Naqd operatsiyalarni hisobga olish. Tashkilot kassasida pul mablag'lari mavjudligini va harakatini hisobga olish uchun 50 "Kassir" aktiv hisobvarag'idan foydalaniladi. Uning debetida kassaga tushumlar, kredit bo'yicha - tashkilot kassasidan xarajatlar aks ettirilgan. Hisob-kitob balansi kassadagi mablag 'qoldig'iga to'g'ri keladi. Rossiya Federatsiyasi valyutasidagi naqd pul 50.1 "Tashkilotning kassasi (rublda)" va 50.2 "Operatsion kassasi" sub-schyotlarida hisobga olinadi.
Chet elga ish safari uchun tashkilot bankdan xorijiy valyutadagi mablag'larni olishi mumkin. Xorijiy valyutadagi naqd pulni hisobga olish 50.11 "Tashkilot kassasi (chet el valyutasida)" alohida subhesabida yuritiladi. Chet el valyutasidagi mablag 'qoldiqlari "Qiymati xorijiy valyutada ko'rsatilgan tashkilotning aktivlari va majburiyatlarini hisobga olish" buxgalteriya hisobi qoidalarida belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqiladi. Qayta hisoblash natijasida aniqlangan kurs farqi boshqa daromadlarga (91.1 "Boshqa daromadlar" sub-schyoti) yoki xarajatlarga (91.2 "Boshqa xarajatlar" sub-schyoti) kreditlanadi. Naqd pulni qabul qilish va iste'mol qilish bo'yicha odatdagi operatsiyalarni hisobga olishda bu erda aks ettirilgan. Korxonaning kassasida nafaqat naqd pullar, balki pul hujjatlari (qimmatli qog'ozlar, yoqilg'i-moylash materiallari uchun kuponlar, yo'l hujjatlari, vaucherlar va boshqalar), shuningdek qat'iy hisobot shakllari (mehnat daftarchalari, yo'l varaqalari kvitansiyalari, sayohat vaucher shakllari va boshqalar). Kassa hujjatlari kirim hujjatlariga muvofiq baholashda 50.3 "Naqd hujjatlar (rublda)" va 50.33 "Naqd hujjatlar (chet el valyutasida)" subhesablari bo'yicha hisobga olinadi. Qattiq hisobot shakllari balansdan tashqari 006 "Qattiq hisobot shakllari" schyotida ularni ishlab chiqarish qiymati bo'yicha hisobga olinadi.
10-Mavzu nomi: Qishloq xo'jaligi sub'yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari.
FERMER XOʻJALIGI — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo‘ jalik mahsulotlari yetishtirish b-n shugʻullanadigan xoʻjalik. F. x. ning ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, q. x. ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, q. x. ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sh. k. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligi lari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar –(Pomeshchiklar (rus.) - 1917 yil Oktabr tuntarishigacha Rossiyada dvoryan yer egalari. Dastlab davlat xizmatidagi kishilar, yaʼni davlat xizmatini oʻtaganlari uchun yer (pomestye)dan foydalanish huquqiga ega boʻlgan kishilar. Pomestyelar sekin-asta merosiy boʻla borib, 1714 yildan Pomeshchiklarning xususiy mulkiga aylangan. Oktabr toʻntarishi Pomeshchiklar va ularning yer mulkini tugatgan.[1])xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-a. ning 20—30 y. lari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60-y. larda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida q. x. ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda q. x. tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha i. ch. vositalari va yetishtirilgan mahsulot F. x. boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-y. 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik q. x. korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-y. larning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuni (1998-y. 30 apr. ; yangi taxrirda 2004-y. 26 avg.) bilan tartibga,solinadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 y. ga yoki 30 y. dan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va b. ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2004-y. 1 yanv.).
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalasi hozirgi taraqqiyot davrining eng asosiy muammosidir. Ushbu muammoni hal qilish uchun nafaqat ishlab chiqarish jarayonini, shu bilan bir qatorda realizatsiya jarayonini ham chuqur o’rganish va tahlil etish zarur. SHunday qilingan taqdirda xo’jalikning moliyaviy faoliyatini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar aniqlanadi, birinchi navbatda uning foydasini ko’paytirish va foydalilik darajasini oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar, omillar oydinlashadi, mavjud imkoniyatlar aniqlanib, safarbar etiladi. Bu esa o’z navbatida yanada ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga sababchi bo’ladi. SHuning uchun ham realizatsiya jarayoni va u bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy natijalari ahvolini chuqur o’rganish katta ahamiyatga egadir. SHu nuqtai nazardan tahlilnineg asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Mahsulotlarning turlari bo’yicha sotish jarayonini chuqur o’rganish;
Sotilgan mahsulotlar hajmi dinamikasining o’zgarishiga tahsir etuvchi omillar va ularning tahsir doiralrini aniqlash;
Mahsulotlarni sotishdan olingan moliyaviy natijalarni aniqlash va ularning o’zgarishiga omillar tahsirini o’rganish;
Mahsulotlar sotish bo’yicha rentabelligining o’zgarishini va ushbu o’zgarishga omillarning tahsirini aniqlash va tahlil qilish;
Nazorat-taftish moliyaviy nazoratni o’zining maqsadi va obyektlari nuqtai nazaridan ham, moliya intizomini samarali ta’minlay olishi jihatidan ham eng muhim nazorat usuli hisoblanadi. Nazorat-taftish – korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining, shuningdek moliya organlarining byudjetni tuzish va ijro etish bo’yicha ishlarining o’zaro bog’langan tekshiruvlari majmuidir Qonunchilikda taftishning huquqiy maqomi mustahkamlab qo’yilgan. Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to’g’risidagi qonuniga muvofiq taftish xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya va soliq masalalari bo’yicha qonunchilikka rioya etishlari, soliq organlari, davlat statistika organlari va banklarga taqdim etiladigan hisob yuritish va hisobotlari to’g’riligini nazorat etish maqsadida ularning buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirishdan iboratdir.
Taftish yordamida davlat va xo’jalik organlari moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan to’liq foydalanganlik to’g’risida, taftish qilinayotgan korxona faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risida ishonchli ma’lumot oladi, bu esa o’z navbatida operativ va to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga olib keladi. Taftishning ahamiyati xo’jalik faoliyatini yuritishning ijobiy tajribalarini umumlashtirish va targ’ib qilishda, qonunbuzarlik va suiste’molliklarning oldini olishda, byudjet- soliq intizomini tartibga solishda, moliyaviy huquqning anglash hissi paydo bo’lishiga ko’maklashishda ham namoyon bo’ladi
Taftishlarni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 27 sentyabrdagi 137-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorattaftish boshqarmalari tomonidan taftish va tekshirishlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomasi” bilan tartibga solinadi. Ushbu me’yoriy hujjat taftishlarning maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish va o’tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish hamda aniqlangan moliya intizomini buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
Nazorat tadbirlarini o’tkazishning asosiy vazifalari:
nazorat obyekta tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatining ta’sis
xujjatlariga muvofiqligi;
byudjetlar va xarajatlar smetalarini asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq tuzilganligi va ularning ijrosi;
Davlat byudjeti va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari hamda Moliya vazirligi xuzuridagi jamgarmalar mablag’larining maqsadli ishlatilishi; byudjet intizomiga rioya etilishi;
pul mablag’lari va moddiy qiymatliklar saqlanishi, xarakati asosliligi hamda kassa operatsiyalari yuritish qoidalariga amal qilinishi;
davlat xaridlari buyicha tender (tanlov) savdolari tugri o’tkazilishi; tovar va xizmatlar etkazib berish bo’yicha tuzilgan shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilishi va to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirilishi; .
tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar, byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalar hamda xodimlar bilan hisob-kitoblarning qonuniyligi;
fuqarolarning moliya va byudjet intizomining buzilishi xolatlari tug’risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalari;
paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning ishonchliligi; investitsiya dasturlariga ajratilgan markazlashtirilgan mablag’lardan va Xukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan maqsadli foydalanilishi;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga berilgan muruvvat yordami va texnik ko’maklashish vositalaridan maqsadli foydalanilishi; buxgalteriya hisobi yuritilishi tug’riligi va hisobotlarni tug’ri tuzilishi yuzasidan va boshqa nazorat tadbirlarini olib borishdan iborat.
Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi mavjud bo’lib, u VazirlarMahkamasining“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom” 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qaroriga asosan faoliyat yuritadi.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir.
Byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat etishdan maqsad:
-Byudjet tashkilotlari moliya-byudjet intizomi buzilishlarini oldini olish;
-birinchi darajali mablag’larni o’z vaqtida berilishini ta’minlash;
-aniqlangan kamchiliklarni yana yuz bermaslik uchun taklif va tavsiyalar berish;
-byudjet mablag’larini o’zlashtirish va suiste’mol qilinishini oldini olish. Taftishning asosiy vazifalari tekshiruv obyektiga qarab farqlanadi.
Bunda tekshirilayotgan tashkilotning hujjatlaridagi ma’lumotlar ushbu tashkilot xo’jalik faoliyatiga kirishgan boshqa tashkilotlardagi hujjatlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Byudjet nazoratida me’yoriy tekshiruv hujjatli taftishning asosiy usullaridan biridir.
Uning asosiy mag’zi faktik xarajatlarni me’yoriy (rejada belgilangan) xarajatlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu usul moddiy va pul me’yorlarini, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini, jamlanma tarmoq smetalari asosida xarajatlar smetalarining tuzilishini, xarajatlar moddalari bo’yicha xarajatlarni hisobdan chiqarishning to’g’riligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Teskari hisoblash usuli taftish davrida korxona hisobida va omborida majud bo’lgan mablag’larni asossiz ravishda hisobdan chiqarish maqsadida moddiy va moliyaviy xarajatlarni ekspertiza usulida baholashga asoslanadi.