O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Korxonasining biznes jarayonlarini hisobi bilan tanishish



Yüklə 124,97 Kb.
səhifə7/12
tarix21.12.2023
ölçüsü124,97 Kb.
#188044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xamitxonov yosinjonning malaka amaliyoti-www.fayllar.org

Korxonasining biznes jarayonlarini hisobi bilan tanishish
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.

Biznes korxonalarining shakllari.1 Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud. Yakka tadbirkor, hamkor korxona va kompaniya. Korxona xususiy yoki mas`uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi.


Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan yuritiladi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs tomonidan boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit qilmaydi. Kapital kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar cheklangan. Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Solig‘i maqsadlarida, faqat qat’iy belgilangan soliq to‘laydi va firma foyda solig‘i to‘lamaydi.
Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va buxgalteriya maqsadlarida ko‘p ma`lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya ma’lumotlarini Inland Daromad boshqarmasi tomonidan soliq solish talablari amalga oshirilishini buxgalter tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim etiladi. Boshqa daromadni ko‘paytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy ahvolni yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi.
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularninig tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi.
Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi.
Baholash va kalkulyatsiya xo‘jalik ko‘rsatkichlarini pulda ifodalash uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobi obyektlarini pulda o‘lchash usulidir. Bu usuldan foydalanish tovar - pul munosabatlarining mavjudligi bilan shartlangan. Bunday iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi, qurollari hisoblangan pul, narx, tannarx, foyda, savdo, kredit, moliyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin.
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi.
Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga tushgan bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy qiymatliklar sotish bahosida baholanadi.
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi.
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi.
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati(Boshlang‘ich qiymat) bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar” nomli BHMSda belgilangan. Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qabul qilinadi:
a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda;
c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa.
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan korrespondentsiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizatsiya qiymati- tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha: Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni, ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’iy nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarh mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarhiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat.
Subyektning hisob siyosatida tovar-material zaxiralarining belgilangan ulgurji shartnoma bahosi, haqiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO usullarida tannarxi hisoblanadi.
Agarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq 1610–“Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga olinadi. Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda hisobga olinadi.
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari va boshqalar). Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va x.k.).
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
  1. sotib olish;


  2. ta’sischilarning hissasi tariqasida;


  3. bepulga olish;


  4. moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.


Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.


Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000 –“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da yuritiladi. mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-ishlab chiqarish haqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi.
T=X+B–O
bu yerda T – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi;
X – ishlab chiqarish xarajatlari;
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i;
O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.
Sotish jarayoni xo‘jalik jarayonlarini ichida oxirgisi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish jarayoni natijasida tayyorlangan mahsulotlar sotilib, pul ko‘rinishida korxonaga kirim qilinadi. Shu bilan birga bu jarayonda sotish natijalari aniqlanadi, sotish natijalari esa, foyda yoki zarar bo‘lishi mumkin.
Sotish jarayoni hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
– sotish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobini tashkil etish;
– sotish natijasida olingan daromadlarni ular hosil bo‘lgan joylari bo‘yicha to‘g‘ri hisobini tashkil etish;
– sotish natijalarini to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlash.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromadlar”, 9020-“Tovarlar sotishdan olingan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar”, 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi”, 9130-“Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi” schyotlari muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130, schyotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schyotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-“Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar”, 9300-“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” , 9410-“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”, 9500-“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar”, 9600-“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar” , 9700-“Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar”, 9800-“Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar” va 9900-“Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” qo‘llaniladi. (Schyotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, realizatsiya natijalari aniqlanadi.
Sotish jarayonida ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiyasi ro‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000–“Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar” schyoti mo‘ljallangan.
Mahsulotni sotishdan olingan daromadni hisobi 9010 schyotda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlarni hisobi 9020 schyotda, ishlarni bajarish va xizmat kursatishdan olingan daromadlarning hisobi esa, 9030 schyotda hisobga olinadi.
Sotilgan tayyor mahsulotlarni tannarxini hisobini yuritish uchun 9110 schyot, sotilgan tovarlarning tannarxini hisobini yuritish uchun 9120 schyot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxini hisobini yuritish uchun esa, 9130 schyotlar mo‘ljallangan.
Masalan, tayyor mahsulot xaridorlarga jo‘natildi, ya’ni sotildi:
Debet 4010–“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”.
Kredit 9010–“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxini hisobdan chiqarilishi esa, quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi:
Debet 9110–“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”.
Kredit 2810–“Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
Mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910–“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti orqali amalga oshiriladi:
Debet 9910–“Yakuniy moliyaviy natija”.
Kredit 9110–“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”.
Bir vaqtning o‘zida:
Debet 9010–“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
Kredit 9910–“Yakuniy moliyaviy natija”.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910–“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti yordamida mahsulotni sotishdan olingan daromad va shu mahsulotning tannarxi solishtiriladi. 9910 schyotning kredit qoldig‘i foydani, debet qoldig‘i esa, zararni bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotdan tashqari asosiy vositalar, valyuta mablag‘lari, materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham sotilishi mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9210–“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220–“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning hisobi 9310-schyotda, boshqa aktivlarni sotishdan olingan foydaning hisobi esa, 9320-schyotda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati shundan iboratki, uning ro‘y berishi natijasida sotilgan aktivlarning o‘rniga korxonga pul mablag‘ining kirimi amalga oshiriladi.



Yüklə 124,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin