237
Ko‘rsatma: Uy, daraxt va odam (butun bo‘yicha) rasmini chizing. Rasmda
qandaydir ish harakatni tasvirlashga harakat kiling.
Odamning karikaturasini
chizmang.
So`ng ishlab chiqilgan reja bo`yicha suhbat o`tkaziladi
Olingan ma’lumotlarni
qayta ishlashda uy,
daraxt va odam rasmini
chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida qaraladi:
-
agar daraxt rasmi birinchi bo‘lib chizilgan bo‘lsa, bunda inson uchun
asosiy bo‘lgan narsa-hayotiy energiya (quvvat);
-
agar uy birinchi navbatda chizilgan bo‘lsa, birini o‘rinda inson uchun
xavfsizlik, muvaffaqiyat yoki bu tushunchalarning rad etilishi turadi.
TESTDAGI BELGILAR TAVSIFI
UY
Eski uy –
subektning o’ziga bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Uzoqdagi uy –
biror narsadan yuz o’girish (xo’rlanganlik)
Yaqindagi uy –
ochiq ko’ngillik, mehmondo’stlik, iliq xissiyotlar.
Uy o’rniga uning rejasi (tepadan loyihalashtirilgani) –
jiddiy konflikt
Turli qurilishlar –
uy egasiga nisbatan agressiyaning namoyon bo’lishi.
Deraza – eshigi yopiq uy –
subekt shaxslararo munosabatga kirishib
ketishi holatida.
Faqat devorning o’ziga (eshiksiz) chizilgan zina –
reallikni to’g’ri
baholashga halaqit beradigan konfliktli vaziyatning namoyon bo’lishi.
Subektning izolyatsiyalanganligi (hatto uning o’zi samimiy munosabatga
kirishishni istasa ham).
Dostları ilə paylaş: