Innovatsion faoliyat
– bu yangi ishlanmalar yaratishdan bozorda
sotilishigacha bo‘lgan kompleks tadbirlar majmui. Tadqiqot jarayoni va yangi
mahsulot ishlab chiqish bu o‘z-o‘zidan innovatsion faoliyat hisoblanmaydi.
Innovatsion faoliyatning yakuniy mahsuli bu uning bozorda sotilishi hisoblanadi.
44
K.Shodimetov. muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari. – T.: “ILM ZIYO”. 2014,
14-bet.
213
Innovatsion faoliyatning rivojlanishida davlatning ishtiroki salmoqli ta’sir
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning barcha subyektlari uchun amal qiladigan “o‘yin
qoidalari”ni yaratadi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligini ko‘p hollarda “yangi iqtisodiyot” deb
nomlashgan ushbu iqtisodiyotning alohida xususiyati bo‘lib, insonlar hayot darajasi
hamda sifati o‘sishida ilm va fan texnologiyalarning ta’siri kuchayishi bo‘lib
hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi tobora ko‘proq ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, ekstensiv iqtisodiy o‘sish manbalarining isrof qilinishi sharoitida,
undan tashqari qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar zaxirasining tugab borishi
hamda uning o‘rnini bosuvchi tabiiy xomashyoni qidirish kabi o‘tkir muammolar
yuzaga chiqib bormoqda.
Innovatsion iqtisodiyot
ni shakllantirish – bu murakkab va uzoq vaqt davom
etadigan
jarayon
bo‘lib,
hududlar,
korxona
va
tashkilotlarning,
yuzlab
mutaxassislarni o‘ziga qamrab oladi. Bizga ma’lumki, ilmiy adabiyotlarda
innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishining ikki usuli ajralib ko‘rsatilgan:
1)
bozor islohotlarini amalga oshirishda xalq xo‘jaligini resurslarga asoslangan
rivojlanishi ta’minlash;
2)
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda huquqiy jihatlariga, yangi ijtimoiy–
iqtisodiy rivojlanish strategiyasiga asoslangan jahon xo‘jaligiga integratsiyasi asosida
rivojlantirish.
Innovatsion rivojlanishni ta’minlashda yangi konseptsiya asosida kreativ, ya’ni
ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilishi lozim. Bu
tizim esa bizning fikrimizcha quyidagilarni hisobga olishi lozim:
1)
shaxslarni erkin rivojlanishini ta’minlash;
2)
kadrlar tayyorlashga mehnat resurslariga qilinayotgan xarajat sifatida
qaramasdan, balki uzoq muddatli qilinayotgan investitsiya xarajatlari sifatida
qaralishi;
3)
innovatsion loyihalarga mintaqa va respublikadagi ko‘plab universitet
professor va xodimlarini hamkorligini kengaytirish;
214
4)
innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishini
ta’minlash lozim.
Rivojlanishning innovatsion modeli (ingl. Innovation model of development) –
ijtimoiy ishlab chiqarishda yangi ilg‘or texnologiyalarga urg‘u berish, yuqori
texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish, mikro va makroiqtisodiy
jarayonlarda ilg‘or tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish- texnopark, texno
polis, kam energiya talab etadigan texnologiyalardan foydalanish siyosati, ishlab
chiqarish
faoliyatini
intellektualashtirish,
iqtisodiyotni
softlashtirish
va
servislashtirish bilan tavsiflanadi.
Innovatsion iqtisodiyotda asosiy e’tibor yuqori texnologiyalarga asoslangan
ishlab chiqarish, ilm talab texnologiyalar va inson faoliyatining turli sohalarini
innovatsion tashkil etish, iqtisodiyotda innovatsion tizimni shakllantirish, kompyuter
texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlariga qaratiladi.
Rivojlanishning innovatsion modelida asosiy ishlab chiqarish omili bo‘lgan
mehnatni ilm bilan o‘zaro uyg‘unlashuvi, texnik mahoratning intellektual mahoratga
o‘sib o‘tishi sodir bo‘ladi va bu jamiyatning iqtisodiy asosini belgilab beradi.
Bunday jamiyatni tasvirlashda ilmiy adabiyotlarda “informatsion jamiyat”, “ilmlar
jamiyati”, “informatsion iqtisodiyot”, “intellektual iqtisodiyot” kabi iboralardan
foydalaniladi.
Rivojlanishning innovatsion modeli bevosita ilmiy-texnikaviy salohiyatning
mavjudligi va o‘sishi, turli sohalarga investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilinishi
bilan xarakterlanadi va innovatsion faol korxonalar sonining oshishiga olib keladi.
Innovatsion rivojlanishning bazaviy ko‘rsatkichlari (indikatorlar) metodologik
baza zaruriy elementi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ular iqtisodiyot yoki uning
alohida tarmoqlarining innovatsiyalashuv darajasini ifodalaydi. Umume’tirof etilgan
qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish darajasini bir qator
ko‘rsatkichlar majmuasi ifodalaydi. Ularning ichida eng asosiysi sifatida ilm talab
ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiyotga intellektual resurslarni jalb etish
darajasini ko‘rsatish mumkin.
215
Milliy va xalqaro statistik tajribada fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida
resurslarning rivojlanishi, ilmiy, muhandislik, tadqiqotchi va menejer kadrlarni
tayyorlash tizimining rivojlanish darajasi, tadbirkorlik subyektlarini axborot va
texnologik jihatdan ta’minlanishi, sohaning investitsiya sig‘imi, ommaviy
innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami, moliyalashtirish tizimining
rivojlanganligi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi V. Makarov, innovatsion rivojlanish
tushunchasini bilimga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi bilan o‘xshash ekanligini
ta’kidlab, bilimni texnologik moddiyatga aylanishi holatini hal qiluvchi ahamiyatga
ega ekanligini, bilimlarni ishlab chiqarish esa iqtisodiy o‘sishning asosiy manbasi
ekanligini qayd etadi.
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion
loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag‘batlantirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 916-sonli qarorini amalga oshirish
O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalarni xalq xo‘jaligiga tatbiq etish va hozirgi
zamon modeliga o‘tish uchun hamma sharoitlarga ega. Qarorni amalga oshirish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek,
boshqa idora va innovatsiya markazlarining ilmiy tadqiqot, ta’lim, tajriba-
konstruktorlik tashkilotlari tomonidan Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida ishlab
chiqarilgan yangi texnologiya, usul, ishlanma va innovatsiya g‘oyalari namoyish
etildi.
Dostları ilə paylaş: |