O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə71/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

(1-ilova)
1.Reja:Innovatsion texnologiyalar.
Inovatsiya (inglizcha) - yangilik kiritish, yangilik, o‘zgartirish asosan bu iborat ilm-fan va texnika bilan bog‘langan. Lekin Inovatsiyani inson hayoti bilan bog‘liq faoliyatida ham keng ko‘lamda, asosan pedagogik ta'lim-tarbiya jarayonida yangi texnologiyalar qo‘llab, o‘qitish va tarbiyalashda ulkan yutuqlarga erishilayotganligi ommalashib bormoqda.
Inovatsiya - texnikaga doir kiritilgan yangilik, texnologiyalar, ilm-fanning yutuqlari va yuqori tajribalarni tatbiq etish, maorif tizimida ta'lim berish sifatini, effektini oshirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish kabilar. Inovatsion texnologiyalar yangiliklarni hayotga joriy etish metod va vositalar hisoblanadi. Mavjud g‘oya va gipotezalarni yangilash orqali pedagogik texnologiyalarni qayta qurish jarayoni. Ta'lim-tarbiya jarayoniga Inovatsion texnologiyalarni kiritish orqali o‘qituvchi o‘zini yangi yaratilayotgan sharoitga tayyorlashi kerak bo‘ladi. Vaqtini yangi texnologiyalarga, respublikamizda jamlangan boy tajribalarga suyanib, ularni Inovatsion texnologiyalar bilan qorishtirib, o‘zligimizning zamonaviy pedagogik texnologiyamizni yaratish ustida hamjihatlik bilan ilmiy va metodik ish olib boorish zarur. Yaratilgan o‘zimizning zamonaviy inovatsion pedagogik texnologiyalar asosida “Inovatsion maktab”lar tizimini yaratishga o‘tish zarur. Bunday maktablarda barcha predmetlarni o‘qitishda axborot-komunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Shunda “o‘qituvchi-o‘qituvchi” o‘rnida “o‘qituvchi - kompyuter-o‘quvchi “ tizimi hosil bo‘ladi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga inovatsion yondashish o‘quvchilarda yangi tajriba egallashga intilishni rivojlantirish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni, kelajakka intilishni tarbiyalashni tushunish lozim. Texnologiya - yunoncha “techne”-san'at, “logos”- o‘qish (bilim, ta'lim). Texnologiya keng ma'noda - bilimlar hajmi, tor ma'noda - borliqni qayta tuzish (tubdan o‘zgartirish) usullaridir.
Umuminsoniyat tarixida odam dastlab olov olish uchun ishqalash texnologiyasini yaratgan hisoblansa kerak. Texnologiya tufayli zamonaviy hayot tarziga yetib kelindi. Texnalogiyalarni - inovatsion texnalogiyalar, mashinasozlik texnalogiyalar, axborot texnologiyalar, telekomunikatsion texnologiyalarga sinflash mumkin. Jamiyat rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita, texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda.
Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi o‘zgarishlar texnologoyalari kuchayib bormoqda. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanish rivojlanmoqda.
Respublikamiz ta'lim sohasida ulardan foydalanish o‘qitish sifatini oshiriga, o‘quvchilarning fikrlash doirasini oshirish va kengaytirishga, ularda mustaqil o‘zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib qoldi.
Ta'limning axborotlashtirishda o‘quvchilarning axborot va kommunikatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, fan sohasidagi olayotgan bilim va ko‘nikmalarini jadallashtiriga olib kelmoqda. Bu jarayonlar ilmiy izlanishlar natijasida turli metodik yondashuvlarga olib keladi.
Kundan-kunga masofaviy tarmoq kurslari va tanlovlari ommalashib bormoqda. O‘qituvchi endi bilim axborotlarini yetkazuvchi yagona markaz emas balki, texnologiyalarini qo‘llash bilan masofaviy ta'lim beruvchi va oluvchi imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda.
Internet tarixi (qisqacha) 1969 yil, 29 oktabrda birinchi bor, ikki kompyuterni, ya'ni Stenford universitetining tatqiqotchilari markazi (SRI)dagi kompyuterni Los- Anjelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA)dagi kompyuterga masofadan turib, ulashga urinish bo‘lgan. Bu harakat ijobiy natija bilan yakunlanmagan bo‘lsa ham, 500 km masofadagi ikki kompyuterni bir-biri bilan bog‘ lashga urinish Internetni yaratishgan birinchi harakat bo‘lib, bu ikki kompyuter ARPANet tarmog‘ining bo‘lg‘usi tugunlaridan biri edi.
ARPANetning birinchi navbatdagi sinovlari 1969 yil kuz faslida olib borildi. So‘ngra, tarmoqqa yana ikkita Santa Barbaradagi Kaliforniya universiteti (USCB) va Yuta shtati universiteti (UTAH) ulandi va aynan shu to‘rtta tashkilot o‘zaro tarixdagi birinchi Wide Area Network, ya'ni keng masofalarga cho‘ziluvchi tarmoq kompyuterlarini ishlab chiqish vazifalarini taqsimlab oldilar:

  • Los-Anjeles universiteti - o‘lchov sinovlarini otkazish:

  • Stenford universiteti - axborot markazini yaratish;

  • Santa Barbara universiteti - matemetik apparatini ishlab chiqish;

  • Yuta universiteti - uch o‘lchovli grafika bo‘yicha birinchi ishlar.

1969 yil 1-sentabr kuni BBN kompaniyasi kompyuter va telefon kanallari o‘rtasidagi aloqani ta'minlab beruvchi IMP (Interface Message Professor) qurilmasining birinchi nusxalarini yaratish evaziga sinovlar о‘ tkazish imkoniyati tug‘ ildi.
Internetning bugungi kundagi nomini 1974 yil Vint Serf va Bob Kain
tomonidan TCP protokoliga bag‘ ishlangan maqolasida taklif etgan edi.
1969 yil 29-oktabr shartli ravishda Internetning tug‘ilgan kuni deb tan olingan. Uning yaratilishiga zamin tayyorlagan, hissa qo‘shgan minglab kashfiyotlar ketma-ketligi mavjudligini, eramizdan oldingi V - IV asrlarda “Salamin taxtalari” nomli (Egey dengizidagi Salamin oroliga atab qo‘yilgan) cho‘tlarning yaratilishi, hisoblash ishlarida salmoqli yengilik va qulaylik tug‘dirdi. Hisoblash amallari sanoq suyaklarini yoki toshlarini (kalkulyatorni) yasalgan taxtaning maxsus ariqchalarida surish yo‘li bilan bajarilgan. Bunga o‘xshash cho‘tlar shakli sayqallashib hozirgi vaqtgacha qo‘llanilib keladi.
IX asrning birinchi yarmida al-Xorazmiy о‘ nlik sanoq tizimlarini rivojlantirib, bu sanoqlarning tatbiq etishning oson va qulay yo‘llarini yaratdi. Masalani belgilangan qoidalar asosidagi tenglamalar yordamida yyechishga birinchi bo‘lib kiritgani sababli, uning nomi asosida algoritm atamasi fanga kiritilgan. 1643 yilda yosh fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal arifmetik amallarni bajaradigan mashinani yaratdi. Bu elektron hisoblash mashinaning birinchi modeli hisoblanadi.
1820 yilda K. Tomas arifmometr mashinasini kashf etadi.
1823 yilda Charlz Bebbij dasturli boshqariladigan avtomatik mashina, 1833 yilda “Analitik mashina” ning sxemasini taklif etgan.
1830 - 1840 yillarda Semyul Morze Amerikada telegraf apparatlari aloqa yo‘llarini (Morze alifbosini) kashf etadi.
1867 yil K. L. Shults Amerikada birinchi amaliy yozuv mashinasini ixtiro etdi.
1880 yil V. T. Odner Rossiyada tishlari soni turlicha bo‘lgan Arifmometr ixtiro etadi.

1930 yilda AQSh va SSSR Olimpiada izlanishlari natijasida Toshkentda televideniyaga asos solgan.


1945 - 1960 yillarda mashina va inson o‘rtasida o‘zaro interfaol munosabat bo‘yicha nazorat ishlar, birinchi vaqtni taqsimlash rejimi amalga oshirilgan, interfaol vositalar hamda hisoblash mashinalari paydo bo‘ldi.
Hozirgi Internet globallashuvini mevasi va o‘z o‘rnida uni boshqarib bo‘lmaydigan jarayonga aylanishiga olib kelayotgan bir ulkan makondir.
O‘tgan XX asr fan va texnika sohasida, sanoat, ishlab chiqarish inqilobi davri deb nomlanagan edi. XXI asr tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi. Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda.
Xususan, “Konvergatsiya” bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan
texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televideniye va kompyuter orasidagi yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga Internet, mobil telefonlari misol bo‘moqda.
Tarixning guvohlik berishicha radio ommaviy auditoriyani jalb qilish uchun 40 yil kerak bo‘lgan edi. Televideniye esa bunga 14 yilda erishdi. Internet tizimi dunyoviy auditoriyani jalb qilishda bor-yo‘g‘i 4 yil kifoya qildi. Binobarin, bugun Internet nafaqat matbuot balki, radio va televideniye imkoniyatlarini ham o‘zida mujassam etmoqda.
Axborot - kommunikatsion texnologiyalari tizimiga: axborot texnologiyalariga didaktik yondashuv, axborot - pedagogik texnologiyalar, masofali o‘qitishda chizmachilik darslarida ta'lim-tarbiyalar kiradi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin