O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Davlat pensiyalarining turlari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə72/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

18-Mavzu nomi: Davlat pensiyalarining turlari.
O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli Qonuni O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta'minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to'lash tartibini belgilaydi. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta'minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Ish stajiga ega bo'lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo'yadi.
O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonun bilan davlat pensiyalarining uch turi mavjud bo'lib, bular yoshga doir, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi. Harbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo'lgan shaxslarni hamda ularning oila a'zolarini pensiya bilan ta'minlash shartlari, normalari va tartibi O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaribilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo'lgan shaxslar pul ta'minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.
Fuqarolar yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • erkaklar - 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda;

  • ayollar - 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.17

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog'lig'ini yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, quyidagilardan tarkib topadi:

  • pensiyaning tayanch miqdoridan;

  • ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;

  • pensiyaga qo'shiladigan ustama haqidan.

Pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:

    1. yoshga doir pensiya uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;

    2. I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;

g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo'lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg'iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida tayinlanadi.18

  • O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiyalari to'g'risida"gi Qonuni O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta'minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to'lash tartibini belgilaydi. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta'minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Ish stajiga ega bo'lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo'yadi.

  • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga ajratiladigan mablag'lar va badallar miqdorlari hamda ularni to'lash muddatlari O'zbekiston Respublika jamg'armasiga majburiy to'lovlar davlat soliqlari va yig'imlariga tenglashtiriladi.

Pensioner va nogironlarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, davlat pensiya tizimini barqaror rivojlantirish, maqbul ijtimoiy muhitni shakllantirish yo'li bilan fuqarolarni kafolatlangan davlat pensiyalari bilan ta'minlash hamda bu borada joylardagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan kompleks chora tadbirlar ishlab chiqildi va mazkur dastur o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasida tasdiqlandi. Ayni damda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning kuchli tomonlaridan biri uning ijtimoiy yo'naltirilganligidir. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq islohotlarning aholini xususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo'ldan bormoqda. Pensiya ta'minotining qonuniy-huquqiy asoslariga bugungi kunda bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. Pensioner va nafaqa oluvchilarga qulayliklar yaratib berildi. Bizga ma'lumki ijtimoiy ta'minotning eng asosiy bo'g'ini pensiya ta'minoti hisoblanadi. Bugungi kunga kelib pensiya ta'minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Ammo turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o'ziga xosliklari bilan ajralib turadi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi faoliyati yaxshi yo'lga quyilgan deb ayta olamiz. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijro etuvchi apparati jamg'arma faoliyatini boshqarishda nazorat funksiyasini to'liqligicha amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida"gi 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdorlari qayta hisoblanib, yangi miqdorlarda to'lanishi ta'minlandi va pensionerlarning mobil telefonlariga "SMS" ma'lumot yuborish ilk bor joriy etildi.20
Tizimda zamonaviy "Pensiya" elektron bazasi shakllantirilib, 2012 yilning 1 apreldan boshlab pensiya va nafaqalarni tayinlash, 1 iyuldan boshlab to'lash ishlari yangi "Pensiya" dasturi orqali amalga oshirilmoqda. 2012 yilda 140 tadan ortiq idoraviy va statistik hisobotlar tayyorlanishi ushbu dastur orqali amalga oshirilishiga erishildi. Dastur mutaxassislar tomonidan mukammal o'zlashtirilishini ta'minlash maqsadida respublikada va joylarda amaliy hamda video seminarlar tashkil etildi.
Pensiya jamg'armasining hududiy bo'limlari tomonidan fuqarolarni ish staji va ish haqlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tekshirib berish yuzasidan o'zaro so'rov xatlarni yuborish va javob olishni bajaruvchi elektron pochtaning "So'rovnoma" moduli, "Test" moduli va "Me'yoriy-huquqiy hujjatlar" moduli hamda tarkibiy tuzilmalar faoliyatini baholash va ular o'rtasida raqobatni hosil qilish maqsadida "Reyting" elektron baholash tizimi WSP "Personal" dasturida ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlari haqida gapiradigan bo'lsak, Pensiya jamg'armasining daromadlari shaklantirishda muhim o'rinni yuridik shaxslarning mehnatga haq to'lash fondidan yagona ijtimoiy to'lovdan ajratmalar egallaydi. Yagona ijtimoiy to'lovdan ajratmalar 2014-yilga nazar soladigan bo'lsak jami daromadlarga nisbatan 56,1 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2018-yilga kelib 58,4 foiz bo'lishi kutilmoqda. Bunda o'sish tendensiyasini ko'rishimiz mumkin. Fuqarolarning ish haqidan majburiy sug'urta badallari esa o'sish tendensiyasiga ega bo'lmoqda. Ya'ni, 2014-yilda jami daromadlarga nisbatan ushbu daromad turining ulushi 1877,2 mlrd.so'mni ulushi 14,4 foizga teng bo'lsa, 2018-yilga kelib 4466,3 mlrd.so'mga ya'ni 22,1 foizga o'sishi kutilmoqda.
Qonunchiligimizga bir qancha o'zgarishlar amalga oshirildi va pensiya jamg'armasi daromadlarining shakllanish manbalari aniq va ravshan qilib qo'yildi. Natijada, 2011-yildan boshlab Pensiya jamg'armasi profitsit bilan ijro qilina boshlandi. Daromad manbalari tarkibida korxona va tashkilotlarning ish haqi jamg'armasidan to'laydigan ajratmasi eng yuqori ulushga ega bo'lishi pensiya jamg'armasi daromad manbalarining oshishiga sabab bo'lmoqda. Bu ko'rsatkich, yuqoridagi tahlil ma'lumotlariga asosan yildan-yilga jami daromad tarkibidagi ulushi kamayib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni, ya'ni kasanachilikni, duradgorchilikni va boshqa kichik biznesga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Daromad manbalarini tarkibida ishchilar ish haqisidan ajratmaning foiz stavkasi yildan-yilga o'smoqda, ya'ni bu ko'rsatkich 2008-yilda 2,5 foizni, 2015-yilda esa bu ko'rsatkich 7,0 foizni, 2016-yilda 7,5 foizni, 2018-yilda 8,0 foizni tashkil qilmoqda. O'rtacha oylik ish haqining ham yildan-yilga oshishi ham daromad manbalarining oshishiga sabab bo'lmoqda.
Yo'qoridagi jadvalda byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining xarajatlari tizimining 2014-2018 yillar davomidagi dinamikasi keltirilgan bo'lib, undan ko'rinadiki, ya'ni Pensiya jamg'armasi xarajatlari tizimida asosiy ulush ishlamayotgan pensionerlarga pensiya to'lovlari hissasiga to'g'ri kelib, uning tutgan ulushi 2014-yilda 86,0 foizni tashkil etgan bo'lsa 2018-yilga kelib 84,3 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. 2014-yilda jami xarajatlarini tarkibida ishlaydigan pensionerlarga pensiya to'lovlari xarajatlari 3,3 foizni, 2015-yilda 2,8 foizni, 2016-yilda 2,7 foizni, 2017-yil ham 2,7 foizni tashkil etgan. 2018-yilda esa 2,6 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Pensiya jamg'armasida yil oxirida qoldiq mavjud bo'lib, uning ulushi o'sish xususiyatiga egadir. Agar 2014-yilda uning ulushi jami xarajatlarning tarkibida 10,5 foizni tashkil etgan, 2017-yilda esa 11,0 foizni tashkil etgan. 2018-yilga kelib esa 11,9 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Bu esa oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan Davlat pensiya tizimini isloh qilish, uning mablag'laridan samarali foydalanish tizimidagi say harakatlari natijasidir.
Bitiruv malakaviy oldi amaliyot o'tash davomida aniqlangan ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, hozirgi kunda byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yunusobod tuman bo'limida ro'yxatda turgan jami pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2018 yil 1 feval holatiga ko'ra 45466 nafarni tashkil qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016- yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida: "Soliq-byudjet siyosatiga qat'iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish... - ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi"3. Albatta, davlatning ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishi, bunda pensiya va ijtimoiy nafaqalarning aniq hisob- kitob qilinishi, o'z vaqtida to'liq hajmda to'lanishi va umuman Pensiya jamg'armasi faoliyati samaradorligi bevosita ushbu tizimda qo'llanilayotgan axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga ham bog'liqdir.
So'nggi yillarda aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o'z vaqtida moliyalash, barqaror daromadlarni ta'minlash, shuningdek, yangi axborot tizimidan foydalangan holda, barcha tarkibiy bo'linmalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Pensiya jamg'armasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli qaroriga muvofiq davlat pensiya ta'minoti tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari joriy etildi. Pensiya va nafaqalarni hisobga olish, tayinlash hamda to'lashni tashkil etish, zamonaviy innovatsion dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali Pensiya jamg'armasining barcha tarkibiy bo'linmalari o'rtasida samarali elektron hamkorlikni yo'lga qo'yishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini yaratishning kompleks rejasi besh tamoyilda o'z aksini topar ekan, unda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari qamrab olindi. Bu tanlangan demokratik yo'l aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalariga iqtisodiy madad berish orqali fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikni ta'minlashni, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning kafolati, pensionerlar va nogironlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo'nalishi bo'lib qoldi.
Zero, soha faoliyatini texnik modernizatsiya qilish asosida, respublikamizda pensioner va nogironlarni manzilli himoya qilish, shuningdek, bu qatlam vakillariga qaratilgan ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, pensiya va nafaqalarni tayinlashda, avvalambor inson omilining salbiy rolini cheklash, jamg'arma faoliyatini takomillashtirish Pensiya jamg'armasi o'z oldiga qo'ygan ustivor vazifalardan biridir.
Aynan shu maqsadda, eng avvalo, Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning ishonchli himoyalangan, yagona markazlashgan ma'lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga keng joriy etish ishlari jadal olib borildi va bu jarayonlar davom etmoqda.
Unifikatsiyalashgan elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida "Fido biznes" MCHJ bilan hamkorlikda "Pensiya" dasturiy majmuasi ishlab chiqildi hamda bugungi kunda ushbu dasturiy ta'minot respublikaning barcha mintaqalarida tadbiq etildi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin