O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Xo'jalik faoliyati jarayonida moliyaviy nazoratni o'rnatish va uni yuritish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə49/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

3-Mavzu nomi: Xo'jalik faoliyati jarayonida moliyaviy nazoratni o'rnatish va uni yuritish.

Shuningdeq ta’kidlash joizki, Byudjet kodeksi loyihasining "davlat moliyaviy nazorati" bo’limi tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida"gi Qonun, Hisob palatasi va Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi nizomlarini hisobga olgan holda hamda Oliy auditorlar instituti xalqaro tashkilotining (INTOSAI) davlat moliya nazoratini olib borish bo’yicha tavsiyalariga ko’ra ishlab chiqildi.


Shunday qilib, Byudjet kodeksi qabul qilinishining asosiy maqsadlaridan biri - amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yuqorida qayd etilgan amaliy kamchiliklarini bartaraf etish, amaliyotda o’zini oqlagan me’yorlarni tadbiq etish, shuningdeq xalqaro tajribani hisobga olgan holda byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida butun byudjet jarayonini tartibga soluvchi yagona qonun hujjati ishlab chiqildi.
Qabul qilingan Byudjet kodeksi quyidagi qator yangiliklarni nazarda tutadi:

  • tartibga solishning yagona printsiplarini ham O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, ham davlat maqsadli jamgarmalariga qo’llash;

  • byudjet jarayonining barcha qatnashchilari vakolatlarini hamda ularning o’zaro munosabat mexanizmlarini belgilash;

  • byudjet jarayonining barcha bosqichlarini (byudjet tizimi barcha byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, nazorat qilish, hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, byudjetlararo munosabatlar) yagona va yaxlit qonun xujjatida tizimlashtirish;

  • maxalliy byudjetlar daromadlar manbalarini mustahkamlash orqali byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, byudjetlarning barcha darajalari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash va uzaro hamkorlik.

Byudjet kodeksining tuzilmasini o’rganishda byudjet munosabatlarini tizimlashtirish imkonini beruvchi hamda byudjet tizimining ochig’ligi va barqarorligini ta’minlovchi 2 ta qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddani tahlil qilish kerak Byudjet kodeksida byudjet tuzilmasi, byudjet sohasidagi vakolatlar, byudjetni tuzish va qabul qilish, uning ijrosi me’yorlari va qoidalari, davlat tomonidan mablag’larni jalb qilish, byudjet hisobi va hisoboti, byudjet ijrosi yuzasidan nazorat va byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik asoslari aks ettirilgan.
Qabul qilingan Byudjet kodeksida byudjet sohasidagi vakolatlarga aniqlik kiritildi. Bunda qonunchilik bazasi bilan amaliyot o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida Davlat moliyasini boshqarish jarayonidagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlari to’liq qayta ko’rib chiqildi.
Amalda bo’lgan qonunchilikda faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari va Moliya vazirligining vakolatlari belgilangan bo’lsa, Byudjet kodeksida barcha byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari aks ettirildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Mahalliy Hokimiyat vakillik organlari va Mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, hududiy moliya organlari, byudjet mablag’larini taqsimlovchilar, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning vakolatlari alohida moddalarda aks ettirildi.
Ta’kidlash joizki, hozirga qadar amalda bo’lgan byudjet qonunchiligida bazaviy xarajatlar smetasi ro’yxatdan o’tkazilguniga qadar byudjetni ijro etish tartib- tamoyillari etarlicha yoritib berilmaganligi bois, amaliyotda vaqtinchalik xarajatlar smetasi o’z vaqtida ro’yxatdan o’tkazilmay qolishi oqibatida yil boshida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirishda kechikish holatlari tez-tez uchrab turardi.
Bu kabi muammolar Byudjet kodeksida o’z echimini topgan.
Avvalgi byudjet qonunchiligida byudjet tashkilotlari hodimlarining ish haqlari naqd pul to’lovini kechiktirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Bu esa joylarda shu kabi muammolar uchrab turishiga sabab bo’lardi.
Byudjet kodeksining 187-moddasi bilan: "Byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to’lash uchun pul mablag’lari berilishini, shuningdeq pensiyalarni etkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag’lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish" - byudjet intizomini buzish, deb belgilandi.
Byudjet hisobining asoslari, byudjet hisobotlarining shakllari, shuningdeq byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotni tashqi audit qilish masalalari nazarda tutildi. Byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibi joriyqilindi.
Bundan tashqari, Byudjet kodeksida byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi (chop etilishi) majburiyligi normasi nazarda tutilgan, bu esa yangi kiritilgan byudjet tizimi ochiqligi printsipiga va byudjet ma’lumotlari e’lon qilinishining xalqaro standartlariga muvofiq keladi.
Byudjet kodeksida byudjet ijrosi yuzasidan nazoratga alohida etibor qaratilgan. Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi yuzasidan nazorat byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri bo’lgani holda, amaldagi bo’lgan qonunchilikda byudjet ijrosi yuzasidan nazorat "Byudjet tizimi to’g’risida"gi Qonunning bitta moddasi (38- modda) va boshqa qonunosti hujjatlarining bir nechta qoidalari bilan tartibga solingan.
Shu munosabat bilan Byudjet kodeksida:

  • davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar tizimi aniq belgilab qo’yildi;

  • davlat moliyaviy nazoratining printsiplari, shakllari va usullari aks ettirildi;

  • davlat moliyaviy nazoratining shakllari va turlari tasniflandi;

  • nazorat organlarining vakolatlari, shuningdeq davlat moliyaviy nazorat organlari hamda moliyaviy nazorat obyektlari mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilandi.

Qayd etish lozimki, Byudjet kodeksiga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarni yakuniy nazorat qilish tartiblarini belgilovchi normalar kiritildi.
Shuningdek nazorat davriyligi yiliga ko’pi bilan bir marta qilib belgilandi.
Bunda nazoratni amalga oshirish muddati o’ttiz kalendar kunidan oshmasligi belgilab qo’yildi.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu kodeks nafaqat moliya, g’aznachilik yoki nazorat- taftish organlari hodimlari uchun, balki byudjet qonunchiligining to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchilari, aynan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotima o’rnida e’tirof etish mumkinki, Byudjet kodeksining joriy qilinishi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarga yana bir turtki bo’ldi. Bunda keyingi islohotlarga: o’rta muddatli byudjetlashtirish, natijaga yunaltirilgan byudjetlashtirish, byudjet hisobini jahon andozalariga moslashtirilgan standartlar asosida yuritish, byudjet jarayonining yanada oydinligini ta’minlash masalalarining nazariy, metodik va me’yoriy tizimlarini ishlab chiqishga keng asos yaratilmoqda.
Ma’lumki, davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjetmablag’laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilingan va bu qaror byudjet tashkilotlari moliyasini tashkil qilishda keskin o’zgarishlarga olib kelgan edi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilab berdi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • byudjetmablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;

  • byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjetmablag’laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;

-ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, ish haqiga qo’shimchalar, kapital qo’yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag’ bilan ta’minlash usulida byudjet tashkilotlarini normativlar bo’yicha (faoliyat turiga ko’ra) mablag’ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etish;
-byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashni byudjet tashkilotlarining faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo’shib olib borish;
-byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o’rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 2002 yil 13 dekabrda 447-II son bilan o’zgartirishlar kiritilgan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» gi qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5296-sonli Farmoniga muvofiq bank tizimi barqarorlikni qo’llab- quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. Davlat moliyasini boshqarishda soliq organlari muhim rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda 474-son bilan qabul qilingan va 2003 yil 25 aprelda 482-II son Qonun bilan o’zgartirishlar kiritilgan qonuni soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo’yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab bergan.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin