229
juda qiyin. “Maslahat berish” atamasi sog’lom odamlar bilan ishlash uchun
anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning og’riqli
buzilishga o`tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslahat
berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birkmasini nazarda tutamiz.
Shaxsning yagona nazariyasi yo`qligida maslahat berish (psixoterapiya) ning
turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta yetakchi yo`nalish bir muncha
rivojlanish va tan olinishni oldi olinadi: psixoanalitik, kognitiv-axloqiy, gumanistik.
Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab modifikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha
tasniflar paydo bo`ldi. Interventsiya maqsadiga bog’liq holatda psixoterapiyaning
uch turi ajratiladi:
– qo`llab-quvvatlovchi psixoterapiya – mavjud himoya kuchi va ancha yangi
samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash;
– qayta o`rganuvchi psixoterapiya – axloqni o`zgartirishga intilish;
– shaxsiy-rekonstruktiv – intrapsixik janjallarni anglash orqali ichki shaxsiy
o`zgarishlarga yo`naltirilgan.
Klinik amaliyotda psixoterapiya usullarini simptom-markazlashgan, shaxsiy-
markazlashgan va ijtimoiy markazlashganga bo`lish qabul qilingan. Psixoterapiya
turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki
individual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni yechish yoki shaxsiy
o`zgarishlarga mo`ljallangan direktiv yoki nodirektiv. Amaliyotda ko`pincha
kombinatsiyalangan
usullardan
foydalaniladi.
Bundan
tashqari,
asosiy
psixoterapevtik usullarning ko`plab modifikatsiyasi mavjud.
B. D. Karvasarskiy tahriri ostidagi “Psixoterapevtik entsiklopediya”da
yuzga yaqin psixoterapevtik usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada
ko`proq. Ko`pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining ahamiyatiga
diqqatni tortgan holatda psixoterapiyaning taxminan teng ta'sir qiluvchi xilma-xil
turlarini ta'kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: