Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. Aqliy hujum metodi Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.
Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya’ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma’lum bo‘ladi.
№
Kichik guruhlarga topshiriq beriladi
4 ILOVA
Test savollari 1. Antibiotiklardan dori shakli yaratganda uning qanday xususiyatlari ko‘proq e’tiborga olinadi?
2. Xaroratga chidamli antibiotikni ko‘rsating.
3. Qaysi antibiotik eritmasini sterillash mumkin?
4. Qaysi antibiotik eritma shaklida o‘ta chidamsiz?
5. Gramitsidin preparati qanday shaklda chiqariladi?
№ 5 ILOVA
Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
O‘quv mashg‘ulotda o‘quv ishlarini baholash mezoni bilan tanishtiradi. Dars mobaynida faol qatnashgan, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan va mashg‘ulotlarni yetarli darajada o‘zlashtira olgan hamda auditoriyadagi o‘quvchilarga mavzuni izohlab, tushuntirib bera olgan o‘quvchilarga 5 ball;
O‘rtacha faol qatnashgan ba’zi kichik xatolarga yo‘l qo‘ygan, mavzu bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarga 4 ball;
Darsning ayrim bosqichlarida o‘zini namoyon qilgan, lekin yetarli darajada darsni o‘zlashtira olmagan, fikri sayoz bo‘lgan o‘quvchilarga 3 ball qo‘yiladi.
Mashg‘ulot davomida passiv harakat qilgan, o‘tilgan va yangi darsl mavzularni to‘la o‘zlashtira olmagan va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘zining erkin fikri va tushunchasiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar ogohlantiriladi.
№