O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Ta’lim oluvchilar bilimni faollashtirish



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə10/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Ta’lim oluvchilar bilimni faollashtirish.

  1. Tezkor so‘rov, savol-javob

  2. Yangi o‘quv mavzu bayoni:

  3. Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibi bayon etiladi.

  4. Yangi mavzu bo‘yicha asosiy bilimlar bayon qilinadi. (1-ilova)

Yangi o‘quv mavzusini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun kichik guruhlarga savollar beriladi. (2-ilova)

  2. Issiq kartoshka metodidan kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. ( 3-ilova) Har bir guruhga topshiriq beriladi( 4-ilova). Baholash mezoni bilan tanishtiriladi. (5-ilova). Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi ( 6-ilova).

  3. Har bir guruh ishtirokchisi vazifani bajarib ko‘rsatadi. O‘qituvchi bajarilayotgan vazifani kuzatib boradi.

  4. Guruh a’zolari diqqat bilan bir-birini tinglab kuzatadi va bir birini baholaydi. O‘qituvchi tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilib xulosa chiqariladi.

  5. Berilgan ma’lumotlarni daftarga qayt etish eslatiladi. Mavzuning tibbiy axamiyatiga e’tibor bergan xolda yakunlanadi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.


Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar


Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar
Kichik guruhda ishlash qoidagi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o‘z topshiriq varaqlari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi
Har bir guruh sardorilari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.


Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)

Mashg‘ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi.
2.Kelgusi mashg‘ulotga bajarib kelish uchun uyga vazifa beriladi. ( 7-ilova)



1.1. Tinglaydi, izohini eshitadi. Uyga vazifani tushunib kerakli joyini yozib oladi
1.2. Tanishadilar, yozib oladilar

1 ILOVA

Yangi mavzu bayoni

Dorixona Sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi tibbiyot muassasasi bo lib u aholini davolash - profilaktika muassasalari- ni (DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parva- rish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta'minlash bilan shug‘u1lanadi.


Dorixonalar asosan dori tayyorlash, ta'minot, savdo, moliya va Xom- jalik ishlari bilan shug‘ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati shifo- korlar to‘lonidan yozib berilgan retseptlari DPMIarning talabno‘lalari asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori vositalari laboratoriyada - qadoqlash usuli bilan tayyorlanadi, ularning sifati nazorat qilinadi va tayyor dori vositalari aholi va DPMIarga sotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1994-yil martdagi 132-sonli Qarori asosida Rcspublika «Dori-darmon» davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi, shu qarorlar asosida mulkchilikning xususiy jamoa hamda aksioner dorixonalar uyushmasi tashkil etildi.
Dorixonalar maxsuslashtirilgan bo‘ladi chunki, maxsuslashtirilgan dorixonalar aholini va DPMlarning yuqori sifatli faoliyatini ta'minlash xizmatiga ega bo‘ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘r- satkichlari bilan farq qiladi:
1. Tayyor dori vositalarning oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;
2. Ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo shifoxonalararo dorixonalar;
3. Aholida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan, bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;
4. Sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlarga xos dori vositalari, dorivor o‘simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar go‘leopatik dori- xonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan. (Teri-tanosil, ruhiy va diabet kasalliklari uchun dorixonalar).
Shuningdek, o‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksionerlik dorixonalar esa, o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi.
Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki, retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta'minlab turadi.
Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan, katta shahar- larda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori Xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar bo‘lishi zarur, shuningdek, tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalardan ta'mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin