I.2. Davlatning boshqaruv tizimi.
Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va
devonlar majmuidan iborat bo‘lgan. Dargohda hojib, ulug hojib tutgan
mavqe yuqori bo‘lgan. Hojiblik xizmati xorazmshohlar davrida ham o z
ahamiyatini saqlab qoldi. Ulug‘ojib hukmdorning eng yaqin kishilaridan
biri hisoblangan. Hojiblarga g oyatda muhim vazifalar, masalan, maxsus
muzokaralar olib borish va, hatto, vazirlar faoliyatini taftish etish kabilar
topshirilgan. Shuningdek hojib lavozimidagi amaldorga butun bir viloyat
noibligi topshirilgani ham ma lum. Dargohdagi barcha xo jalik
xizmatlari faoliyatini boshqarish ustozdorga yuklatilgan. Sulton
chaqirganda birinchi hozir bo ladigan shaxs ham ustozdor hisoblangan.
Oliy farmon olgan ustozdor shunga ko‘ra tegishli xizmatlarga buyruq
bergan va uning gapini ikki qilish bo‘lmagan. U dargohning barcha
masalalari bilan shug ullangan va bundan tashqari bosh xazina mablag
laridan ham istifoda etgan holda nonvoyxona, oshxona, otxona, saroy
xizmatchilarining xarajatlarini qoplar edi.⁵
Shuningdek, u ushbu mablag‘dan maosh berish va boshqa xarajatlar
uchun ham foydalangan. Nisaviyning yozishicha, bunda ustozdor
ulardan tilxat olgan. Tilxatga vazir, mustavfiy, mushrif, nozirning
muhrlari bosilgan bo‘lishi kerak edi. A yonlar xarajatiga ketgan mablag
haqidagi tilxat ariz muhri bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan. Amiri oxur
mansabi ham mas‘uliyatli hisoblanib, uncha-muncha kishi bu lavozimga
tayinlanmagan. Chunki uning bo‘yniga sultonga tegishli otlar parvarishi
yuklatilgan. Otlarning soni esa 30 minggacha bo‘lgani ma‘lum. Podshoh
ovlarni o‘rniga qo‘yish tadbirlarini amiri shikor uyushtirgan. Saroydagi
muhim xizmatlardan yana biri bu tashtdordir. Garchi tashtdor yuvinish
anjomlarini saqpovchi ma‘nosini bersa-da, ammo aslida bu mansabni
egallagan kishi sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylangan.
Hukmdor unga o‘zining eng maxfiy fikrlarini ham izhor qilishi mumkin
edi. Yuqorida tilga olganimiz Anushtegin saljuqiy Sulton Malik saroyida xuddi mana shunday tashtdor mavqeiga erishganda, unga mazkur
mansabga viloyatda mutanosib keluvchi shihnalik, ya‘ni Xorazm
shihnaligi lavozimi beriladi. Chunki tashtdor xizmati bilan bog‘liq
barcha xarajatlar Xorazm viloyatidan tushadigan soliqlar bilan
qoplanardi. Yana bir muhim lavozim bu qissadordir. U hafta davomida
sultonga tushgan arzlar, shikoyatlarni yig‘ib, juma kuni kechasi
hukmdorga topshirardi. Keyin esa har bir arzchi yo shikoyatchiga
tegishli javobini berardi. Bu mansabga ham har kim tayinlana
berilmasdi. Zero, hukmdor bilan oddiy xalq o‘rtasida aloqa bog‘lab,
raiyyat ahvoli va zoridan xabardor qilib turish savobli ishini hamma ham
halol bajara olmasligi tabiiy. Dargohda shuningdek chashnigir sultonga
beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshirib ko ruvchi, jomador, sultonning
kotibi (davatdor), sharobdor, farrosh, bayroqdor (amiri alam), xos
xizmatkorlar boshlig‘i (maliki xavas) kabi xizmat va vazifalar ham
b‘lgani ma‘lum. Ijroiya ishlarini devonlar (vazirliklar) olib borib, bu
tizim tepasida vazir (bosh vazir) turgan. Vazir ham hukmdorning eng
yaqin kishilaridan, birinchi maslahatchisi sifatida gavdalanadi. O‘z
faoliyatida u faqat sulton oldidagina javobgar bo‘lgan. Rasmiy tadbirlar,
turli maqsaddagi muzokaralarda hukmdor nomidan ish tutgan. Unga
barcha amaldorlar, noiblar, harbiylar bo‘ysungan. Ishdan olish, ishga
tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat etish,
mahalliy vazirlar hisobotini olish kabi qator vazifalar uning vakolatida
bo‘lgan. Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqarish apparati al
majlis al-faxri deb atalib, uni oliy darajadagi mansabdor vazir
boshqargan. Vazir devon mansabdorlari (asxab-ul-davovin) boshlig i
ham edi. Ularga nafaqa (arzak), ish haqi (mavojib) to‘lash, soliq
boshqarmasini, davlat hazinasini nazorat qilish ham uning vazifasi
hisoblangan. Vazirlik mansabi davlatda juda katta ehtirom bilan hurmat
qilingan. CHunki mamlakatning moddiy ahvoli, aholining tartib
intizomga rioya etishi, amaldorlarning haqqoniy xizmat qilishi,
qolaversa davlat boshlig‘ining siyosiy va ma‘naviy mavqei ana shu
vazirning ishbilarmonligi, mamlakatni boshqarish qoidalarini bilishi va
unga amal qilishi, hayot tajribasiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq edi.
SHariat qoidalarini yaxshi biladigan, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan,
sadoqat bilan xizmat qilaoladigan shaxslarning vazirlik mansabiga tayinlanganlar. Vazirlarning sadr, dastur yoki xoja i buzrug unvonlari
bo‘lib, ular mansabining belgisi siyoxdon (davlat) va maxsus matodan
to‘qilgan salla edi. Vazirlik mansabiga odatda ajdodlari mansabdor
bo‘lgan arab yoki fors millatiga mansub bo‘lgan shaxs tayinlangan.
Turkiy xalq vakillari bu mansabga tayinlanmagan. Vazir arab yoki fors
tilini bilishi, ma‘muriy ishlarga qobiliyatli bo‘lishi, saroy axloq-odob
qoidalarini bilishi zarur edi. Vazirlar qabul paytida shohning o‘ng
tomoniga qo‘yilgan mahsus kursida o‘tirgan. Xorazmshohlar davlatida
vazir mansabi birinchi marta sulton Otsiz davrida joriy etilgan.
Xorazmshohlar davlati tarixida o‘z vazifasini vijdonan bajargan,
mamlakatda sadoqat bilan xizmat qilgan va tarixda yaxshi nom
qoldirgan vazirlar ko‘p bo‘lib, ulardan eng mashhuri sulton Takash
hukmronligi davrida vazirlik qilgan Nizom-almulk Shamsiddin Mas‘ud
ibn Ali ad-xaraviy edi. Uning davrida Marv, Urganch kabi shaharlarda
machit, madrasa va qo lyozmalar saqlanadigan joy qurdirganligi tarixda
ma lum. Mo g ullar bosqinchiligi arafasida shoh Alovuddin Muhammad
vazirlik mansabini bekor qilib, uning o rniga oltita vakildorlardan iborat
kengash tuzgan edi. Bu Xorazmshohlar davrining oxirlarida tuzilgan
davlat kengashi bo‘lib, muhokama etilgan har bir masala yakdillik bilan
qabul qilinishi va qarorda kengash a‘zolari hammasining imzosi bo‘lishi
kerak edi. Devonlarning faoliyati saljuqiylar zamonasidagi tizimdan
deyarli farqlanmagan. Insho yoki tug ro devoni rasmiy hujjatlar,
yozishmalarni tuzish bilan shug‘ullangan. Moliya ishlari bilan istifo
devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy masalalar,
chunonchi, qo‘shinni qurol-aslaha bilan ta‘minlash, qo‘shin qismlari
shaxsiy tarkibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati,
harbiy ko‘riklar o‘tkazish kabilar bilan devoni arz yo jaysh
shug‘ullangan.⁶
Yana bir devon bo‘lib u devoni xos deyilgan. Haqiqatan ham bu maxsus
devon hisoblanib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton
mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Davlat
musulmon olamida qabul qilingan qonun chiqaruvchi-dargoh hamda
ijroiya-devonlar tizimida boshqarilgan, davlat boshlig i sulton
hokimiyatining huquqlari hech bir qonun-qoida bilan chegaralanmagan edi. Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat
kuchli harbiy aslzoda guruhlar, mustavfiy (daftardor hisobchilar),
qozilar, sadrlar va boshqa ko plab saroy mansablaridan iborat ulkan
arkoni davlat doirasi qurshab turar edi. Vakildorlar Davlat kengashi
tuzilishiga sabab ko chmanchi mo g ullar hujumi xavfining
kuchayganligida edi. Lekin mo‘g‘ullar xujumi xavfiga qarshi vakillar
kengashi birorta jiddiy qaror qabul qilganligi yoki chora-tadbir ishlab
chiqqanligi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Mamlakatdagi oliy mansablardan
yana biri- bu viloyatlar va nohiyalar vazirlari edi. Bu mansab faqat
Xorazmshohlar davlatida bo‘lgan. Bunday vazirlar odatda siyosiy
jihatdan muhim hisoblangan viloyatlarga, shaharlarga va nohiyalarga
tayinlanib, ular shohning maxsus topshiriqlarini bajarganlar. Oxirgi
Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi ha bir shaharga vazir tayinlangani
tarixdan ma‘lum. Xorazmshohlar davlati markaziy boshqarish apparatida
siyosiy ahamiyati jihatidan uchinchi o‘rinda turadigan mansab-buyuk
“hojib” mansabi edi. Odatda bu mansabga turk urug‘-qabila zadogonlari
vakillaridan tayinlangan. Hojiblar shohning shaxsiy xizmatida bo‘lib,
saroy tantanalari tartibini nazorat qilishgan, shaxsan shohga aloqador
masalalar yuzasidan unga axborot berib turgan, uning maxsus
topshiriqlarini bajargan va unga doimiy hamrohlik qilgan. Shoh
ixtiyoridagi maxsus topshiriqlarni bajaruvchi hojiblar ustidan nazorat
ishlarini amalga oshirish kotib-al-kabir (buyuk xojib)ga yuklatilgan.
Masalan, Xorazm shohlaridan Nizom-al-Mupini o‘zboshimchaligi,
xazina mulkini talon-taroj qilayotganini tekshirish va aniqlash uchun
yuborgan. Hojib Erboz vazirot devoni daftarlarini, mol-mulk ro‘yhatini
(jaroidni), arxivni (mahzan), kotiblarni va moddiy tassarrufining
faoliyatini tekshirish vakolatini olgan edi.⁷
Sulton Jaloliddin Manguberdi Hojib-al-xoss Xonberdini
qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i Bandar, Hojib al-xosa Badriddin Tutakchi
Sulton Jaloliddin nomidan ismoiliylar bilan muzokaralar olib borish
uchun yuborgan. Xorazm davlatida Hojiblar sulton-shohlarning maxsus
topshiriqlarini bajargan va hattoki uning nomidan qo shni davlatlar
hukmdorlari bilan muzokaralar olib borgan hamda elchilik vazifasini o
tagan. Hattoki xalifa muntaqsir elchisini qabul qilgan. Yuqorida ko rib otilgan davlatning asosiy amaldorlaridan tashqari shoh saroyida turli
mayda vazifalarni bajaruvchi mansabdorlar ham bo‘lgan: Ustozdir shoh
saroyidagi barcha xo jalik yumushlariga boshchilik qilgan. Otxona,
nonvoyxona, oshxona va saroy yugurdaklari uning ixtiyorida edi.
Ustozdir saroy sarfiyot xizmatlariga haq to lash uchun xazina hisobidan
xarajat qila olar edi. Keyingi saroy mansabdorlari qatoriga Amir-oxur
shoxning otboqari, amir-shikorovchilik ishlarini tashkil qiluvchi, toshdor
shoxning shaxsiy hammomini boshqaruvchi, tarobdor shoxni shaxsiy
mirzasi, amir-al-alam-tug dor va boshqa amaldorlar ham mavjud edi.
Xorazmshohlar qo shini o z zamonasi uchun g oyatda kuchli hisoblanar
va o z davrining eng yaxshi qurollari bilan jihozlangan edi. Bu
qo‘shinlarda odatdagi qurollardan tashqari qamal mashinalari ham bo
lgan. Bular orasida harakatchan minorlar, taranlar, hujum narvonlari
ajralib turgan. Z.M.Buniyotov bular Takash yorlig iga ko ra «olovdan
dahshatliroq, shamoldan ko ra tezroq» deydi. Xorazm yaxshi
tayyorgarlik ko rgan doimiy armiyaga ega edi. Doimiy armiya asosan
turklardan tuzilgan bo lib, qo shin bo linmalar qabilachilik asosida
tuzilgan edi. 1195 yilgi harbiy reestrga ko ra Xorazmshohlar 170
mingdan ziyod doimiy armiyaga ega edi. Ba zi tarixiy ma lumotlarda
Xorazmda 400 mingli armiya borligi qayd etilgan. Xorazmshoxlarning
shuningdek qullardan tuzilgan shaxsiy gvardiyasi (xaras) ham bor edi.
Xaras ko proq savdo karvonlarini kuzatib borgan. Qo shinlarning bosh
boshqarmasi devon-aljoyish bo lib, uni shoh tayinlaydigan sohib al
joyish (devon)- mohib devon al-ard boshqargan. Ba‘zi manbalarda
umum harbiy boshqaruv organi divani - arz dar jumlai- mamolik deb
ataladi. (Rashid-ad-din Vad-vad to plamida). Devon-al-joyish hrbiylarga
berilgan iqta ishlarini, hamma unvondagi harbiylarga maosh va boshqa
to lovlarni, qo shinlarni va ularning qurollanishi ro yxatga olish, xamma
jangchilarga maoshni (arzaq) o‘z vaqtida to‘lanishini, ularning barcha
zarur anjomlar bilan ta‘minlanishini tekshirib turgan. Buyuk viloyatlarda
mahalliy harbiy boshqarmalar ham tuzilgan. Xorazmshohlar
armiyasidagi eng muhim mansablardan ikkinchisi harbiy nazoratchi
Nazir-al edi. U ham sohib-al-divon al-joyish nazorati ostida ish olib
borar edi. Armiya qo‘mondonlari qayd yoki muqaddam deb atalib, eng
ish bilarmon, epchil amirlar (lashkarboshilar) bu mansabga tayinlangan. Ba‘zi hollarda viloyat hokimlari ayni bir vaqtning o‘zida mahalliy
qo‘shinlarga ham qo‘mondonlik qilgan. Viloyat qo‘shinlari qo‘mondoni
ham sohib-al-joyish unvoniga ega edi. Yangi viloyatlarni bosib olgandan
so‘ng, shu hudud yerlari amirlarga iqta tarzida in om qilingan va eng
katta xizmat ko‘rsatgan amirlarga amir-ul-umaro unvoni berilib, shu
hududiga amirlar oqsoqoli etib tayinlangan. 10 mingacha otliq askarlar
qo‘mondoni molik deb atalgan. Ularning ba zilariga jangda jonbozlik ko
rsatgani uchun xon unvoni berilar edi. Xorazmshohlar armiyasida
aloqachilar, razvedkachilar bo lib, ularni go vushlar va josuzlar deb
atashgan. Josuzlar g animning qo shinlavri holati, uning harakati va
maqsadlari haqida ma lumotlar to planganlar. Armiyada diniy ishlarga
qozi-yixasham yoki qozi-al-askar rahbarlik qilgan. Xorazm qo shinlari
yaxshi qurollangan bo‘lib, odatdagi qilich, nayza, kamon kabi
qurollardan tashqari manjaliq (katapul`t) tosh otar kabi hujumda
ishlatiladigan narvonlari, to‘sinlardan ham keng foydalanganlar.
Xorazmshohlar istehkomlar va qal‘alar qurishga katta e tibor berganlar.
Xorazmda har tomonlama baland va mustahkam qurilgan Ilal, Xo
rondiz, Qohri, Ardaxn kabi qal‘alar bo‘lganligi haqida tarixiy
ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Qal‘alardagi jangchilarga mustahfizlar
qo‘mondonlik qilgan.⁸
Xorazmshohlar davlatida politsiya va jazolash vazifalarini maxsus
otryadlarga rahbarlik qiluvchi shixnalar bajargan. Bu mansabga asosan
turk harbiy boshliqlari amir etib tayinlangan. Shixna hokimiyat uchun
xavfli bo lgan hamma ishlarni nazorat qilgan. Har bir bosib olingan
viloyat va nohiyalarga zudlik bilan shihnalar tayinlangan.
Xorazmshohlar davlatida qo shinlarning tashkiliy tuzilishi, hujum yoki
mudofasida qo llaniladigan harbiy harakatlar tuzugi arab qo shinlari
tuzilishidan oligan bo lib, ilg or-o ng qanoat markaz- chap qanoat
ar`ergard va zasada (xofiya) qismlardan iborat edi. Harbiy harakat yoki
urush e lon qilishdan oldin yirik qo mondonlar, ulamolar, fakihlar,
munajjimlar ishtirokida kengash o tkazilar va shu kengashda ishlab
chiqilgan reja asosida harbiy harakat boshlanar edi. Xorazmshohlar
davlatida XIII asrning boshlarida mo g ullarning O rta Osiyoga istilosi
(bosqinchiligi) boshlanishi arafasida Xorazmshohlarni Anushteginlar sulolasining so nggi xukmdori Ala-ad-din Muhammad davrida ichki
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlari, o‘zaro nizolar kuchayib ketdi.
Bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Chingizxon
boshchiligidagi mo g ullar Xorazmni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.
Elarslon otasi davrida Xorazmning bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi
turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki
ishlariga ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo‘shin bilan
Movarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan
qoraxoniylar ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib
borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun
olib borgan janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari
yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur
bo‘ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish qilgan bo‘lsada,
muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta
qo‘shini Xorazmshohning o‘lponini o‘z vaqtida to‘lamayotganligini
bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi.¹⁰
Elarslonning buyrug i bilan Sirdaryodagi katta to‘g‘on buzib tashlandi
va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini
qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganch (Urganch) ni talon
taroj qilishdan saqlab qoldi. Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida
Elarslon vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o‘g‘li
Sultonshoh egallaydi. Elarslonning katta o’g’li Alouddin Takash
qoraxitoylar yordami bilan ukasi Sultonshohdan taxtni tortib olishga
erishdi. Sultonshoh Xurosonga qochishga majbur bo‘ldi. SHundan so‘ng
Alouddin Takash (1172-1201) Xorazmda mahkam o‘rnashib,
qoraxitoylarga vada bergan o‘lponni to‘lashdan bosh tortadi. Unga
javoban qoraxitoylar Xorazmga yana yurish qiladilar, lekin
muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga bir kichik qo‘shin
qoldirib o‘zlari orqaga qaytadilar. Sultonshoh esa qo‘shin bilan Marv
shahrini, Seraxs va Tusni egalladi. Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz
yurishlaridan keyin, Takash o‘z davlatini yanada mustahkamladi.
Movarounnahrga, Xurosonga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi.
U Movarounnahrni egallay olmagan bo‘lsada, lekin Xurosonni bir necha tumanlarini bosib oldi. Lekin Xorazshoh Takashning Xurosonda kuchli
va xavfli raqibi bor edi. Bu tobora kuchayib borayotgan g‘uriylar davlati
edi. G‘ur viloyati hozirgi Afg‘onistondagi Gerirud daryosi bo‘yida,
Hirotdan Balxgacha, Qobuldan g‘aznagacha cho‘zilgan viloyat bo‘lib,
bu yerda asosan forsiy qabilalar yashagan. So‘nggi Saljuqiylar davrida
G‘ur viloyati o‘z mustaqilligini ancha mustahkamladi. 1150-1151
yillarda g‘uriylar hokimi Alouddin g‘aznaviy sulosasi sultoni
Bahromshoh ustidan g‘alaba qozonib, G‘azna shahrini vayron qilgan
edi. G‘aznaviylarga so‘nggi zarbani 1186-1187 yillarda g‘uriylar hokimi
g‘iyosiddin Muhammad berdi. SHundan so‘ng g‘uriylar hozirgi
Afg‘onistonni hamda Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlarini
ham ma‘lum vaqt egallab turdilar¹¹
Xurosonda Saljuqiylarning kuchsizlanganidan foydalanib, g‘uriylar
sultoni g‘iyosiddin Muhammad 1175 yilda Hirotni egalladi va
Xurosonning markaziy hududlariga hujumlar uyushtirib turdi.
Qoraxitoylarning vassali hisoblangan Xorazmshoh Takash esa Xorazmni
qoraxitoylar qo‘lidan qutqarish uchun katta kuch sarflashga majbur
bo‘ldi. Faqat XII asrning 80-yillarida u Xurosonni ba‘zi bir hududlarini
qo‘lga kiritdi. 1187 yilda u Nishopurni, 1192 yilda Ray shahrini, 1193
yilda Marv shahrini egalladi.¹²
Bag‘dod xalifasi Nasr (1180-1225) va g arbiy Saljuqiylar sultoni
Tug‘rul II o‘rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194-
yilning mart oyida Tug‘rul II ga qarshi urush ochdi va uni yengib
Hamadon shahrini egalladi. Tug‘rul II esa jangda o‘ldirildi.
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa
Nasr qo‘shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyul oyida
xorazmliklar xalifa qo‘shinlarini yengdilar. SHu tariqa Eronning katta
qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va davlati, hududi birdaniga ikki
baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar
va g‘uriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. 1200 yilda Takash vafot etdi
va shundan keyin Iroqda xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Bu yerdagi Xorazm
qo‘shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xurosongacha
kelishga majbur bo‘ldi. Xorazmshohlar ichida Takash eng talantli lashkarboshi va hukmdor edi. U juda og‘ir vaziyatda Old Osiyo va O‘rta
Osiyoning katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq
bo‘ldi. Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o‘zining xotini
Turkonxotun, mansub bo‘lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar
berdi. Ularni doimo qo‘llab quvvatladi. Turkonxotunning davlat
ishlariga aralashuvi Xorazmdagi ichki nizolarini kuchayishiga olib keldi.
Takashning o‘limidan keyin Xorazm taxtiga uning o‘g‘li Alouddin
Muhammad o‘tirdi (1200-1220). 1203-yilda Muhammad
qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni
va yaqin atroflarini egalladi, 1207-yilda u o‘z poytaxtiga qaytib,
Movarounnahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. SHu
yilning o‘zidayoq Muhammad Movarounnahrga katta kuch bilan harbiy
yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni
edi. Bu qo‘zg‘olon 1206-yilda Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn
Abdulazizga qarshi qaratilgan edi¹³
Buxoro sadrlariga xos barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi.
U xalqdan katta soliqlar olib ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy
rahbar bo‘lishiga qaramasdan ayshu-ishratga, ovga mukkasidan ketgan
edi. Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari
shahar hunarmandlari edi, qishloq aholisi-dehqonlar bu harakatni
qo‘llab-quvvatladi. Bu qo‘zg‘olonning boshlig‘i qalqon yasovchi
ustaning o‘g‘li Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo‘zg‘olonchilar Sadr
Muhammadni quvib chiqardilar. U qoraxitoylardan yordam so‘radi.
Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib,
Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga
qo‘shib olish boshlandi. Qo‘g‘olonchilarning boshlig‘i Malik Sanjar
Urganchga olib ketildi. Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar
zulmidan qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad
Xorazmshoh Qoraxitoylarning vassali bo‘lgan Samarqand hokimi
(qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do‘stona munosabat o‘rnatdi.
Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular
shaharni bosib oldilar. Bu vaqtda mo‘g‘ul qabilalaridan biri bo‘lgan
naymanlar qoraxitoylarning Yettisuvdagi yerlariga bostirib kirdilar.
SHuning uchun qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar. Qoraxitoylarning qiyin ahvolga tushib qolganidan
foydalangan Xorazmshoh Samarqandni egallab qoraxitoylar ustiga
yurish qildi va Talas vodiysida 1210-yilda qoraxitoylar qo shini ustidan
g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba tufayli Muhammad Xorazmshohning ahvoli
ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning
to’liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo‘ldi. Muhammad
Xorazmshohning qoraxitoylar bilan birinchi janggi 1207 yili
muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi. Sulton 1209 yili navbatdagi o‘lpon
yig‘ish uchun kelgan qoraxitoylar elchisi Tushi olib kelgan yorliqni
namoyishkorona yirtib tashlab, uni o‘limga mahkum etadi.¹⁴
1210 yili sentabr oyida Sirdaryo bo‘yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar
bilan bo‘lgan hal qiluvchi jangda esa qoraxitoylar to liq mag lubiyatga
uchrab, ularning lashkarboshchisi Tayangu o ldiriladi. Movarounnahr
butkul Xorazmshoh qo liga o tib, hamma joylarda sadoqatli kishilar
hokim etib tayinlandilar. Qoraxoniylar xoni Usmonxon xorazmshohlar
vassaliga aylanib, Sultonning qizi Xon-Sultonga uylanadi. Qoraxitoylar
ustidan qozonilgan g‘alaba musulmonlarning «g‘ayridinlar» ustidan
«buyuk g‘alabasi» deb ta‘riflanib, sulton farmoniga ko‘ra musulmon
olamining hamma o‘lkalariga bu xususda maxsus xitobnomalar
tarqatildi. Mazkur g‘alabadan o‘ta ruhlangan Sulton Muhammad
Xorazmshoh o‘ziga «Iskandari Soniy (ikkinchi Iskandar)» va
saljuqiylarning buyuk sultoniga taqlid qilib «Sulton Sanjar» unvonlarini
oladi. Davlat muhriga esa «zil Allohi fil ard» (Ollohning yerdagi soyasi)
deb «kamtarona» yozdirishni buyuradi.
Dostları ilə paylaş: |