portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
Darslarda didaktik o‘yinlami o‘tkazish metodikasi.(1-ilova) 1-Reja:Muhandislik grafikasini o ‘qitishda didaktik o ‘yinlarni о ‘tkazish
texnologiyasi.
O‘qituvchi avvaldan har bir darsni ma'lum bo‘laklarga bo‘lib chiqishi va qaysi bo‘lakda nima o‘tish (o‘qitish) hamda u nimadan ibotar ekanligini belgilab chiqishi lozim. Shunda dars jarayonida o‘quvchilarning zerikayotgani, charchayotganligini yoki psixologik o‘zgarishlarini sezishi bilan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga yangi mazmun kiritish maqsadida mavzuga moslashtirilgan qisqa muddatli didaktik o‘yin kiritish zarur bo‘ladi. Shunda, o‘quvchilarning diqqati yangiliklarga qaratilgan bo‘lib, ularning faolligi oshadi. Shunday vaziyatda taklif etilgan o‘yin yordamida o‘tilayotgan mavzuni o‘z vaqtida to‘la o‘zlashtirilishiga imkon yaratiladi.
Masalan, chizmalarni o‘qishga bag‘ishlangan darsda model va boshqa ko‘rsatmali qurollar yordamida modelning berilgan ikkita ko‘rinishi bo‘yicha uchunchi ko‘rinishini aniqlash bosqichlarda tushuntirilgandan keyin o‘quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish maqsadida qisqa muddatli didaktik o‘yin “Kim tez tuzadi” taklif qilinsa, o‘quvchilar tomonidan mavzuni qanday o‘zlashtirganliklarini amaliy sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘qitish jarayonida didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlab yozilgan “Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar” (I.Raxmonov, T., “O‘qituvchi”, 1992) o‘qituvchilar uchun qo‘llanmada qirq to‘rtta o‘yin turlari taklif etilgan.
O‘yinning sharti. Detallarning ko‘rinishlari va yaqqol tasvirlarini o‘zaro solishtirish yo‘li bilan chizmalarni o‘qishga o‘rgatish.
Maqsad. O‘quvchilarga detallarning ko‘rinishlari va yaqqol tasvirlarini o‘zaro solishtirish yo‘li bilan chizmalarni o‘qishni o‘rgatish. Ularda tahlil, sintez, taqqoslash va fikrlash qobiliyatlarini, chizmalarni o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Jihozlar. Bitta A1 formatda 4 ta detalning ko‘rinishlari, xuddi shunday formatda esa o‘sha detallarning yaqqol tasvirlari chizilgan ikkita plakat. plakatdagi har bir detalning ko‘rinishlari burchagiga 1, 2, 3, 4 raqamlari yozib qo‘yiladi, yaqqol tasvirlariga A, B, C, D harflari bitiladi. Chizmalardagi 1raqamiga A harfi to‘g‘ri kelmaydigan, ya'ni chalkashtirilgan holda yoziladi. Bunday plakatlar turi bir nechtadan bo‘lsa, sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘yinda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi doskaga ikkita o‘quvchini chaqirib, ulardan bittasiga yaqqol tasvir chizilgan A detalning ko‘rinishlarini topish va doskaga yozib qo‘yishni buyuradi. Ikkinchi o‘quvchiga esa ko‘rinishlari tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini topib sinf doskasiga yozib qo‘yishni buyuradi. Har qaysi o‘quvchi o‘zicha mulohaza yuritadi va masalan, birinchi A va 4ni bir-biriga mos, ular bitta detalning yaqqol tasviri va ko‘rinishlari deb, A4 ni yozib qo‘yadi. Ikkinchi o‘quvchi ham shunday fikrlab, aytaylik 1B ni yozib qo‘yadi. Boshqa o‘quvchilar ham o‘yin shartiga javobni ana shu yo‘sinda bajaradilar.
O‘qituvchi o‘yinni yakunlab, to‘g‘ri topgan o‘quvchilarni g‘olib deb e'lon qiladi.
Eslatma. O‘yindan oldin bitta va ikkita ko‘rinishlar orqali tasvirlanadigan detallar bilan mashqlar o‘tkazib, o‘quvchilarda bir oz ko‘nikma hosil qilish, shundan keyin ikkita va uchta ko‘rinishli detallarni qo‘llash yaxshi natija beradi. O‘quvchilarning hamma yozuvlaridagi xatolari tushuntirilishi kerak. Vaqtni tejash uchun o‘quvchilarga javob topishga ozgina fursat berish paytida “birdan beshgacha sanayman” deb ogohlantirish lozim.