O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Ikki kolodkali tormozni hisoblash sxemasi



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

13.19-rasm. Ikki kolodkali tormozni hisoblash sxemasi. 
Kolodkali tormozlar.
Yuk ko’taruvchi mexanizmlarda kolodkali 
tormozlar ko’p ishlatiladi. Ularning asosiy qismi cho’yan yoki po’lat 
shkiv, tormozlovchi kolodkalar va kolodkalarga kuchni beruvchi 
richaglardan iborat bo’ladi. Kolodkalar, odatda, cho’yandan tayyorlanib 
friktsion qoplagich bilan qoplangan bo’ladi. Kolodkali tormozlar 
kolodka soniga qarab bir va ikki kolodkali turga bo’linadi, 13.19-rasmda 


186 
ikki kolodkali oddiy tormoz ko’rsatilgan. Bunda tutashtiruvchi 
p
kuch 
tormoz richagiga qo’yilgan bo’lib, kolodka shkivga qisiladi va ular 
orasida ishqalanish kuchi hosil bo’ladi.
P =
f N · P 
kuch
 
momenti 
valga ta’sir etuvchi harakatlantiruvchi kuch momentidan katta bo’lganda 
harakat tezligi kamayadi va harakat to’xtaydi.
Kolodka bilan shkiv orasidagi ishqalanish 
13.3-jadval 
Ishqalanuvchi yuza material 
Ishqalanish 
koeffisienti 
CHo’yan va po’lat bo’yicha 
Gazlamali tormozli lenta cho’yan bo’yicha 
KFZ, KFZM plastmassa cho’yan bo’yicha
KFZ, KFMZ plastmassa po’lat bo’yicha 
Qizdirib qoliplangan friktsion material cho’yan va po’lat 
bo’yicha 
Yog’och po’lat bo’yicha
CHarm po’lat va cho’yan bo’yicha
Yog’och cho’yan bo’yicha 
Bronza cho’yan bo’yicha 
Po’lat teskolit bo’yicha 
Asbokarton cho’yan bo’yicha
Asbokarton po’lat bo’yicha
Retinaks cho’yan bo’yicha 
Mis asosli MK-15 metallokeramika cho’yan bo’yicha 
0,15 
0,32 
0,22 
0,29 
0,32 
0,25 
0,20 
0,30 
0,17 
0,15 
0,35 
0,32 
0,30 
0,17 
Bir kolodkali tormozlarda kolodkadan shkivga ta’sir etuvchi 
kuchni val o’ziga qabul qilishi ularning asosiy kamchiligidir, chunki bu 
hol val va podshipnik o’lchamlarining kattalashishiga olib keladi. 
SHuning uchun bir kolodkali tormozlar juda kam va faqat dastaki 
mexanizmlarda ishlatiladi. Yuk ko’tarish mashinalarida ikki kolodkali 
keng tarqalgan. Ajratuvchi kuch organiga binoan kolodkali tormozlar 
uzun yo’lli va qisqa yo’lli kuch organlari bo’lgan tormozlarga bo’linadi. 
Kuch organining yo’li qisqa bo’lgan tormozlarda (13.20-rasm) tormoz 


187 
kolodkalari 7 shkivga prujina 6 bilan siqiladi. Prujina kolodkalarga 
richaglar 2 va 5 dagi tortqi 10 ga shtok 8 lar orqali ta’sir qiladi. 
Mexanizm elektr dvigateli tok tarmog’iga ulanganda tok elektr magnit 
g’altagidan o’tib, g’altak va yakor 4 ni yaqinlashtiradi. Yakor 4 o’z 
navbatida prujina 6 ni qisadigan va asosiga sharnirli mahkamlangan 
richaglar 2 va 5 ning uchlarini ajratadigan shtok 8 ni siljitadi. Richaglar 
siljiganda tormoz kolodkalari bilan shkivlar orasida zazor hosil bo’ladi. 
Bu zazor kerakli mexanizm aylanuvchi qismining erkin erkin aylanishini 
ta’minlaydi. Kolodkalarning qochishini cheklash uchun rostlash vinti 9 
bor. Prujina kuchi gayka 5 bilan rostlanadi. Richag 2 ning o’z joyiga 
qaytishi uchun yordamchi prujina 11 o’rnatilgan. Elektromagnit g’altagi 
elektr tarmog’idan uzilganda prujina 6 kerilib, tortqi 10 va shtok 8 ni 
qarama-qarshi tomonga siljitadi, richaglar 2 va 5 ning uchini, shu bilan 
birga, kolodkalarni dastlabki vaziyatga qaytaradi.

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin