O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187
Kimyoviy tobelik.
Ko`pgina odamlar ichkilik, kofe, trankvilizatorlar kabi 
kimyoviy moddalardan keng foydalanadi. Ularning ko`pchiligi bu narsalarni butun 
hayotlari davomida iste'mol qilish ustidan nazorat qilishga erishadilar, faqat 
ba'zilarigina bu tobelikning quliga aylanadilar. Keng ma'noda kimyoviy tobelik 
tushunchasi ostida (boshqa nomlari – dorivor, giyohlar) qonuniy (tamaki, ichkilik, 
dorilar) va noqonuniy giyohlar (kokain, nasha, og’u ishlab chiqarish va boshqalar) 
ga bo`linadigan har qanday psixofaol moddalarni iste'mol qilishga tobelik 
tushuniladi.
2000 yili Sankt-Peterburgning 2,5 minglik aholisi o`rtasida olib borilgan 
sotsiologik tadqiqotlar guvohlik berishicha, 20 yoshdagilarning 70 % foizigacha 
noqonuniy giyohlar bilan tanish, u yoki bu darajada ularga aralashganlar. Qizlarda 
bu ko`rsatkich 30 foizdan oshmaydi. Giyohvandlikka qo`shilganlarning to`rtdan bir 
qismi aniq ko`rinib turgan tobelik bilan azoblanadi. Nasha yoki boshqa og’ularni 
ishlab chiqarishga qo`shilganlar miqdori deyarli yoshlarning umumiy hisobiga teng. 
Barcha faol iste'mol qiluvchilarning beshtadan to`rttasi og’ular bilan 15 yoshdan 17 
yoshgacha to`qnash kelganlar. 
Noqonuniy giyohlarni iste'mol qilish ko`pincha 14 yoshgacha uchraydi. Yosh 
avji 21 yoshga to`g’ri keladi. Albatta, shakllanmagan shaxsning giyohlarni iste'mol 


185 
qilishi ijtimoiy-psixologik muammolarni tug’diradi: me`yoriy psixik va jismoniy 
yetilish imkonsizligi, maktabga moslashmaganlik, kasb va bandlikni tanlash 
muammosi, sheriklik munosabatlarini yaratishdagi qiyinchilik, asotsiallik va 
boshqalar. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada giyohlarni iste'mol qilish keyingi 
10 yil ichida ijtimoiy fojia darajasiga yetdi.
Kimyoviy bog’liqlikning o`ziga xos xususiyatlari uning ikki aspekti 
o`trasidagi zich aloqaning mavjudligi hisoblanadi – klinik va psixoijtimoiy. Bu shuni 
anglatadiki, giyohvand moddalar iste'moli bilan bog’liq axloqni ijtimoiy-psixologik 
muammolar majmui sifatida ham, organizmda taraqqiy qiluvchi fizik-kimyoviy 
o`zgarishlar oqibati sifatida ham ko`rib chiqish zarur. Addiktsiyaning 
shakllanishidagi muayyan bosqich (jismoniy bog’liqlik bosqichi) da organizmdagi 
kimyoviy jarayonlar addiktiv axloqni quvvatlashda yetakchi roli o`ynashni 
boshlaydi. Ushbu xususiyat mutaxassislarni giyohvand moddalarga bog’liqlikning 
klinik ko`rinishlari sohasida ba'zi bilimlarni egallashga yo`llaydi.
Jismoniy bog’liqlik sindromi uchun quyidagi klinik belgilar xarakterlidir: 
– psixofaol moddalarni iste'mol qilishga yengib bo`lmas istak; 
– boshlanishi, oxiri yoki uni qabul qilishning umumiy dozirovkasi uchun 
pasaytirilgan nazorat; 
– bekor qilish sindromini yumshatish maqsadida iste'mol qilish (abstinent 
sindrom); 
– giyohvand moddalarga tolerantlikni oshirish (xiyla yuqori dozalarga 
ehtiyoj); 
– vaziyatli nazoratning pasayishi (noodatiy sharoitlarda iste'mol qilish); 
– giyohlarni qabul qilish uchungina boshqa lazzatlarni inkor qilish; 
– iste'mol qilish oqibatidagi psixik buzilishlar yoki jiddiy ijtimoiy 
muammolar. 
Shunday fikr mavjudki, hamma moddalar ham jismoniy bog’liqlikni 
chaqirmaydi. Masalan, opiat, barbiturat yoki ichkilikni suiiste'mol qilganda 
bog’liqlik rivojlanadi, biroq amfetamin yoki kokainni iste'mol qilgan paydo 
bo`lmaydi. Bog’lanib qolishning turi va darajasini aniq baholash uchun 


186 
mutaxassislarning (narkologlarning qoidasi kabi) aralashuvi talab qilinadi. Jismoniy 
bog’liqlik bosqichida psixoijtimoiy yordam og’riqli simptomlar davosi bilan ham 
birga borishi kerak.
Kimyoviy bog’liqlikning alohida shaklini klinik ko`rinishlari farqiga 
qaramay, oxirgilari umumiy ijtimoiy-psixologik belgilarga ega. Ushbu addiktsiya 
asosida qulaylik tuyg’usiga erishish yoki noxush hissiyotlarni bartaraf etish 
(masalan, abstinent sindrom) maqsadida giyohlarni qabul qilishni davom ettirishga 
ehtiyoj yotadi. Giyohlarga ishqibozlik o`ta kuchli xarakterga ega. Saraton 
o`simtasiga o`xshash u shaxs va bemor hayotini tezda parchalaydi. Giyohlarni 
suiiste'mol 
qilishda 
ko`rsatmalardan 
biri 
dastavval 
tezda 
ijtimoiy 
moslashmaganlikka o`sib o`tishda ko`zga tashlanadigan ijtimoiy degradatsiya 
hisoblanadi. Bunda o`zlashtirishning pasayishi, o`qish yoki professional faoliyatdan 
voz kechish, ijtimoiy muhit bilan nizolar, qonun bilan muammolar, oila va 
do`stlaridan yiroqlashish, muloqotning giyohvandlar doirasigacha torayishi, 
yolg’izlanish yuzaga keladi.
Ijtimoiy degradatsiya bilan parallel tarzda aniq ko`rinib turgan xarakter 
o`zgarishi sodir bo`ladi. Giyohvand moddalar bilan tashvishlanishlik fonida 
umumiy mas'uliyatsizlik o`sadi, amotivatsion sindrom shakllanadi (avvalgi 
qiziqishlarning yo`qolishi). Rad etish axloq usuliga aylanadi. Giyohvand 
moddalarga bog’lanib qolgan shaxs hamma narsani rad etadi: iste'mol qilish fakti, 
qoidalar, o`z harakatlari, o`z javobgarligi, muammoning mavjudligi hamda 
bog’lanib qolganlik va uni davolash zaruriyatini. Atrofdagilarning yordamga 
urinishlari yoki qadrsizlanadi, yoki tajovuzkorlikni uyg’otadi. Reallik mevasiz 
orzular, bajarilmaydigan va'dalar, yolg’on, illyuziya shaklidagi fantaziyalar bilan 
to`liq almashinadi. Giyohvand moddalarga bog’lanib qolganlar dunyosi bu miflar 
dunyosidir: “men bir marta ukol qilsam bo`lgani”, “men qachon xohlasamgina 
iste'mol qilaman”, “dozani nazorat qilish mumkin”, “men giyohlarsiz ham yashay 
olaman”, “sinishni boshdan kechirish mumkin emas”, “boshqalar uning nima 
ekanini bilmaganliklari uchun iste'mol qilmaydilar”, “shifokorlar bunda hech 
narsani tushunmaydilar”, “giyohvandlikni davolab bo`lmaydi”.


187 
Agar addiktiv shaxs dastlab muammolar yechimidan ketishga intilsa, unda 
sekin-asta u umuman harakatga layoqatini yo`qotadi. Ruhiy azoblanish holati, 
yolg’izlanish, zaiflik, qonun bilan kelishmaslik bularning barchasi, nihoyat, 
muammoning jiddiyligini anglashga olib keladi.
Giyohvandlikka bog’liq axloqning motivatsiyalari haqidagi masala 
birmuncha muhim hisoblanadi. Dastlabki iste'mol qilish sabablari orasida 
quyidagilarni ajratish mumkin: 
– ataraktik (psixologik qulaylik va relaksatsiyaga erishish); 
-
submissiv (guruhning oqlashi va mansublikka intilish); 
– gedonistik (o`ziga xos jismoniy qoniqish olish); 
– giperfaolliklar (tonus va o`z-o`zini baholashning oshishi);
-
psevdomadaniy (qandaydir sifatni namoyish qilish, masalan, kattalar 
axloqini); 
-bilish-tadqiqot (yangi taassurotlarga intilish, qiziquvchanlik). 
Shuni nazarda tutish lozimki, yoshlar giyohvand moddalarni o`z muhitining 
qismi sifatida ko`radilar va ko`pincha bir marta iste'mol qilib ko`rish yoki 
sotuvchilarning bosimiga qarshi tura olmaydilar.
Qator tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, oddiy kayfni izlashga o`ta ahamiyat 
beriladi. Birinchidan, “giyohli ochlikdan” lazzatlanish eyforiyasi uzoq cho`zilmaydi 
va tezda uyqusirash bilan almashinadi. Ikkinchidan, ko`pchilik giyohlarni sinab 
ko`radi, biroq hamma ham unga bog’lanib qolmaydi.
Psixodinamik tadqiqotlar kimyoviy moddalarni iste'mol qilishning chuqur 
tushunarsiz sabablarini ochib beradi. Sistemaik tarzda iste'mol qilishga yetakchi 
qo`zg’atuvchi sabablar zo`riqish va og’riqdan qochishga intilish bo`lishi mumkin. 
Bu holda har qanday zo`riqish ochlikning differentsiyalanmagan go`dak tuyg’usiga 
o`xshash mavjud bo`lishga yaqqol xavfning elchisi sifatida anglanadi. Shubhasiz, 
giyohvand moddalar, avvalo, o`z-o`zini davolovchi sifatida ishlatiladi. Ko`pchilik 
tadqiqotchilar shaxsiy ruhiy azoblanish buzilishi va giyohvand moddalarga 
muhtojlikning rivojlanishi o`rtasidagi aloqani ta'kidlaydilar. Agar marixuanani 
iste'mol qilishga tengdoshlar ahamiyatli ta'sir ko`rsatsalar, “og’ir” giyohlardan 


188 
foydalanish ko`proq ota-onalar bilan chuqur buzilgan munosabatlar va ruhiy 
azoblanish holatiga bog’liq.
Har bir odamda addiktiv moyillik ishtirok etadi, qator mualliflar fikriga ko`ra 
jiddiy shaxsiy buzilishlarning mavjudligi bu xususiyatning surunkali buzilishga 
o`tishida yetakchi sharoit hisoblanadi. Giyohvand moddalarni suiiste'mol 
qiluvchilar, umuman olganda, ancha shaxsiy buzilgan, yakkalangan va o`z 
hayotidan kam qoniqqanlardir. Dj.Xanzyan “Addiktiv bemorlarda o`z-o`zini 
boshqarish muhitining zaifligi” maqolasida kimyoviy bog’liqlikda yetakchi 
muammo sifatida o`z-o`zini boshqarishning asosli qiyinchiligi to`rtta asosiy muhitda 
ekanligini aytadi: tuyg’u, o`z-o`zini baholash, o`zaro munosabat, o`zi haqidagi 
g’amxo`rlik.
Addiktiv shaxslar o`zlarini “yaxshi” deb his qilmasliklaridan azoblanadilar, 
bu esa, o`z navbatida, ularning boshqa odamlar bilan munosabatlarini qonitirmaydi.
Kimyoviy moddalar ichki bo`shliq, uyg’unlashmaganlik va og’riq tuyg’usiga qarshi 
ulkan vosita bo`lib xizmat qiladi. Bog’lanib qolishga moyil odamlar o`zlarining 
muhtojliklarini yashirishga urinib, reallikdan qochish, rad etish, voz kechish, o`z-
o`ziga yetarliligini tasdiqlash, tajovuz kabi himoya vositalaridan foydalanadilar.
Giyohvandlikni alam, uyat va ruhiy azoblanish holati kabi chidab bo`lmas 
affektlarga qarshi nuqsonli himoyaning rivojlanishi sifatida ham ko`rib chiqish 
mumkin. Giyohlarga tobe bo`lib qolganlar, ko`rinadiki, bunga o`xshash affektlarni 
ko`tarishga qodir emaslar ular tahlikaga yaqin bo`lgan holatni his qiladilar. O`z 
tuyg’ularini anglash, gapirish va ifodalash ulardan ozod bo`lish o`rniga muhtoj 
odamlar o`z tuyg’ularini “o`chirib” va nazorat illyuziyasini yaratib, ularni 
boshqarish uchun kimyoviy moddalar qo`llaydilar.
Giyohlar haqiqatan aniq ko`rinib turgan farmakologik ta'sirga ega va qisqa 
muddatga psixohissiy holatni o`zgartirishga qodir. Xullas, psixostimulyatorlar 
(amfetamin, kokain) ruhiy azoblanish holati va giperfaollikni susaytiradi; analgetik-
opiatlar (geroin, morfiy, metadon) qahr va ruhiy azoblanish holatini ko`taradi, uyat 
va aybdorlik tuyg’usini pasaytiradi; gallyutsinogenlar ruhiy azoblanish holati va 
bo`shliq tuyg’usini yengishga yordamlashadi. Umuman olganda giyohlar 


189 
turg’unlikka ehtiyojni qondiradi, ideallashgan ob'ektni beruvchi jazolaydigan super-
Egoni neytrallaydi. X. Kogutning ta'kidlashicha, “giyohvand moddalar psixologik 
tuzilmada nuqsonning o`rnini bosishga xizmat qiladi”. 
Giyohvand moddalarga bog’lanib qolgan shaxslarni chuqur o`rganish S. 
Blattni geroinga (eng kuchli giyohlardan biri bo`lgan) bog’liqlik ahamiyatli tarzda 
quyidagi ustunlikka olib keladi, degan xulosaga olib keldi: 
1) tajovuzni konteyn qilish ehtiyoji; 
2) ona figurasi bilan ramziy munosabatlarni qoniqtirish istagini izlash;
3) ruhiy azoblanish affektlarini susaytirish istagi.
Giyohlar, bir tomondan, zaiflikni yengish illyuziyasi va o`z-o`zini nazoratni 
kuchaytrishni paydo qiladi, boshqa tomondan esa – o`z hayoti va o`zi ustidan 
nazoratni yo`qotishga olib keladi. Nihoyat tobelik insonda hech qanday tanlash 
imkonini qoldirmaydi. Nazoratni to`liq yo`qotish va kuchsizlikni his qilish tobe 
shaxslar uchun shunchalik tipikki, “O`n ikki qadam” dasturi bo`yicha reabilitatsiya 
aynan giyohlar oldida o`z kuchsizligini tan olishdan boshlanadi.
Giyohvand moddalar bilan bog’liq boshqa aniq shaxsiy buzilish – bu o`zi 
haqida g’amxo`rlik qilish qobiliyatining buzilishidir. U o`ziga nisbatan “pisand 
qilmay” munosabatda bo`ladi, giyohlarni iste'mol qilishning o`limga teng xavfli 
oqibatlari va oxirgi natijada o`z-o`zini parchalovchi ulkan tendensiya sini inobatga 
olmaslik. Masalan, ko`pchilik geroin giyohvandlari geroinni iste'mol qiluvchilar 
hayotining o`rtacha davomiyligi – 7 yil, uning alishtirmas yo`ldoshlari – OITS,
gepatit yoki dozani oshirib yuborish, geroin – bu o`lim, uni iste'mol qilish esa o`z-
o`zini o`ldirish varianti ekani haqidagi statistik faktni biladilar. Tragedik oqibatlarni 
bilish ham yaxshi yordam bermaydi, xatto yaqin do`stlarining giyohvandlikdan 
o`lganlarini eshitish ham ularni keyinroq giyohvand moddalarni iste'mol qilishdan 
to`xtatmaydi.
Addiktiv shaxsning o`z-o`zi hamda boshqa odamlar bilan munosabatida 
fantaziya va xafsalasi pir bo`lish cheksiz ustunlik qiladi. Umuman olganda bu 
hayotdan u qanday bo`lsa shundayligicha lazzat olishdan mahrum bo`lgan haqiqatan 
azoblanayotgan odamlar. Turli sabablar kuchida bu odamlarning hayoti 


190 
“ishlamaydi”. Giyohlarni iste'mol qilish o`zi va o`z hayoti haqida eng yaxshi 
obrazda g’amxo`rlik qilish layoqatsizligi fonida chidab bo`lmas azoblardan 
(moddalar yordamida) qutulishning individual bo`yalgan urinishi bo`lishi mumkin.
Haqiqatan, barcha giyohlarga tobe odamlar shaxsiy muammoga ega bo`lishi 
mumkin, biroq psixologik muammosi bo`lgan hamma odamlar ham tobe bo`lib 
qolmaydi. Odam agar u o`z tuyg’ularini (shu jumladan, salbiy) barobar ifodalashga 
qodir bo`lsa, kimyoviy tobelikka qarshi psixologik immunitetga ega bo`ladi; hayotni 
qanday bo`lsa shundayligicha anglasa; o`zi oldida to`g’ri so`z bo`lsa; boshqalar 
bilan sog’lom munosabat o`rnatish va o`zi haqida g’amxo`rlik qilishga qodir bo`lsa; 
maqsad qo`yishni va uni amalga oshirishni uddalasa; ijodkorlikka qodir va ish bilan 
band bo`lsa; turli buyumlardan lazzat olishni uddalasa. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin