614-1672 yy.) vrach sifatida tibbiyotni amaliy
kimyo deb xisoblaydi va kimyo faqatgina kasallarni davolash uchun xizmat
qilishini lozim deydi. Van Gel'montning me`da shirasi kislotali xossalari va
fermentlar xaqidagi ta`limotini rivojlantirdi. Nafas olish jarayoni yonish jarayoni
bilan aynan bir xil, u xam xarorat va nafas olinadigan xavoning tozalagi bilan
belgilanadi deb o`rgatadi olim. Yatrokimyoviy maktab namoyandalarining oxirgi
vakillaridan biri Sil'viy shogirdi Otto Taxeniy (1620-1699 yy.) xisoblanadi.
Vestfaliyada tug`ilgan bu olim ustozining kimyoviy va tibbiy bilimlari va
nazariyasining davomchisidir. Mineral moddalar kimyosiga o`z e`tiborini qaratgan
Taxeniy, birinchi bo`lib tuzlarning xosil bo`lishi kislota bilan ishqorlarning o`zaro
ta`siri natijasidir deb o`rgatadi. Kimyo amaliyotida minerallarning tarkibiy qismini
aniqlash uchun ayrim reaktivlarni kiritdi, miqdoriy taxlil tajribalarini amalga
oshirdi. Barcha asarlari faqat tibbiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo`lsa
xam, Taxeniy analitik kimyoning asoschilaridan biridir.
Yatrokimyo davri XYI asrdan XYIII asrning ikkinchi yarmigacha davom
etdi. Bu davrda kimyo bilan tibbiyot yakinlashdi. Yatrokimyo davrida kimyoviy
bilimlar chegarasi kengayib rivojlandi. Yatrokimyogarlarning fan va ayniqsa
kimyo fanining rivojlanishida avtoritar nazariyotchilarninг reaktsion fikrlari va
dogmalari qanchalik salbiy ta`sir etganini isbotladi. Bu davrda kimyo fani
48
eksperimental tajribalarining moxiyati va uning kimyoviy taxlil rivoji va murakkab
moddalarning tarkibiy qismlarini aniqlash borasidagi xizmatlari katta bo`ldi.
Ammo yatrokimyo maktabining namoyandalari orasidagi eski alkimyoviy
tushunchalardan to`la voz kechish xech kimning xayoliga kelmadi. Kimyo fanining
asosiy vazifasi tibbiyot uchun xizmat qilish deb tushungan alkimyogarlar
kimyoviy jarayonlarning moxiyatini anglash uchun, uning yangi nazariyalar bilan
boyishi uchun bir qadar to`sqinlik qildilar.
Pnevmokimyo va uning shakllanishи
Kimyoviy uyg`onishning dastlabki kurtaklari flamandiyalik olim Van
Gel'mont (1579-1644 yy.) ishlarida kuzatildi. U daraxtni og`irligi o`lchangan
tuproqqa o`tqazdi va xar doimgi sug`orish va ozuqa berish miqdorlarini o`lchab
bordi. Olim daraxt tanasida tirik to`qimalar manbaini topish uchun bу o`lchovlari
orqali birinchi bo`lib kimyo va biologiyadagi miqdoriy tajribalarni amalga oshirdi.
Van Gel'montgacha xavo va unga o`xshash moddalarga e`tiborini qaratgan kishi
qadimgi yunon olimlari edi. O`z zamonasi olimlari orasida Van Gel'mont birinchi
bo`lib kimyoviy reaktsiyalar jarayonida ajralib chiqadigan bug`larni o`rgana
boshladi va ularning xavodan ayrim jixatlari bilan farq qilishiga o`з e`tiborini
qaratdi. Yog`och yonishi natijasida ajraladigan bug`ni o`rganib, ayrim xossalari
bilan xavodan farqlanishini ko`rdi. Bu xildagi doimiy xajmi va shakli bo`lmagan
xavoga o`xshagan moddalarni yunonlarning "xaos" so`zi bilan atadi, ammo
flamand tili fonetikasida xaos so`zi "gaz" iborasidek aytilgani uchun bu so`z 1620
yildan boshlab bugungacha o`z ma`nosini saqlab qoldi. Ba`zan "gaz" iborasining
kelib chiqishini gollandcha gisten-bijg`ish yoki gist-drojji, xamirturush so`zlari
bilan bog`laydilar. Van Gel'mont nomi bilan kimyo fani rivojlanishining bu
bosqichi pnevmatik kimyo (pneuma - shabada, shamol) davri deb ataldi.
Yog`och yoqilganda xosil bo`lgan gazni Van Gel'mont "o`rmon gazi" (gas
sylvestre) deb nom berdi, organik moddalarning bijg`ishida, oxaktosh yoki
potashga kislotalar ta`sir etganda xam shu gaz ajralib chiqishini aniqladi. Bugun
biz bu moddani karbonat angidridi ekanligini yaxshi bilamiz. Uning tomonidan
CO2 va CH4 xar qaysisi individual modda ekanligi aniqlandi. Van Gel'mont
gazlar xam bir-biridan farq qiladi, ularni qattiq jismlardek ajratib olish mumkin
deydi. Olim azot(II) oksidi zaxarli gaz ekanligini birinchi bo`lib aniqladi, organik
moddalardan yonuvchan gaz olish mumkinligini xam aytdi. Van Gel'mont
xayotining oxiri paytlarida olimlar orasida gazlarga, ayniqsa xavoga bo`lgan
qiziqish ortdi. Dastlab 1638 yilda xavo zichligini aniqlagan G. Galiley u xam
materiya va o`zining ma`lum massasi va zichligiga ega deb xisoblaydi. 1643 yilda
italiyalik fizik Эvandjelista Torrichelli (1608-1647 yy.) xavoning o`z bosimi
borligini aniqladi, buning natijasida barometr ixtiro qilindi. Эndi gazlar va ularning
tabiati olimlar uchun uncha katta muammo emas edi. Keyinroq aniqlanishicha,
gazlar xam suyuq va qattiq jism-lardek o`z og`irligiga ega, faqat ulardan
zichligining kichikligi bilan bir muncha ajralib turadi.
49
Nemis olimi Otto fon Gerike (1602-1686 yy.) atmosfera xa-vosining
og`irligini aniqladi. Gerike o`zi yaratgan nasos yordamida idishlardan xavoni
so`rib oldi va natijada tashqi bosim ortgani kuzatildi. 1654 yilda Gerike
buyurtmasiga ko`ra misdan ikkita yarim sharlar yasaldi. Yarim sharlar mum va
skipidar shimdirilgan charm yordamida bir biriga tutashtirilib, ichidan xavosi
so`rib olindi. Tashqi atmosfera bosimi kattaligi natijasida bu yarim sharlar xosil
qilgan sferik jismning ikki tomonidan otlar bilan tortilganda xam ular ajralib
ketmadi, ammo idishga xavo kiritilganda yarim sharlar o`z-o`zidan ajralib qoldi.
Bu tajriba ilm-fan tarixida "magdeburglik yarim sharlar" nomi bilan mashxur
bo`ldi. Bu xildagi namoyishlar olimlarning xavoga bo`lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Boyl' qonuni
Xavoning xossalari irlandiyalik olim Robert Boylni xam diqqatini o`ziga
qaratdi. Gerike nasosiga nisbatan mukammalroq nasos yasagan Boyl' dastlab
idishdan xavoni so`rib olish, keyin esa uni bosim ostida idishga yig`ish tajribasini
amalga oshirdi. Ish davomida xavoning xajmi bosimga teskari proportsional ekan-
ligini tushundi. Olim U-simon nayning qisqa tomoniga xavoni qoldirib, ikkinchi
uzun tomonidan simob quydi. U-simon nayning uchi kavsharlangan qisqa
tomonidagi xavo bosimining ortishi simob massasining ortib borishi tartibida
o`zgardi. Agar simob massasi ikki marta oshirilganda xajm ikki marta kamayib,
xavo bosimi ikki marta oshdi. Agar simob miqdori uch marta oshirilsa, xavo
bosimi va xajmi orasidagi bog`lanish xam uch martaga o`zgardi, simob bosimi
kamaytirilganda xavoning bosimi xam pasayadi va xajmi shuncha martaga ortadi.
Xajm va bosim orasidagi bunday teskari mutanosiblik 1662 yilda e`lon qilindi va
Boyl' qonuni deb ataldi. O`z tajribasini amalga oshirgan olim bu qonunning ayni
o`zgarmas xaroratda bajarilishini aytib o`tmadi va bu shundoq xam barchaga ayon
degan xulosaga keldi. Frantsiyalik fizik Эdm Mariott (1620-1684 yy.) Boyl'
ishlaridan bexabar xolda, xuddi shunday sharoitda 1676 yilda bosim va xajm
orasidagi tajribani amalga oshirdi va bunda xaroratning o`zgarmas ekanligini
aloxida ta`kidladi. SHuning uchun xam kontinental Evropada Boyl' qonunini
ko`pincha Mariott qonuni deb yuritishadi.
Boyl' qonuni moddalarning o`zgarishini aniqlashda eng bi-rinchi o`lchash
usullaridan edi. 1660 yili R. Boyl' gazlarni biror idishga yig`ish mumkin emas
degan tushunchani rad etdi. Uzun bo`g`izli kolbani teskari ag`darib undagi temir
mixga xlorid kis-lota ta`sirida ajralgan vodorod gazini yig`di va uni yoqib ko`rdi.
SHuningdek, NO gazini xam yig`di. Xavoning xayotda zarurligini Boyl'
quyidagicha ta`riflaydi: "Tirik jonzodning xayotidek xa-vosiz joyda lampa xam
o`chib qoladi". Xavoning tarkibini, boshqa gazlarni o`rganishda pnevmatik vanna,
sifonlar kabi apparatlar muxim rol' o`ynadi. Gazlar aloxida ajratilib, germetik
idishlarda yig`ilishi mumkin bo`ldi. Boyl' tajribalari atom ta`limoti tarafdorlarini
qiziqtirdi. Yuqorida eslatganimizdek, Tit Lukretsiy poemasi ta`sirida qadimgi
olimlar ishlariga qiziqish paydo bo`ldi. Boylning o`zi xam frantsuz faylasufi P'er
50
Gassendi (1592-1655 yy.) ta`limotidan ta`sirlanib atomis-tik nazariyaning tarafdori
edi.
Ammo olimlar qattiq va suyuq jismlar bilan ishlaganlarida atomlarning
mavjudligini tushuntirish uchun qiynalishar, xavo va boshqa gazlar bilan ishlash
ancha oson edi. CHunki xavo zarrachalari oson siqiladi va ularning orasida
bo`shliqlar mavjudligini oson tasavvur qilish mumkin. Gazlar atomlardan tarkib
topgan bo`lsa, suyuqliklar xam ularga o`xshaydi. Suv molekulasi qaynatilganda
birin-ketin zarrachalar ajralib bug` xolatga o`tadi va suv og`irligi kamayadi. Suv
bug` xolida atomlardan iborat bo`lsa, nega suyuq yoki muz agregat xolatlarida
shunday atomlardan tashkil topishi mum-kin emas degan fikrlar tug`ila boshlandi.
Bu xildagi fikrlar atom xaqidagi ta`limot paydo bo`lgandan boshlab 2000 yil
o`tgandan keyingina olimlarni yana qayta qiziqtira boshladi, bu ta`limot
tarafdorlari soni ortib bormoqda, ammo "atom" so`zining asl ma`nosi va moxiyati
tushunarli emasdi.
Boyl' ilmiy faoliyati davrida ilmiy adabiyotlarda "alkimyo" va "alkimyogar"
terminlari deyarli yo`qola boshladi. SHuning uchun xam Boyl' 1661 yilda e`lon
qilgan o`z asarini nomlashda alkim-yogar so`zining birinchi bo`g`inini qisqartirib,
"Ximik-skeptik " ("The Sceptical Chymist") deb atadi. SHundan boshlab bu
fanning nomi kimyo (ximiya) va bu soxa xodimlari kimyogar (ximik) deb
aytiladigan bo`ldi. "Ximik-skeptik" asarida Boyl' beshta asosiy savollarni ajratdi va
kitobining xar bir bobini shu savollarga bag`ishladi. Bu savollar quyidagicha:
1. Olov barcha jismlar uchun "universal analizator" bo`lishi mumkinmi?
2. Qizdirish (kal'tsinatsilash) reaktsiyasi maxsulotlari xaqiqatdan xam
elementmi yoki dastlabki moddalarmi?
3. Эlement yoki dastlabki moddalar deb xisoblangan birik-malarning soni
uch, to`rt, beshtа (yunon faylasuflari materiya boshlang`ich unsurlari soni ko`zda
tutilmoqda) bilan chegaralana-dimi yoki boshqachami?
4. "Tuz", "oltingugurt", "simob" kabi nomlar bilan ataluvchi elementlar
xaqiqatdan xam aslida bormi yoki yo`qmi ?
5. Real elementlar yoki materiyaning boshlang`ich unsurlari sanalgan
moddalar bormi ?
Kitobning oxirgi (oltinchi) bobida Boyl' o`zi yaratgan nazariyasini
Dostları ilə paylaş: |