PIKTOGRAMMA METODIKASI.
Metodikani o‘tkazishdan maqsad: Piktogramma metodi yordamida
assotsiativ jarayonlar, yodga tushirish va fikrlash xususiyatlari aniqlanadi.
Metodikani o‘tkazish tartibi: Sinaluvchiga stimul so‘zlar yozilgan qog‘oz
berilib, har bir so‘zni ramziy rasmlar orqali ifodalash taklif etiladi. Rasmning
sifati ahamiyatga ega emasligi ta’kidlanadi.
Stimul so‘zlar:
1.
Kasallik.
9.
Bilim.
2.
G‘am-qayg‘u.
10.
Bayram
3.
Xursandchilik.
11.
Boylik
4.
Sevgi- muhabbat.
12.
Keksa kishi.
5.
G‘alaba.
13.
Vrach
6.
Do‘stlik.
14.
Baxt
141
7.
Urush
15.
O‘qituvchi
8.
Xayrlashuv
16.
Bilim.
Tajriba bayonnomasida shaxsning rasm va uning izohi haqidagi fikrlari
yozib boriladi. Sinaluvchi chizgan rasmlarni iloji boricha kengroq izohlab
berishi kerak. Eksperimentator quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
1.
Stimul so‘z bilan chizilgan rasmning o‘zaro bog‘liqligi;
2.
Sinaluvchining so‘zlarni qanchalik ramzlar yordamida ifoda eta olishi;
3.
Piktogrammaning hissiy boyligiga e’tibor berish.
RAVENNING “PROGRESSIV MATRITSALAR” TESTI.
Dj.Ravenning “Progressiv matritsalar” testi 1936 yillarda yaratilgan
bo‘lib, unda har biri 12 ta topshiriqdan iborat 5 seriyali topshiriqlar
mujassamlashtirilgan. Ushbu test tafakkur mantiqiyligini o‘rganish uchun
mo‘ljallangan. Test to‘plamlari to‘g‘ri burchak shaklidagi matritsalardan tashkil
topgan bo‘lib, o‘zida mantiqiy yaxlitlikka, ma’lum qonuniyat va qoidalarga
asoslanib tuzilgan har xil figura va figuralar to‘plamidan iborat . Masalan,
qandaydir qismida etishmovchilik mavjud bo‘lgan rasm va tasvirlar berilganki,
tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan va 6 yoki 8
gacha bo‘lgan javoblar variantidan birini mos o‘ringa qo‘yishi lozim bo‘ladi.
Har
bir
seriya
engil
topshiriqlardan
boshlanib,
keyinchalik
murakkablashib boraveradi. Bu holat A seriyadan boshlanib, E seriyada yanada
murakkabroq ko‘rinish oladi.
Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda ma’lum shakllarni idrok
etishni, ularning xususiyatlarini qamrab olish lozimligini, munosabatlar
yig‘indisiga asoslanganligi tufayli har bir topshiriqni bajarishda ma’lum
mantiqiy mulohazalashni talab etadi.
Topshiriqlarni echishda uchta asosiy psixik jarayonlar ishtirok etadi:
-
diqqat , e’tiborlilik(diqqat idrok va tafakkur doirasidan
ajratiladi);
-
idrok etuvchanlik;
142
-
tafakkur, tushunuvchanlik.
Topshiriqlarni echish vaqtida diqqatda ancha zo‘riqish paydo bo‘ladi.
Shunday
bo‘lsa-da
uni
tekshiriluvchining
topshiriqlarni
echishdagi
qiziquvchanligi engilashtirishga olib keladi. Topshiriqlarni bajarish sharoitida
diqqatni to‘plashni va uning taqsimlashni talab etadigan holatlar ko‘p uchraydi.
Bu erda diqqatdan tashqari iroda va emotsiyaning ham ahamiyati ko‘zga
tashlanadi. Shu sababali ham Ravenning«Murakkablashib boruvchi
matritsalari» «umumiy intellektni» tekshiruvchi test emas, balki intellektual
faoliyatni rejali, tizimlashganlik qobiliyatini tekshirishga qaratilgan.
Raven testi topshiriqlarining alohida seriyalar bo‘yicha tavsifini keltirib
o‘tish o‘rinlidir. Bu holatini inobatga olishimiz tadqiqot natijalariga ko‘ra test
topshiriqlarini tahlil etishimizda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi va bizga ma’lum
engilliklar tug‘diradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, matritsa shkalalari 5 seriya
topshiriqlardan tuzilgan bo‘lib, Raven ularni quyidagi tamoyillarga muvofiq
tartiblagan edi:
A) seriya topshiriqlari tuzilmasi o‘zaro aloqadorlik tamoyiliga;
B) seriya topshiriqlari juft figuralar orasidagi o‘xshashlikka(analogiya);
C) seriya topshiriqlari figuralaridagi progressiv o‘zgarishlarni aniqlash
tamoyili;
D) seriya topshiriqlari seriya topshiriqlari figuralarni qayta guruhlash
tamoyili;
E) seriya topshiriqlari figuralarni elementlarga ajratib tashlash tamoyiliga
tayanib tuzilgan.
Shuningdek mazkur metodikaning qisqartirilgan modifikatsiyasi ham
mavjud. Testning ushbu shakli tadqiqot o‘tkazishda kam vaqtni talab etishi va
test topshiriqlarining kamligi bilan qulaylik yaratadi. Sinaluvchiga turli
figuralardan iborat rasmlar namoyish qilinadi. Keltirilgan rasmda bitta figura
etishmaydi. Sinaluvchining vazifasi rasm pastida keltirilgan 6-8 figuradan mos
143
keladiganini javob varaqasiga belgilash. Metodikani bajarish uchun 30 daqiqa
vaqt beriladi.
Stimul materiallar:
144
145
146
147
Test kalitiga mos kelgan to‘g‘ri javobga ko‘rsatilgan ball, noto‘g‘ri
javob uchun esa 0 ball beriladi.
Dostları ilə paylaş: |