III BOB. CHODAK RUDA KONINING QUYI GORIZONTLARI UCHUN QAZIB OLISH TIZIMINI TANLASH 3.1. Chodak ruda konini qazib olish tizimi Qazib olish - bu qaziladigan uchastkadan rudani massivdan ajratib olib, hosil bo‘lgan bo‘shliqning turg‘unligini saqlab turishga qaratilgan turli texnologik jarayonlar majmuidir.
Qazib olish tartibi - qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan bo‘shliq harakteri bilan harakterladi.
Qazish ishlari texnologiyasi deganda, foydali qazilmani samarali va xavfsiz qazib chiqarish jarayonlarini ma'lum mexanizasiya vositalari yordamida qazib olish, hamda ishni tashkil qilishni o‘zaro bog‘lab olib borishni ta'minlaydigan, qazish uchastkasi hududida joylashgan kon lahimlari majmuasining bunyod etilishi tushuniladi. Foydali qazilmalarni qazish ikki ko‘rinishda, ya'ni qazilmaning agregat holatini o‘zgartirmasdan qazish va o‘zgartirib chiqarib olish ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Bu tizimni boshqa tizimlardan farq qiladigan asosiy xususiyati shundan iboratki, blokdagi qazilgan boʼshliq qazish jarayonida qoʼporilgan ruda massasi bilan toʼldiriladi. Ular massivdagi holatiga nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi. Shuning uchun qoʼporilgan rudaning 30% ga yaqini yuk tashiladigan gorizontdagi shtrekga chiqarib turiladi, ship bilan qoʼporilgan ruda massasi oʼrtasidagi balandlik 2 m ga yaqin boʼshliqdan iborat boʼladi. Blokdagi ruda zaxirasini qoʼporib qulatib boʼlganidan soʼng, rudaning hammasi blokdan chiqariladi. Hosil boʼlgan boʼshliq odatda ochiq qoldiriladi, juda kam hollarda toʼldiruvchi materiallar bilan toʼldiriladi yoki ship jinslarini yalpi qulatib boʼshliqni toʼldiradi. Qazilgan boʼshliqni ochiq qoldirib, qazib olish tizimidagi kabi yondosh jinslarning turgʼunligini taʼminlash uchun qavatlar va kameralar, bloklararo seliklar va rudasiz uchastkalar qoldiriladi. Blokni qazib olish jarayonida qoʼporilgan ruda, yondosh jinslarni qatlamlanib koʼchishiga toʼsqinlik qiladi. Qoʼporilgan ruda, kavjoyda ishchilar uchun turadigan joy-asos vazifasini bajaradi.
Magazinlab qazish tizimi ruda va yondosh jinslar mahkam, turgʼun boʼlgan holatda qoʼllaniladi. Qoʼporilgan ruda zichlashib qolmasligi, oksidlanmasligi va oʼz-oʼzidan yonmasligi kerak. Ruda tanasining ogʼish burchagi 55-600 dan kam boʼlmasligi shart. Bu tizim tikka yaqin burchak bilan joylashgan, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha boʼlgan, tomirli ruda konlarini qazib olishda keng qoʼllaniladi.
Rudaning qimmati faqat variantlarni tanlashga taʼsir etadi: qimmatbaho rudalarni qazib olishda ularni yoʼqotilish miqdorini kamaytirish uchun qavatlar va bloklar aro seliklar tirgak mustahkamlagichlar bilan almashtiriladi. Tomirli konlarni qazib olishda, magazinlar qazib olish tizimi MDH davlatlarida 50% ga yaqinini tashkil etadi. Bu tizim, tomirli konlarni qazib olishda AQSh, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir. Rudani qoʼporib olish usuli boʼyicha bu tizim uch guruhga boʼlinadi: magazindagi rudani shpurlab qulatish; maxsus lahimdan turib qoʼporib qulatish; rudani chuqur skvajinalar qoʼllab qulatish. Koʼproq xilma-xillikligiga, birinchi guruh tizimlari kiradi, bunda magazinni hosil qilish usuli va shakli boʼyicha ikkita turga ajratish mumkin: qoʼporilgan rudani toʼliq magazinlab, qazilgan boʼshliqni qavat yoki blok balandligi boʼyicha toʼldirish; qoʼporilgan ruda bilan qavatni yoki blokni bir qismi toʼldiriladi (qatlam, qavat osti). Ikkinchi guruh magazinlash va qazilgan boʼshliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimi oraligʼidagi oʼtuvchi guruh boʼlib, ularning qaysi bir guruhga boʼlsa ham baʼzi elementlarni hisobga olgan holda kiritish mumkin.
Qazish tizimini tanlab olishga juda ko‘p kon-geologik va kon-texnik omillar ta'sir etadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Ruda tanasi qalinligi qazish ishlari va kon lahimlarini o‘tkazish texnologiyasiga ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, yupqa va o‘rtacha qalinlikka ega bo‘lgan ruda tanalari, shuningdek, qalin o‘ta qiya joylashgan qatlamlarning bir ismi butun qalinligi bo‘yicha qazib olinadi, qalin yotiq tanalar esa tabaqalarga ajratib qazib olinadi. Ruda tanasi og‘ish burchagi rudani kavjoy bo‘ylab tashishga ta'sir etadi: og‘ish burchagi 20–25° gacha bo‘lganda foydali qazilma mexanik vositalar yordamida tashilsa, og‘ish burchagi katta bo‘lgan sharoitlarda ruda o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida tashish shtrekiga tushadi. Ruda tanasi atrof jinslarining parchalanini yoki ohista egilish xususiyati kon bosimini boshqarish usulini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jinslarning bu xususiyati qazish ishlarini mexanizasiyalash vositalariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Turg‘unlik xususiyati esa kon-tayyorlov lahimlarini qatlam orasidan yoki kon jinslari orasidan o‘tkazish lozimligini belgilab beradi. Massivdagi geologik buzilishlar uni qazib olish ishlarini murakkablashtiradi. Shu sababli qazish tizimini tanlash va uning elementlarini asoslash, shuningdek, qazish jarayonlari uzluksizligini ta'minlash masalalarini geologik buzilishlarni hisobga olgan holda hal qilish lozimdir. Qazish tizimini tanlashga kon jinslarining darzdorligi, ularning yo‘nalishi, og‘ish burchagi, ruda tanasi qalinligi, qazish chuqurligi, qazib olish yo‘nalishiga mos kelishi yoki kelmasligiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Darzliklarning mavjudligi va ularning yo‘nalish tarzi kavjoylarini cho‘ziqlik bo‘yicha qanday joylashtirish lozimligi, kavjoy oldi bo‘shlig‘i shipining turg‘unligi, mehnat unumdorligi va xavfsizligi kabi ko‘rsatkichlarga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
Qazish tizimini tanlashga ta'sir etuvchi omillar soni juda ko‘p. Shu sababli ularning har birini o‘rganib, qazish ishlari tizimini tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qazib olish tizimining qo‘llanilish sharoiti.Qazib olish tizimining asosiy 8 ta sinf mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega. Har bir guruhning o‘z qo‘llanilish sharoitlari mavjud. Masalan, qazib olish yo‘nalishi, ruda tanasining yotish elementlari, cho‘ziqlik bo‘yicha shakllari, ruda tanasi qalinligi, qiyalik burchagi, qazish chuqurligi, atrof tog‘ jinsi mustahkamligi, kon-geologik, kon-texnik sharoitlari, massiv turunlik ko‘rinishlari, ruda tanasi shakli, fizik-mexanik xususiyati, darzdorligi,foydali qazilmaga qo‘yilgan tannarx kabi omillarga tayanadi.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:
1. Xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
2. Mehnat unumdorligining texnikaviy - iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishiga erishish, mahsulotni yuqori sifatli bo‘lishini ta'minlash, kapital qo‘yilmalarning yuqori samaradorligi va foydaliligi, rudani qazib olish va qayta ishlash jarayonida imkon darajasida foydali komponentalar kam yo‘qotilishiga, mahsulot tannarxining minimal o‘lchamda bo‘lishiga erishishdan iborat.
3. Rudnikning berilgan qazib chiqarish rejasini va ruda sifat ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini ta'minlash.