qat‘i (standart) narxlar va
o‗zgaruvchan narxlar qo‗llaniladi. Shunday tovarlar borki,
iste‘molchilar ularning narxi o‗zgarmasligini afzal ko‗radi. Masalan,
kommunal xizmat, transport xizmati ta‘riflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxlari – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan
bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga
keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha
subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‗unlashtirishga imkon
beradi.
Narx diapazoni narxlar oralig‗ining puldagi ifodasidir. Narx
diapazoni quyi, o‗rta va yuqori narxlarni o‗z ichiga oladi. Narx
diapazoni qanchalik katta bo‗lsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz
beradi, chunki talab bilan narx o‗zaro bog‗lanadi.
Bozor ko‗lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va
xalqaro narxlar mavjud bo‗ladi.
Hududiy narx faqat ma‘lum hududiy
bozorga xos bo‗lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta‘siridan hosil
bo‗ladi.
Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va
ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat
doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni,
tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi.
Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni,
tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro
bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‗lsada, ular bir-biri bilan o‗zaro
bog‗langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish
samarasi o‗z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan
tushuncha bor, u
narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi
104
jarayonlar bir-biriga bog‗liq bo‗lganidan narxlar bir-birini yuzaga
chiqaradi.