27
6 – LABORATORIYA ISHI
DVIGATELNING MOYLASH TIZIMI TUZILISHI VA
ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
6.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Dvigatelning
moylash tizimining tuzilishi, ishlash prinsipini va
detallarining konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
6.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Dvigatel detallarining ishqalanib ishlashi ularning yeylishiga va
qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal
yuzalariga uzluksiz ravishda moy yuborib turish zarur.
Bu vazifani
dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Moylash tizimi dvigatel
ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy
yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi
yuzalar qisman soviydi,
yeyilishi ko‘payadi va detallarning yeyilishiga sababchi moyga
yopishgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy
keyin filtrlanadi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida
asosan kombinatsiyalashgan
moylash tizimi qo‘llaniladi. Bunday moylash tizimida zo‘riqib
ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy yuboriladi.
Bunday yuzalarga tirsakli va taqsimlash vallarining podshipniklari
(ayrim dvigatellarda taqsimlash valining mushtchalari ham),
koromislo vtulkalari kiradi. Qolgan ishqalanuvchi yuzalarga
sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi.
Unday yuzalarga silindr
devorlari, porshen va porshen halqalari, porshen barmoqlari,
taqsimlash valining mushtchalari, turtkichlar, klapanlar sterjeni kiradi.
Kombinatsiyalashgan moylash tizimiga
quyidagi mexanizm va
tuzilmalar kiradi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, moy nasosi, moy
filtrlari, moy radiatori, moy kanallari, moy klapanlari.
Moy nasosi
moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining
ishqalanuvchi
yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish
tuzilmalaiga yuborish uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellarida,
asosan, shesternali nasoslardan foydalanib, ular oddiy tuzilgan va
ishonchli ishlaydi.
28
6.1 – rasm. Moylash tizimining oddiy sxemasi: 1 – mayin filtr;
2 – termometr; 3 – moy radiatori; 4 – saqlagich klapahi; 5 – jo‘mrak;
6 – moy qabul qilgich; 7 – moy nasosi; 8 – reduksion klapan;
9 – o‘tkazish klapani; 10 – dag‘al filtr; 11 – manometr; 12 – asosiy
moy kanali; 13 – tirsakli valning o‘zak bo‘yinlari; 14 – taqsimlash
valining bo‘yinlari; 15 – koromislo o‘qi; 16 – moy sathini o‘lchagich;
17 – moy quyish bo‘g‘zi patrubogi.
Moy filtrlari
moyni dvigatel yeyilishi natijasida hosil bo‘lgan
metall zarrachalaridan va boshqa ifloslantiruvchi
elementlardan
tozalaydi. Moy filtrlari to‘la o‘tkazuvchi, ya’ni moylash tizimiga
ketma-ket ulanib moyning hammasi filtrdan o‘tkaziladi. Moy
filtrlari dag‘al va mayin moy tozalash filtrlariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: