196
chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
jismoniy tarbiya, sport va boshqalar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda
barqarorlikka erishish bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ham
iqtisodiyotimizning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish iqtisodiy islohotlarimizni
amalga oshirishning muhim shartidir. Iqtisodiyot barqaror rivojlangandagina bozor
munosabatlariga muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish –
bozorni shakllantirish yo‘lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni
barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni vujudga keltiramiz. Islohotlar barqarorlikning g‘oyat muhim sharti
bo‘lmish - aholini ijtimoiy himoya qilish, haqiqatdan ham asosiy, uzluksiz, ustuvor
yo‘nalish hisoblanadi. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan
o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘lining etakchi prinsiplaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: