Dorixona idishlari va yordamchi materiallar Dori turlarining sifati va turg‘unligi qanday idishlarda saqlanishi, joylanishi va berilishiga hog‘iq. Odatda dori turlarini har xil idishlarda olib kclish, saqlash va berishga to‘g‘ri keladi Dorilarning barqarorligi va sifatiga ko‘pincha yorug‘ik, havo, namlik va harorat tasir qiladi. Bundan tashqari, dorilar idishlarning tarkibidagi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ham o‘zgarishi mumkin. Shu munosabat bilan dorixona idishlari quyidagi talablarga javob berishi:
1. Dori moddalarning fizik, kimyoviy xossalarini o‘zgartirmasligi;
2. Kichik hajmli va yengil bo‘lishi;
3. Mcxanik ta'sirlarga bardosh berishi;
4. Dorilarni yorug‘ik, namlik va havo ta'siridan saqlashi;
5. Arzon va oson tayyorlanadigan bo‘lishi kerak.
Dorixona idishlari quyidagi matcriallardan tayyorlanadi:
A) Anorganik materiallar - temir, tunuka, aluminiy, qo‘rg‘oshin, po‘lat, shisha, chinni, fayans va hokazo.
B) Organik materiallar - qog‘oz (yozuv qog‘ozi, parafinlangan va mumlangan qog‘oz), karton, pergament, yog‘och va boshqalar.
C) Plastmassa materiallari - polietilen, karbolit, sellofan.
Shisha idishlar Shishadan suyuq dorilar uchun flakonlar, mazlar uchun bankachalar, tabletka va granulalar uchun silindrsimon naychalar tayyorlanadi. Shisha idishlar turli shaklda (konussimon, silindrsimon, qirrali va hokazo) va har xil rangda (qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qora va hokazo) bo‘lishi mumkin.
Shisha idishlarning og‘zi silindrsimon bo‘lishi lozim. Ular turli bajmda chiqarilib, ayrimlari jips yopiladigan shisha probka (tiqin) bilan ta'minlanadi. Dori solib beriladigan shisha idishlarning hajmi 5 ml dan 500 ml gacha, dorixonada har xil maqsadlarda qo‘laniladigan idishlarning hajmi esa 25 ml dan 19-20 / gacha bo‘ladi.
Shisha idishlar chidamli bo‘lishi, hech qanday boshqa moddalar saqlamasligi, bir xil qalinlikda bo‘lishi zarur. Inyeksiya qilinadigan dorilarni tayyorlash va saqlash uchun maxsus neytrai shishadan tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim. (Bunday idishlarga bo‘lgan talablar ampulaga doir bobda batafsil kcltiriladi.)
Shisha idishlarning chidamliligi quyidagicha tekshirib ko‘riladi. Idishning 3/4 qismiga xlorid kislota bilan metil qizili eritmasidan iborat suyuqlik solinib, 30 daqiqa suv hammo‘liga qo‘yiladi (suyuqlik tarkibi: I litr suv, 1 ml 0,1 n. xlorid kislota va 5 to‘lchi metil qizili). Shundan keyin idish ichidagi qizil bo‘yoq o‘z rangini o‘zgartirmasa, shisha talabga muvofiq deb topiladi
Dorixonalarda mazlar berish va saqlash uchun ham har xil shisha bankachalar ishlatiladi Ularning katta-kichikligi turlicha.
Bankachalar qanday maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra qopqoqli, ayrim hollarda qopqoqsiz chiqariladi. Bunday bankachalarga qo‘yiladigan talablar shisha idishlarga qo‘yiladigan talablarga o‘xshashdir.
№ 2-ILOVA Mustahkamlash Retseptda ko‘rsatilgan “sito” so‘zi qanday ma`no beradi?
Retseptda ko‘rsatilgan “Citessima” nimani bildiradi?
Retseptda ko‘rsatilgan “Periculum in mora” nimani anglatadi?
Retseptda korsatilgan “Antidontum” belgisi nimanmi anglatadi?
Zaxarli moddalar yozilgan Rp dorixonada olib qolinib necha yil saqlanadi?
Tarkibida zaxarli va kuchli tasir etuvchi moddalar bo‘lgan retsept yozilgan kundan boshlab necha kun o‘z kuchini saqlaydi?