O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/69
tarix02.01.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#38913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem

M U N D A R I J A :


Fanlar bo’yicha o’quv –metodik kompleks tuzilmasi

I-qism. O’QUV MATERIALLAR




1.1.1

Ma’ruzalar matni.




1.1.2.

Amaliy, seminar mashg’ulotlari ishlanmalari




II- qism. MUSTAQIL TA’LIM





1.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari bo’yicha zarur uslubiy ko’rsatmalar




2.

Mustaqil ta’lim mavzulari




III- qism. GLOSSARIY




IV- qism. ILOVALAR




1.

Ishchi o’quv rejasi




2,

Fan dasturi




3.

Ishchi o’quv dasturi.




4

Kalendar –tematik reja.




5.

Testlar




6

Adabiyotlar ro’yxati





O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Jizzax davlat pedagogika instituti
MAKTABGAChA TA'LIM metodikasi KAFЕDRASI


Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish fanidan
ma’ruzalar matni

bilim sohasi: 100000 - gumanitar

ta’lim sohasi: 140000 - Pedagogika

ta’lim yo`nalishi: 5111800 - Maktabgacha ta’lim

1-modul: Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyati
Reja:

1. Maktabgacha ta’lim muassasasida badiiy asarlarni sahnalashtirish

2. Rollarga bo'lib o'rganish.

3. Amaliy ish bajarish.

Qo'g'irchoq o'yin xalq og'zaki ijodiga asoslangan ajoyib-g'aroyib san'at. Uning yozma matni bo'lmagan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, yodlash, malaka hosil qilish orqali muayyan syujetlar, vosita va uslublar bilan ustozdan shogirdga o'tib kelavergan. Buxoro viloyat G'ijduvon tumanidagi G'ishti qishlog'ida o'z iste'dodi bilan mehnatkashlarni xushnud qilib kelgan Xolmurod bobo (1897 -1967) ning ham ota - bobosi qo'g'irchoqboz o'tgan. Uning otasi Siddiq kalon (1858 - 1940), bobosi Abdukarim (1800 - 1870) lar qo'g'irchoq teatrining yirik namoyondalari hisoblangan. Shu davrda yuqorida nomlari zikr etilgan qo'g'irchoq, san'at sohiblaridan tashqari Zarif misgar Qori hoji, Sharof Chala, Sadriddin Eshon, Rajab Meshkob (Buhoro), Jo'ra qayroq, Hamro mehtar, Aziz bobo (G'ijdivon), Novot lug'takboz, Mahmud Mehtar, Hamro bobo (Samarqand), Tursunboy Abdujabborov (Toshkent) kabi o'nlab usta qo'g'irchoqbozlar o'tganlar. Ular jamiyatdagi yomonlik va illatlarni, zo'rovonlik, tekintomoq amaldorlarni qattiq tanqid qilganlar hamda mehnatkash halqqa kulgi, zavq bag'ishlaganlar. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki bu sanatkorlarning maksadi qancha ulug' va sa'nati qancha mazmundor va yuksak bo'lmasin tengsizlik zulum hukm surgan jamiyatda qo'g'irchoqbozlar eng past tabaqa hisoblangan, tahqirlangan, ho'rlangan, ruhoniylar qo'g'irchoq teatrini «shayton o'yini», narigi dunyoda qo'g'irchoqlar jon talab qiladi, «qo'g'irchoqboz shakkok va diyonatsiz» degan gaplarni halq orasida targ'ib qilib kelganlar. XV- asrda Xuroson va Movarounnahrda boshqa san'atkorlar qatori qo'g'irchoq teatri ham taraqkiy etdi. Bu davrda «Chodir jamol», «Chodir xayol» va «Fonis xayol» deb ataluvchi hamda qo'g'irchoq yasash va uni o'ynatishda, shuningdek, tomosha mazmuniga ko'ra bir­ biridan keskin farqlanib turuvchi uch tur keng tarqalgan. Qo'g'irchoqlar qo'lga kiyib o'ynatiladigan «Chodir jamol»da hayotiy voqyealar, iplar vositasida boshqariladigan «Chodir xayolda» mifologiya, soyasi tushiriladigan «Fonis xayol»da qahramonlik eposi aks etirildi. Ayniqsa, XlX-asr o'rtalarida qo'g'irchoq o'yin satirasining tig'i o'tkirlashdi. Qo'g'irchoqbozlar faollashib, hukmron tabaqalarga nisbatan o'z munosabatlarini va baholarini dadil hamda oshkora ifoda qildilar. Satira tig'iga yirik amaldorlar, sutxo'rlar, o'g'rilar sharmandai sharmisor bo'ldilar.
2-modul: Maktabgacha ta’lim muassasasida turli yosh guruxlarida saxnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari

Reja:


  1. Badiiy asarlarni sahnalashtirish.

  2. Asarni toliq sahnalashtirish.

  3. Amaliy ish bajarish.

Mashg'ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanishga turli yosh guruhlarida tashkil etilgan kitob burchagida ishlash, bolalar uchun mo'ljallangan badiiy asarlarni sahna-lashtirish, ya'ni qo'g'irchoq teatri, soya teatri (ko'lanka), stol teatri, diafilmlar namoyish etish, radio va teleeshittirishlar tashkil etish kiradi. Tarbiyachi mashg'ulotdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitob bu'rchagidagi kitoblar bilan tanishtiradi, kitobdagi rasmlarni ko'rsatib, u haqda suhbat o'tkazadi, asarlarni o'qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg'ulotlardan tanish bo'lgan, shuningdek, dasturga kiritilmagan asarlarni takror o'qib berish mumkin. Mashg'ulotdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she'rlarni, matal va

qochirimlar, topishmoqlar, sanamalar va hokazolarni aytib berish bolalarning his-tuyg'ulariga katta ta'sir etadi. Mashg'ulotdan tashqari vaqtda (kechki soatlarda) o'rta guruhdan boshlab o'qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o'tkaziladi. Kutubxonaga, kitob do'koniga sayohatlar tashkil ctiladi. Yilning turli fasllarida tabiat qo'yniga sayohatlar uyushtirish jarayonida bahor, yoz, kuz, qish haqidagi she'rlar aytib beriladi, hikoyalar, ertaklar o'qib beriladi. Shuningdek, mashg'ulotdan tashqari vaqtda bolalar uchun tarbiya vositasi bo'lgan materiallardan, topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bolalarning tanish asarlar haqidagi bilimlarini tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan o'yinlarda (,,Maktab-maktab", ,,Bog'cha-bog'cha", „Qo'g'irchoq teatri" va h.k.) mustahkamlash mumkin.

Masalan, tarbiyachi qo'g'irchoqlar uchun ertalik tashkil qilishni bolalarga taklif etadi. Bu ertalikda bolalar tanish ertaklarni qo'g'irchoqlarga so'zlab berishadi. Shuningdek, tarbiyachi „Radiob, „Televizor'\ „Diafilrn" o'yinlaridan keng

foydalanib, ertak va hikoyalarni aytib berishni taklif etadi. О rta guruhdan boshlab dramalashtirilgan o'yinlardan foydalaniladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, bir jamoa bo'lib o'ynashga yordam beradi.

Katta gumhlarda kitob burchagida mashg'ulotdan tashqari vaqtda badiiy asarlar bilan tanishish maqsadida mavzular bo'yicha kitob ko'rgazmasi tashkil etiladi. Masalan: „Bizning tabiat to'g'risidagi kitoblarimiz", „Bizning bayramlar" va h.k. Sunday ko'rgazmalar sevimli kitoblar bo'yicha suhbat o'tkazishda yordam beradi. Ko'rgazmada bir qancha yozuvchi va shoirlarning poitretlari ham qo'yilishi kerak. Shuningdek, bir guruhda ba'zi bayramlar uchun (,,Ertaklar olamida", ,,Mehrjon bayrami", „Gullar bayrami", „Qushlar bayrami", „Qovun sayli" va h.k.lar) turli janrdagi asarlarni, masalan, she'rlar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklardan olingan parchalar, maqol, matallarni tanlash tavsiya etiladi.
3-modul: Saxnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish

Reja:


  1. Bolalarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish.

  2. Bolalarni o'z fikrlarini aniq, ravshan va tushunarli tarzda bayon etish malakalarini shakllantirish .

  3. Ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish.

O'yin faoliyati

Voqyeaband-ijroli o'yinlar. Bolalarda hayotiy mavzulardagi, adabiy asarlar (qo'shiqlar, ertaklar, matallar, she'rlar) bo'yicha o'yinlarning yuzaga kelishiga, alohida harakatlarni bir yagona mazmunga birlashtirish orqali bolalardagi o'yin tajribalarini boyitishga yordam berish.

Rol tanlash, o'yinchoqlar bilan o'ynashda o'zaro bog'langan bir necha harakatlarni (ovqat tayyorlash, stolni bezatish, ovqatlantirish) bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish. Ikkita shaxs (haydovchi va yo'lovchi, ona va qizi, shifokor va bemor) ishtirok etadigan voqyeaband epizodlarda o'zaro Jcelishgan holda harakatlanishga, o'yinchoq-o'rinbosarlar bilan o'ynaladigan yakka o'yinlarda o'ziga va o'yinchoqqa tegishli rolni o'ynashga o'rgatish.

Ta'limiy o'yinlardan foydalangan holda ijroda o'zini tutish usullarini ko'rsatish.

Bolalarning u yoki bu ijro uchun 2;arur bo'lgan narsalarni mustaqil tanlashga, o'yin muhitida yetishmayotgan narsalarni, o'yinchoqlarni to'ldirishga bo'lgan urinishlarini rag'batlantirish.

Ko'p vazifalarga mo'ljallangan narsalardan foydalanish va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish hisobiga o'yin muhitini murakkablashtirish va.boyitish. Bolalarni o'yinlarda qurilish matenallaridan (kub, to'rtburchak g'o'lacha, plastina), oddiy yog'och va plastmassa construktorlardan, tabiiy materialdan (qum, qor, suv) foydalanishga, ularni turlicha qo'llash (qo'g'irchoq uchun do'ngcha, ko'prikcha, yo'l qurish, qordan).

Uncha uzoq davom etmaydigan va birgalikda o'ynaladigan o'yinlarda hamkorlikda hamda bir-biri bilan kelishgan holda harakat qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Harakatli o'yinlar.Bolalarning harakatli faoliyatidagi - *faolligini rivojlantirish. O'yinlarni barcha bolalar ishtirokida tashkil etish. Aravachalar, avtomobillar, tirkamalar, velosipedlar bilan bo'ladigan, tirmashib chiqish, emaklash ko'nikmalari rivojlantiriladigan, koptok, pufak bilan o'ynaganda harakat epchilligini rivojlantiradigan o'yinlarni tashkil etish.

Asta-sekinlik bilan murakkabroq qoidali va harakat turlarini o'zgartiradigan o'yinlarni joriy qila borish.

O'yin-dramatizasiya. Bolalarda teatrlashtirilgan o'yinlarga qiziqish uyg'otish, uni o'tkazish uchun sharoit yaratish. Kattalar va katta yoshli bolalar kuchi bilan yaratilgan dramalashtirilgan o'yinlar va qo'g'irchoq spekt&kllardagi harakat rivojini kuzatib borish ko'nikmalarini shakllantirish.

Bolalarni personajlaming o'ziga xos harakatlariga (qush uchyapti, uloqcha sakrayapti) taqlid qilishga, insonning hissiy holatini (yuz harakatlari, gavda holati, imo-ishora, harakat yordamida) bera olishga o'rgatish.

Bolalarni stol usti o'yinchoqlarini yurgizish qoidalari bilan tanishtirish. Harakatlarini oddiy qo'shiq bilan birgalikda bajarishga o'rgatish.

Ijroga xos bo'lgan kiyimlar elementlari (shapkacha, yoqa va b.) va tashqi belgilari bilan harakatlanish istaklarini uyg'otish.

Qo'shiq, ertaklarning oddiy mazmunini erkin ravishda to'qishga bo'lgan intilishni rivojlantirish. Qo'g'irchoqlar va tengdoshlari oldida chiqishlar qilish istagini rivojlantirish. Bunda chiqish qiladigan joyni ham o'zi bezashga o'rgatish.

Teatr haqidagi suhbatlarda ishtirok etishga undash (teatr - akterlar -tomoshabinlar, odamlarning tomosha zalida o'zini tutishlari).

Ta'Iimiy o'yinlar. Bolalarda narsalarning rangi va o'lchamiga qarab (2-3 rangdagi katta, o'rtacha va kichik pufakchalar) narsalarni tanlash, 2-3 ta rangni almashtirgan holda c'lcham jihatidan kichrayib boradigan xalqachalardan piramidacha yig'ish ko'nikmalarini mustahkamlash. 4-6 ta qismdan rasmni ("Bizning idishlar", "O'yinchoqlar") yig'ishga o'rgatish.

Bolalarni birgalikda o'ynaladigan didaktik o'yinlarda asta-sekinlik bilan murakkablashib boradigan qoidalarni bajarishga o'rgatish.

O'quv yili oxirida bola:


  • o'ziga qahramonning ma'lum bir rolini olib, tengdoshlari bilan o'yinda birgalikda harakat qila olish;

  • bir necha o'yin harakatlarini yagona syujet chizig'iga birlashtirish; o'yinda narsalar bilan harakatlanish va odamlar o'rtasidagi munosabatlarni aks ettirish;

  • didaktik o'yinlarda o'yin qoidalariga rioya qilish;

  • teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlarining borishini kuzatish va ularga hissiy tarzda munosabatda bo'lish(qo'g'irchoq va dramatik teaalar);

  • tanish ertaklardan kichik parchalarni kattalar iltimosiga ko'ra va mustaqil tarzda o'ynash. Ko'rsatilayotgan personajlar xarakatlariga, mimikasiga, ohangiga taqlid qilish;

  • teatr haqidagi suhbatlarda ishtirok etish (teatr - akterlar -tomoshabinlar, odamlaming tomosha zalida o'zini tutishlari)lari lozim.


4-modul: Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi

Reja:


  1. Badiiy asarlarni sahnalashtirish.

  2. Asarni toliq sahnalashtirish.

  3. Amaliy ish bajarish.

Adabiy viktorinalar o'tkazishdan asosiy maqsad, bolalarning badiiy asarlarga bo'lgan qiziqishlarini mustahkamlash, ilgaridan tanish bo'lgan badiiy asar janrlarini eslashga yordamlashish, emotsional his-tuyg'ularini, xotirasini rivojlantirishdir.

Adabiy viktorinalar o'rta va katta guruhlarda har bir faslda bir marta tashkil etiladi. Viktorinani musobaqa tarzida bir guruhni ikkita komandaga ajratish yoki ikkita bir xil guruhlar bilan (musobaqa uyushtirish) o'tkazish mumkin. Masalan, quyida o'rta guruhda o'tkazilgan adabiy viktorinaning mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz.

Maqsad. Bolalarga turli usullar yordamida bir faslda o'qib va hikoya qilib berilgan ertaklar, hikoyalarning nomini eslashga yordamlashish. Ertaklardan parchalar o'qib berish orqali bolalar xotirasini rivojlantirish.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin