O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Raven testi (Progressiv matricalar)



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Raven testi (Progressiv matricalar).
Raven testi (Progressiv matricalar) noverbal intellekt testi bo`lib

testing 1-
redaktciyasi 1936 yilda L.Penroue va Dj.Raven tomonidan bolalar diagnostikasi 
uchun ishlab chiqilgan. Testning kattalar uchun varianti 1960 yilda yaratilgan. 
 
Metodika geshtaltpsixologiya nazariyasi asosiga qurilgan. Har bir topshiriq 
o`zaro bir biri bilan bog`liq elementlardan tashkil topgan yaxlit, bir butun 
tuzilma sifatida qaraladi. Sinaluvchi dastavval keng miqyosda matritcani 
baholaydi. So`ngra tasvirni alohida elemenrlarga ajratadi ( differentciatciya 
qiladi ). Yakuniy bosqichda ajratib olingan elementlar yaxlit obrazga 
birlashtiriladi. Shu tariqa tasvirdagi etishmayotgan qism ajratib olinadi. 
Testning 3 ta shakli mavjud. 
-
Birinchi shakli (oxirgi redaktciyasi 1996 yilda) standart oq-qora 
progressive matritcalar bo`lib, 8 yoshdan 65 yoshgacha bo`lgan sinaluvchilarda 
qo`llash uchun mo`ljallangan. Ushbu shakl 60 ta matritcadan iborat bo`lib, 5 ta 
seriyaga ajratilgan (A,B,C,D,E). 1-seriyada matritcada tasvirlangan rasmni 
tulmaviy tarkibiy qismlarga bo`lish, differentciatciya qilish talab etiladi. Keyingi 
seriyalarda topshiriqlar ancha murakkab bo`lib, analogiya bo`yicha fikrlash, 
o`rnini o`zgartirish, figuradagi murakkab o`zgarishlar tamoyillarini tushuna 
olish, aqliy harakatlar taqozo etiladi. 


97 
-
Ikkinchi shakli ( oxirgi redaktciyasi 1960 yil) rangli progressiv 
matritcalar. 5 yoshdan 11 yoshgacha, shuningdek, qarilik davri (60-89 yosh) 
hamda aqlan qoloq katta yoshli sinaluvchilarni diagnostika qilishda 
foydalaniladi. Ushbu shakl 36 ta matitcadan tuzilgan bo`lib, 3 ta seriyaga 
bo`lingan. Topshiriqlarda tasvirdagi etishmayotgan qismni to`ldirish vazifasi 
qo`yiladi. 
-
Uchinchi shakli (oxirgi redaktcyasi 1994 yilda) yuqori murakkablikdagi 
progressive matritcalar bo`lib, intellektual taraqqiyot darajasi yuqori bo`lgan 
katta yoshdagilar va o`smirlarni diagnostika qilish uchun maxsus ishlab 
chiqilgan. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin