Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Axborot texnologiyalari

FOR opеratori. 
For sikl opеratorini takrorlanishlar soni 
oldindan aniq boʻlganda ishlatish maqsadga muvofiqdir. For 
opеratorining takrorlanishini, undan oldin bеrilgan oʻzgaruvchi 
aniqlaydi.
For sikl opеratorini yozish uchun quyidagi kеtma – kеtliklarni 
bajarish lozim: 
1. Kursorni dastur kiritish kеrak boʻlgan boʻsh joyga qoʻyiladi. 
2. Dasturlash panеlidan For Loop (sikl For) tugmasi bosiladi. 
3. For opеratorining oʻng tamonidan oʻzgaruvchi nomi kiritilib, 
ungan kеyin oʻzgaruvchining oʻzgarish diapazoni bеriladi. Sikl 
oʻzgaruvchisi sonlar qatori yoki vеktor boʻlishi mumkin. Masalan, 
rasmda oʻzgaruvchi qiymatlari vеrgul bilan ajratilgan vеktor qilib 
bеrilgan.
4. For opеratori pastidan sikl hisoblashi lozim boʻlgan ifodalar 
kiritiladi. Agar siklda bir nеcha ifodalarni hisoblash kеrak boʻlsa, 
oldin kursorni kiritish joyiga qoʻyib, kеyin Add Program Line 
(Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi oʻrta qavs) tugmasini 
sikl nеchta qatorni oʻz tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kеrak 
boʻladi. Kеyin kiritish joylarini kеrakli ifodalar bilan toʻldirib, 
ortiqcha kiritish joyi olib tashlanadi.
218


Operatorlardan foydalanish jarayonlarni avtomatlashtirish 
imkoniyatini beradi. Bu esa qoʻyilgan masalani tezkor yechish 
imkoniyatini beradi. 
7.3 MATLAB tizimining imkoniyatlari 
Matlabning dasturlash tili sifatida 70-yillarning oxirlarida Nyu-
Meksika universitetida yozilib, matritsalar nazariyasi, chiziqli 
algebra, sonlar tahlili kursidan dars berish uchun qoʻllanilgan. 
Hozir tizimning imkoniyatlari keng darajada oshgan. Hozirda 
Matlab – bu muhandislik va ilmiy hisoblarning yuqori samarali tili 
hisoblanadi. 

matematik 
hisoblar, 
ilmiy 
grafiklarni 
vizuallashtirish va dasturlashni ta’minlaydi. 
Matlab tizimi koʻproq qoʻllaniladigan sohalar: 

matematika va hisoblash; 

algoritmlarni qayta ishlash; 

hisoblash 
eksperimenti, 
modellashtirish 
imitatsiyasi, 
maketlash; 

berilganlarni tahlil qilish va natijalarni vizuallashtirish; 

ilmiy va muhandislik grafikasi; 

amaliyot dasturlarini qayta ishlash. 
Matlab – bu shunday interfaol (bevosita) tizimki, undagi asosiy 
obyekt boʻlgan massivning oʻlchamlarini aniq yozish talab 
qilinmaydi. Bu esa juda koʻp hisoblashlarni (vektor, matritsa 
koʻrinishidagi) tez vaqtda yechish imkonini beradi. Shuning uchun, 
Matlabda xotirani dinamik taqsimlash evaziga 
C
va 
C++
tillaridagiga qaraganda amallar bajarish osonroq kechadi. Matlab 
tizimi bu ham amaliyot muhiti ham dasturlash tilidir. Tizimning 
eng kuchli tomonlaridan biri bu Matlab tilida koʻp marta 
foydalaniladigan dasturlar yozish mumkinligidir. 
Matlab tizimining yordam lahjasidan foydalanish mumkin va 
Adobe Acrobat yordamida PDF formatda chop qilish mumkin. 
Adobe Acrobat tahrirlovchisi matnni har xil shriftlarda, grafika va 
tasvirlar bilan kitobni oʻqish imkonini beradi. 
Matlab tizimida quyidagi amaliy dasturlar paketi mavjud: 
Notebook, Symbolic Mathematik, Control Systems Toolbook, 
Signal Prosessing Toolbook, Simulink. 
219


Matlab tizimining dastur ta’minoti tarkibiga kitob yaratish 
uchun yangi vosita qoʻshilgan. Amaliy dasturlar paketi Notebook 
shunday vositadir. Amaliy dasturlar paketi Notebook muhitida 
yaratilgan hujjat M-kitob deb ataladi. M-kitobda matnlar, Matlab 
tizimi buyruqlari va ularning bajarilish natijalari joylashgan. M-
kitobni yaratish yoki tahrirlashda M-book maxsus shablonidan 
foydalaniladi. Bu shablon Matlab tizimiga kirish va uni 
formatlashni boshqarish imkonini beradi. Amaliy dasturlar paketi 
Notebook bilan ishlash uchun M-book tahrirlovchisini yuklash 
kerak va yangi M-kitob ochish yoki mavjud M-kitobni tahrirlash 
kerak. M-kitobga matn kiritish Word tahrirlovchisida matn 
kiritishdan 
farq 
qilmaydi. 
Matlab 
tizimi 
buyruqlari 
va 
operatorlarini yozish uchun maxsus kataklardan foydalaniladi. Bu 
buyruq va operatorlarni matn ichida ham joylashtirish mumkin va 
unda saqlangan fayllar m-fayllar deb ataladi. M-kitob bilan 
ishlashda amaliy dasturlar paketi Notebookning quyidagi 
buyruqlaridan foydalanish mumkin: 


Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin