171
Tizimli-shaxsiy modelda muhtoj axloq shaxsning ahamiyatli munosabatlar
tizimi va hayotiy muhim funktsiyalarning uzilishi bilan bog’liq disfunktsional kabi
ko`rib chiqiladi. Masalan, ichkilikni iste'mol qilish chastotasining oshishi ishdagi
omadsizliklar bilan bog’liq bo`lishi mumkin, o`smirning giyohvand moddalarga
tobe bo`lib qolgan axloqi ota-onalarini ajrashishdan to`xtatish maqsadi bo`lib xizmat
qilishi; ko`p ovqat yeyish esa jinsiy-shaxsiy muhitdagi muammolar haqida signal
beradi.
Tizimli-shaxsiy model oilaviy maslahatlashish va psixoterapiya doirasida bir
muncha to`liq amalga oshadi. Shuningdek, unga ba'zi reabilitatsion tizimda
ustuvorlik beriladi. Masalan, «Day-Top International» dasturi deviant shaxsni
moslashmagan, ijtimoiy aloqalardan yulib olingan sifatda ko`rib chiqadi.
Dasturning maqsadi addikt yoki delinkventning guruh qoidalari va o`z axloqiga
mas'uliyatni qabul qilish orqali guruh (jamiyat)da yashash qobiliyatini tiklash
hisoblanadi.
Tobe axloqning sanab o`tilgan konseptual modellari uning murakkabligi va
ko`p obrazliligini aks ettiradi. Fan rivojlanishining zamonaviy bosqichida ustuvorlik
kompleks bog’lanib qolishni murakkab ko`p darajali “jamiyat – shaxs – organizm”
tizimida ishlashining buzilishi sifatida ko`rib chiquvchi addiktiv axloqning
biopsixoijtimoiy modeliga berilishini ta'kidlash zarur. Bu demakki, addiktiv axloq
bir vaqtning o`zida bir necha planda ko`rib chiqilmog’i lozim: madaniy, ijtimoiy,
huquqiy, psixologik, tibbiy-biologik.
Dostları ilə paylaş: