163
12.5-rasm. Gidravlik yuritmaning printsipial sxemasi.
Gidravlik yuritmada elektr dvigatel yoki ichki yonuv dvigateli
harakatlantiradigan nasosda
mexanik
energiya suyuqlik oqimi
energiyasiga – gidravlik bosimga aylanadi, so’ngra suyuqlik kuch
tsilindriga yoki gidromotorga keladi, bunda suyuqlik oqimi energiyasi
mexanik energiyaga aylanadi. Gidravlik yuritmalarning printsipial
sxemasi 12.5-rasmda tasvirlangan. Ish suyuqligi bak 3 dan dvigatel 1
harakatlantiradigan nasos 2 vositasida taqsimlagich 5 ga keladi. Bunda
taqsimlagich gidrotsilindr 6 shtokini surishga,
shtokni qaytarishga yoki
uni ma’lum vaziyatda to’xtatishga imkon beradi. Klapan sistemani o’ta
nagruzkalardan saqlaydi.
Ish organi tezligini hajmiy va drosselli rostlab, pog’onasiz
o’zgartiriladi. Hajmiy rostlashda ish unumdorligi o’zgaruvchan nasos
qo’llaniladi, bunda nasos harakati tekis o’zgartirilsa, gidromotor
valining aylanish tezligi yoki gidrotsilindr shtokiniig harakati tekis
o’zgaradi. Bunday rostlash usuli rostlashning keng diapazonida eng
katta foydali ish koeffisientini ta’minlaydi. Drosselli rostlashda nasos
uzatayotgan suyuqlik ikki oqimga bo’linadi:
birinchisi gidromotor
(gidrotsilindr) ga keladi, ikkinchisi bakka qaytadi. Rostlashnnng bunday
usuli tejamsiz, chunki nasos doimo to’la nagruzkada ishlaydi, bu usul
faqat quvvatli gidroyuritmalarda qo’llaniladi.
Gidravlik yuritmaning asosiy organi nasos hisoblanadi, u
shesternyali, parrakli, aksial yoki radial-plunjerli bo’lishi mumkin.
Shesternyali nasos eng ko’p tarqalgan. Uning konstruktsiyasi
oddiy, ishonchli ishlaydi va gidromotor rejimida foydalanishga yaraydi.
Shesternyali nasoslar ish unumdorligi o’zgarmas (400 l/min gacha) va
164
suyuqlik bosimi 15 MPa gacha qilib ishlab chiqariladi. Shesternyali
nasos (12.6 rasm) bir-biri bilan tishlashadigan ikkita shesternya 1 va 3,
bu shesternyalar joylashgan korpus 2 dan tuzilgan.
Harakat yetakchi
valga shponka bilan mahkamlangan shesternya 1 orqali yetaklanuvchn
shesternya 2 ga uzatiladi. Shesternya 1 va 3 tashqi tomondan
tishlashgani uchun nasosning o’zi ham tashqi tishlashmali shesternyali
nasos deyiladi.
So’ruvchi gidrotrubalar shesternyalarga tishlar ajraladigan
tomondan, bosimli gidrotrubalar esa tishlar tishlashga kiradigan
tomondan keltirilgan. Tishlarning kallaklari tishlashib,
tishlar orasidagi
botiqlardan moyni siqib chiqaradi, natijada gidrosistemaning bosim
gidrotrubasida bosim vujudga keladi. So’ruvchi gidrotrubadan
kelayotgan suyuqlik tishlar botiqlari bilan nasos korpusi devori orasidagi
bo’shliqlardagi bosim gidrotrubasiga o’tadi. Suyuqlikning shesternyali
nasosdagi harakati (12.6-rasm) strelkalar bilan ko’rsatilgan. Shesternyali
nasoslar
ko’prikli
kranlarda,
ko’tarish
va
harakatlantirish
mexanizmlarida ishlatilmoqda.
Shesternyali nasoslarning FIK boshqa tipdagi nasoslarnikiga
qaraganda ancha past (kupi bilan 0,7...0,75) va yuqori bosimlarda
ishlatilganda uzoqqa chidamaydi. Yon tomonlaridagi tirqishlarni
kamaytirish uchun yuqori bosimli nasoslarda
maxsus vtulkalarni
shesternyalarning yon sirtlariga avtomatik ravishda siqib-siqib quyish
ko’zda tutiladi. Bunda suyuqlikning ish bosimidan foydalaniladi. Radial
tirqishlarni kamaytirish uchun esa shesternyalar bilan nasos korpusi
orasidagi zazorni iloji boricha kichraytirish kerak. Konstruktsiyaning
oddiyligi va arzonligi shesternyali nasoslarning afzalligidir, shuning
uchun ulardan FIK ning qiymati unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan
kran gidravlik uzatmalarida foydalanish tavsiya etiladi.
Stator ichida joylashgan parrakli nasos rotori radial o’yiqlarida
qo’zg’aluvchi 10 – 12 ta parraklar 1 bor. Parraklar minimal masofada
yotgan nuqtadan o’tmayotganida rotor
bilan stator orasidagi
bo’shliqning hajmi ortadi, natijala bu bo’shliq so’rish kanali A – V
orqali keluvchi ish suyuqligi bilan to’ladi. Parraklar rotor bilan stator
orasidagi maksimal masofada yotgan nuqtadan o’tganda parraklar
orasidagi bo’shliq kichiklasha boshlaydi va ish suyuqligi, haydash
bo’shlig’iga siqiladi hamda B – G haydash kanaliga o’tadi. Bunday
nasoslarning ish unumdorligi 200l/min, aylanishlar
chastotasi minutiga
1200 – 1800 da quvvati 15 – 85 kVt bo’ladi.
165
Aksial-porshenli nasos 12.6-rasmda ko’rsatilgan. Nasosning diski
8 payvandlangan harakatlantirish vali 1 tsilindrlar bloki 5 ga nisbatan
ma’lum burchak ostida joylashgan. Sharnirlar 2 va 7 disk 8 ga
mahkamlangan. Val aylanganda disk 8 nasoslar 6 orqali tsilindrlar
blokini aylantiradi, porshenlar esa ilgarilanma-qaytma harakat qiladi,
natijada kanal 3 dan ish suyuqligi so’riladi, taqsimlash diski 4 uni
boshqa kanalga haydaydi. Bunday nasoslarning ish unumdorligi 1000
l/min, aylanishlar soni minutiga 3000 bo’lganda 25,0...30,0 MPa
bosimni ta’minlab turadi. Ular ixcham,
yuqori bosimlarda FIK yuqori;
inertsiyasi nisbatan kichik bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: