1 ILOVA
Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar
Agar retseptda ko‘rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi ho‘llansa-yu, lekin zarrachalari yirik bo‘lsa, suvda ezib, yetarli darajada turg‘un mikstura-suspcnziyalar olish mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbiq qilingan o‘lillarni, agregat turg‘unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbiq qilsa bo‘ladi.
Rp: Bismuthi subnitratis 4,0 Aquae Foeniculi 200,0 ml.
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin
Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa olingandan keyin, dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo‘shiladi, so‘ng hovonchani qolgan ukropli suv bilan chayib dori beriladigan idishga quyiladi.
S. F. Shubin o‘zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya qilgan. Buning zarurati yo‘q. Yuqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya bo‘lib, sekinlik bilan cho‘kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi. Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo‘lib, vismut nitrat asosi zarrachalarining elektrolitik parcha- lanishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar rctsept tarkibiga dispersion muhit qovushqoqligini oshiradigan modda qo‘shilsa, bu modda yuza faol modda bo‘lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura- suspenziyalar turg‘unligi ancha yuqori bo‘ladi. Masaian: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo‘shish tavsiya etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan czilib, hosil bo‘lgan massani qolgan sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.
Sharbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning osilmadagi zarrachalarining cho‘kmaga tushish tczligi kamayadi va to‘g‘ri dozalarga bo‘linadi.
Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash,
gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni profcssor B.V. Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4-0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 10-20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2-3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, cho‘kmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10-20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
Rp: Bismuthi subnitratis 4,0
Aq. Menthae piperitae 200 ml
M.D.S. Ichish uchun.
№ 2-ILOVA
Dostları ilə paylaş: |